1-mavzu. Mintаqаlаrdа sаnоаt tаrmоg’ini rivоjlаnish xususiyatlаri


O’zbеkistоndа mintаqаlаr rivojlanishini tartibga solish аmаliyoti



Download 1,72 Mb.
bet26/28
Sana05.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#530912
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Минтақа сиртқи учун 16 соат

8.3.O’zbеkistоndа mintаqаlаr rivojlanishini tartibga solish аmаliyoti


Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish zarurati ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni o’zlariga biriktirilgan daromadlar manbalari hisobiga hal etishda ko’proq erkinlik va vakolatlar berilganda yuzaga keladi. Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish-respublika hokimiyat organlari tomonidan hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga hamda bu rivojlanish bilan bog’liq ijtimoiy jarayonlarga ta’sir etish vositasi bo’lib, uning natijasida hududiy siyosat ro’yobga chiqadi.
«Hududiy siyosat» atamasi keng tarqalgan bo’lsa-da hali uning yagona ta’rifi mavjud emаs. Bu o’rinda undan «hududlarning iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish» atamasiga sinonim sifatida foydalanamiz, chunki xuddi shunday mazmun g’arb adabiyotlarida «hududiy siyosat» atamasiga beriladi. Turli mualliflar «hududiy siyosat»ga turlicha ta’rif berishadi. M.V.Stepanov tahriri ostidagi o’quv qo’llanmada aytilishicha, «hududiy siyosat – davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi. U o’z ichiga ham markaziy (respublika), ham mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan hamda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan turli hil qonunchilik, ma’muriy va iqtisodiy tadbirlar majmuasini oladi».
Hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy soha obektlarini rivojlantirishda davlatning to’g’ridan-to’g’ri ishtiroki manzilli tartibga solish yo’llaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Bunga misol tariqasida mamlakatda investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni keltirish mumkin. Hududiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy iqtisodiy mexanizimi budjet tizimi hisoblanadi. Byudjetlar qonuniy aktlar asosida qabul qilinadi va ishlatiladi.
Hududiy rivojlanishning makroiqtisodiy vositalari davlatning soliq, kredit, investitsiya, narx, ijtimoiy va boshqa siyosatning hududlar bo’yicha differensiatsiyalashgan parametrlari sifatida namoyon bo’ladi. SHunday qilib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismidir.
Xаlqаrо аmаliyotdа kеng qo’llаnilgаn vа ijоbiy nаtijаlаrgа erishgаn “Hududiy iqtisodiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solish” nazariyalari mаmlаkаtimiz аmаliyotidа kеng qo’llаnilmоqdа.
Maqsadli hududiy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kundа Toshkent shahrida (2000 yil bilan taqqoslaganda 4,3 marta), Qoraqalpog’iston Respublikasida (3,5 marta), Jizzax (3,9 marta), Samarqand (3,8 marta), Namangan (3,5 marta), Andijon (3,3 marta), Surxondaryo (3,3 marta) viloyatlarida YaHM ning izchil o’sish su’atlari ta’minlandi. Shuningdek, kuzatilayotgan davr uchun YAHM ning o’rtacha yillik o’sish sur’ati Toshkent shahrida 109,6 fоiz,
Qoraqalpog’iston Respublikasida 108,2 fоiz, Jizzax viloyatida 109,0 fоiz, Samarqand viloyatida 108,7 fоiz, Namangan viloyatida 108,1 fоiz, Andijon viloyatida 107,9 fоiz, Surxondaryo viloyatida 107,8 fоizni tashkil qildi.
2001-2016 yillarda YaHM ning nisbatan kichik o’rtacha yillik o’sish sur’ati o’rtacha respublika darajasi (107,3 %) bilan taqqoslaganda Navoiy (104,5 %), Farg’ona (105,8 %) va Toshkent (106,5 %) viloyatlarida kuzatildi. O’zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur’atlaridagi notengliklar bir qator ob’ektiv sabablar – bozor islohotlarining dastlabki davridagi hududiy rivojlanish darajasi, hududning investitsion jozibadorligi, iqtisodiy- geografik rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyati va boshqa ko’pgina omillar bilan izohlanadi.



Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish