Endi routerning ishlash prinsipini ko’rib chiqsak. Siz honadoningizga o’rnatadigan ADSL modemlar ham router hisoblanadi. Bu modemlar ko’pi bilan 8 Mbit/s tezlikni ko’tarib bera oladi. Ammo hozirgi abonent liniya tarmoqlari bu tezlikni ko’tarmaydi.
Boshqariladigan routerlar nafaqat ikki tarmoqni bir biri bilan bog’lab beradi, balki sizning lokal tarmog’ingizni tashqi hujumlardan himoya vazifasini ham bajarib beradi. Ularda tarmoq ekrani – firewalllar mavjud bo’lib, ular yordamida sizning tarmog’ingizga ruhsatlarni berishi mumkin.
Shu bilan birga router sotib olayotganingizda, uning Wi-fi router ekanligiga e’tibor bering. Chunki honadoningizda wi-fi bilan ishlay oladigan qurilmalar mavjudligi yoki bo’lmasam kelajakda albatta sotib olishingiz mumkinligini inobatga oling.
Router marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil ko’rinishda bo’ladi: dinamik marshrutizasiya va static marshrutizasiya. Dinamik marshrutizasiya, ko’rinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U o’ziga ulangan barcha qurilmalar tog’risida ma’lumotni saqlaydi. Vaqti – vaqti bilan tarmoqqa paketlar jo’natib turadi va ulardan qaytgan javob orqali tarmoqni hotirasida quradi. Ammo bu routerni ko’proq ishlashiga sabab bo’ladi(yuklama ko’payadi). Havsizklik jihatda ham mukammal deb bo’lmaydi. Statik marshrutizasiya esa tarmoq havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Unda tarmoq marshruti avvaldan yozib qo’yiladi. Barcha paketlar ushbu route bo’yicha harakat qiladi.
HUB - tarmoqqa ulanishga qobil qurilmalarni birlashtirib, mahalliy tarmoq hosil qilishda qo`llaniladigan eng oddiy qurilma. Misol bilan tushuntiradigan bo`lsak, kichik ofisdagi 2 ta PC, 1 ta Printerdan iborat tarmoq hosil qilish uchun, har biriga IP address berib, so`ng tarmoq kabeli bilan HUBga ulansa, 3 ta qurilmadan iborat kichik tarmoq yuzaga keladi.
Eng oddiy qurilma deyilganiga sabab esa, Switch va Routerlardan farqli o`laroq, Hub marshrutizatsiya, IP Address taqsimlash kabilarni amalga oshirolmaydi. Bu uning asosiy kamchiligi - tarmoqda "shovqin"ning oshib ketishiga sababdir. Yana misol - 8 portli Hubga ulangan 5 ta PC mavjud. Shulardan 1-PC 4-PCdan katta hajmli ma`lumot ko`chiryapti. Hub, ma`lumot jo`natilayotgan packetlarni bir yo`la hamma portlarga jo`natadi, o`zini 4-PC deb "tanishtirgan" qurilmagina qabul qilib oladi, qolgan qurilmalar, "men emas" degan signalni Hubga qaytaradi. Bu paytda boshqa PClar ma`lumot almashinuv jarayonida juda katta sekinlik his etishadi.
Switch esa, packetni kerakli portga jo`natib berish xususiyatiga ega - bu bilan, tarmoqdagi (Switchga bog`liq bo`lgan) o`tkazuvchanlik quvvati saqlab qolinadi.
Kompyuterning ichki va tashqi portlari
Kompyuterning ichki va tashqi portlari Bu maqolada biz kompyuterning ichki va tashqi portlari haqida ma`lumotga ega bo`lish va ishlash tartibini o`rganish. Kompyuter interfeysi va tarmog`i haqida ko`nikmaga ega bo`lish haqida malumotga ega bo’lamiz.
Informatsion texnologiyalarda port – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar o`rtasidagi bog`lanishni tashkil etadi (mantiqiy yoki fizik).Odatda quyidagilar:
Qurilmali (apparatli) portlar – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo`lib u asosan vilka yoki kabel yordamida kompyuterga bog`lanadi.Ularga quyidagilar kiradi:
Parallel port, Davomli port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2
Kiritish- chiqarish porti – mikroprotsessorlarda (masalan Intel) qurilmalar yordamida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. Kiritish- chiqarish porti dasturga ma`lumotlar berish va uni almashishni tashkil etadi.
Tarmoqli port – TCP va UDP protokol parametrlari bo`lib u IP formatidagi ma`lumotlar paketi qo`llanilishini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |