Bog'liq Tarmoqlarni admistratorlash fanidan ma`ruza matn
Mustahkamlovchi savollar:
1.. MS Windowsning foydalanuvchilar doirasi nimadan tashkil topgan?.
2. . MS Windowsning yagona interfeysligi nimada?.
3.. MS Windowsning ba`zi imkoniyatlarini sanab bering?.
6-Mavzu: MS Windows operatsion sistemasini qidirish va kamchiliklarini hal etish.
REJA:
1. Operatsion sistemani qidirish
2. Operatsion sistema ishlashini tekshirish
3. Operatsion sistema kamchiliklarini hal etish.
Hozirgi kunda Windows sinfiga oid OT versiyalari mavjud bo'lib yangi
tobora mukammal versiyalari ustida ish olib borilmoqda. Windows operatsion
tizimi foydalanuvchiga kompyuterni ishga sozlash (nastroyka), internetga ulanish,
disklar bilan ishlashni amalga oshirishi mumkin.
Windowsni XP versiyasi chiqishi bilan Windowsda ishlash yanada
osonlashdi. Bu versiya kompyuter qurilamalarini o’zi axtarib topib kerakli
drayverni o’rnatadi. Kinofilmlar ko’rish uchun qulay muhitni yaratdi. Shuningdek
haqiqiy ko’rinishga ega bo’lgan manzarali o’yinlar yani haqiqatga
yaqinlashtirilgan o’yinlar o’ynash imkonini yaratdi va shu bilan bir qatorda
texnikaga bo’lgan talablar ham oshdi. Endilikda hajm jihatdan kattaroq vinchester,
operativ va video hotira, tez ishlovchi protsessorlar shular jumlasidandir. Bitta
kompyuterga bir nechta monitorlar ulab ishlash va USB portlari yani uskuna
o’rnatishni osonlashtirdi. Windows XP dasturi raqamli fotoapparat, skaner, telefon
apparatlariga ma’lumot yozish imkoniyatlarini engillashtirdi.
Shu afzalliklarga qaramasdan Windows sinfiga oid OT lar o’zining kamchiliklariga ham ega: 1. Yangi o’rnatilayotgan qurilma draveri o’rnatilgan tizimda bolmasligi
mumkin.
2. Tizimni ornatuvchisi etarli malakalrga ega bo’lishi lozim.
3. Ornatish jarayonining davomiyligi (hamma kerakli bo’lgan dasturlarni
inobatga olgan holda o’rtacha 2-3 soat) vaqtning sarflanishi.
4. Ornatish jarayonidagi jarayonlar o’rnatuvchi kuzatuvi ostida bo’lishi.
OT larni o'rnatish jarayonida vaqt harajatlarini optimallash quyidagilarga
asoslanadi:
O'rnatilayotgan distributiv o'lchamini hamda komponentalar sonini
kamaytirish;
O'rnatish jarayonidagi so'raladigan hamda kiritiladigan standart
belgilangan sozlashlar parametrlarini belgilash;
Kompyuterlar operativ hotirasiga yuklamani kamaytirish.
O'rnatiluvchi paketdagi komponentalar hamda imkoniyatlar ichidan
keraksizini olib tashlash. Bu imkoniyatlar keyinroq ishlatuvchi
talabiga ko'ra qayta o'rnatilishi mumkin;
Havfsizlik darajasini oshirish, tizimga Service Pack yangilanishni
integratsiyalash orqali amalga oshiriladi. Dastur o'zida hatoliklari yoki
keraksiz bo'lgan Microsoft dasturlari kamaytirish (masalan: Outlook
Express, o'yinlar).
Distributiv fayllarining asosiy katalogida $OEM$ nomli papka yaratamiz va bu papka ichida bizga kеrakli bo'lgan papkalarni kiritamiz. So'ngra papka ichida CMDLINES.TXT nomli fayl yaratamiz va bu faylda bizga kеrakli bo'lgan buyruqlarni kiritamiz. Bular orqali tizimga bizga kеrakli bo'lgan Xar-xir turdagi tеmalarni (ko'rinishlarni) joylashtiramiz. Bizning tizimimiz boshqa tеmalarni qabul qilishi uchun I386 papkadagi UXTHEME.DL_ faylini yangisi bilan almashtirish (patch) qilish lozim