Domenlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar
Endi domen nazoratchilari qanaqa tartibda ishlashini bilganimizdan keyin ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar qanday amalgam oshiriladi, shu masalani ko‘rib chiqaylik. Domenga ulanish uchun Network Identification Wizard (Tarmoqda identifikatsiya ustasi) orqali ulanish mumkin. Bu ulanish ustasi Windows 2000 domeni bilan ulanish uchun ishlatiladi.
Ustani ishga tushirish uchun quyidagi ishlarni amalgam oshirish kerak:
My Computer ga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borib sichqoncha o‘ng tugmasini bosing va hosil bo‘lgan menyudan Properties bo‘limini tanlang;
Computer Name jildidan Network ID tugmasini bosing hosil bo‘lgan oynadan Next tugmasini bosing;
Undan esa This Computer is part of a business network and I use an it to connect to other computer at work(Kompyuter koorporativ tarmoqga kiradi va men bu kompyuterni boshqa kompyuter bilan ulanish uchun ishlataman) ni tanlab keyin Next tugmasini bosing;
Usta keyin sizdan yana quyidagi ma’lumotlarni so‘rab o‘z ishini tugtadi:
Foydalanuvchi nomi;
Parol;
Foydalanuvchining hisob yozuvining domeni;
Kompyuter nomi;
Kompyuter domeni;
Qo‘lda ulanish
Siz domenga usta bilan ulanishni hohlamasangiz u holda domenga qo‘lda ulanish ham mumkin bo‘ladi.
Uning uchun quyidagi ishlarni qilish zarur:
Start\Control Panel\ (Пуск\ Панел управления) undana keyin Performance and Maintence
Keyin System (Система) ni tanlang
Tizim hossalaridan Computer Name (Имя компютера) jildini tanlang
Change (Замена) ni tanlang
Agar foydalanuvchi hisob yozuvi yaratilib domenda turgan bo‘lsa u holda o‘z ism va parolini yozish mumkin va undan keyin 7. punktga o‘ting;
Agar hisob yozuvi hali domenda yaratilmagan bo‘lsa u holda quyidagi qadamlarni bajaring
Ism, parol va domen nomini kirgizib Next tugmasini bosing
Hosil bo‘lgan oynadan administrator hisob yozuvini va parolini kiritib OK tugmasini bosing;
3 marotaba OK tugmasini bosing;
Kompyuterni qayta yuklash kerakligi to‘grisida habar oynasi chiqadi u oynadan Yes tugmasini bosing.
Kompyuter qayta yuklanib sizdan foydalanuvchi hisob yozuvini va parol kiritish kerakligi oynasi chiqadi e’tibor bersangiz shu larning tagida yana bitta qo‘shimcha domen uchun darchacha hosil bo‘lib siz shu erdan qaysi domen a’zosi bo‘lsangiz o‘sha domenni tanlab o‘z hisob yozuvingiz nomingizni va parolingizni terib domen resurslaridan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. Foydalanuvchi hisob yozuvini boshqa domenga ulnih orqali ham siz testlashingiz mumkin bo‘ladi.
Agar siz tizimga kira olsangiz demakki bilingki sizning hizob yozuvingiz domenda ro‘yhatdan o‘tgan va endi siz shu domenning boshqa foydalanuvchilari qatori bilan teng huquqli foydalanuvchisiga aylandingiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |