Mustahkamlovchi savollar:
1.Foydalanuvchilar guruhini yaratish ketma-ketligini ayting ?
2.Foydalanuvchilarni boshqarishda nimalarga e`tibor beriladi. ?
3.Foydalanuvchilar guruhini tahrirlash deganda nimani tushunasiz. ?
24-Mavzu: Foydalanuvchi huquqi ko`rinishlari
REJA:
1.Foydalanuvchi huquqi.
2.Foydalanuvchi huquqi ko`rinishlari.
3. Foydalanuvchi huquqini himoyalash.
Har bir foydalanuvchiga alohida o‘zining kirish huquqlarini o‘rnatish mumkin. Ideal holatda, har bir foydlananuvchi unga haqiqatda qancha kerak bo‘lsa, shuncha kirish huquqiga ega bo‘lishi kerak, ko‘p ham emas, kam ham emas. Kerak bo‘lganga qaraganda agar huquqi kam bo‘lsa, administratorni ishlashiga bu halaqit beradi. Agar kerak bo‘lganidan huquqi ko‘p bo‘lsa, bunda foydalanuvchi erkin suratda yoki erkin bo‘lmaganda u bilan ishlamaydigan qimmatli axboratni yo‘qotib yuborishi yoki uning buzishi mumkin.
Har qaysi tarmoqli operatsion tizim yoki qoplama kataloglarga va fayllarga ruxsat etilgan o‘zining kirish huquqlari to‘plami bor. Bu uning ixchamligini, ishonchliligini tarmoqning rivojlanish imkoniyatini ifodalaydi. Masalan, tarmoqli OC NetWare 3.12 15 jadvalda ko‘rsatilgan huquqlarni ta’minlaydi. Tarmoqli OS Windows NT Server 16-jadvalda ko‘rsatilgan huquqlarni ta’minlaydi. Boshqa tarmoqli vositalarga (17-jadval) qaraganda OS Windows tomonidan beriladigan kirish huquqlar to‘plami kam.
Vaqti - vaqti bilan serverning barcha disklaridan nusxa olish tavsiya etiladi, masalan, magnit lentasiga yoki magnitli yoki optik disklarga. Bu avariya holatida uncha ko‘p axborot yo‘qotmasdan, tarmoqning yaqindagi holatini tiklaydi. Bunda tizim administratori ishchi stansiyaning diskida foydalanuvchilar va ularning kirish huquqlari to‘g‘risida ma’lumotlarni saqlashi kerak, chunki tarmoqning tiklangan vaqtida bularni hamasini yangitdan berilmasligi uchun. Serverlarning disklari ikki nusxali bo‘lishi maqsadga muvofiq, ulardan bittasi onda sonda yangilanadi (Masalan, bir oyda bir martta), ikkinchisi esa – tezroq (masalan, bir haftada bir marta).
Kirish turi
|
Belgilash
|
Nima ruxsat etilgan
|
Access Control
File Scan
Create
Erase
Modify
Supervisory
Write
|
A
F
C
E
M
S
W
|
Katalog yoki faylga Kirish huquqlarini o‘zgartirilishi.
Katalogni ko‘rib chiqish
Shu katalogda katalog va fayllarni yaratish
Shu katalogda Katalog va fayllarni olib tashlash
Fayllarni ma’lumotlarni o‘zgartirish (qayta yozish)
Katalog fayllari ustidan har qanday оpераtsiyalar (supervizor huquqlari)
Faylga yozish
|
Kirish turi
|
Nima ruxsat etilgan
|
Read
Execute
Write
Delete
No Access
|
Katalogdagi fayllarni o‘qish va undan nusxa olish
Katalogdagi dasturlarni Bajarish uchun ishga tushish
Katalogda yangi fayllarni yaratish
Katalogdagi fayllarni olib tashlash
Har qanday kirishni mаn etish
|
Kirish turi
|
Nima ruxsat etilgan
|
Faqat o‘qish
To‘liq
Parol bo‘yicha
|
Katalogdagi fayllarni o‘qish va уlardаn nusxa ko‘chirish
O‘qish, katalogga yozish va katalogdan fayllarni olib tashlash.
Parol bilan belgilanadi (parol orqali «o‘qish uchun»-kirish faqat o‘qish uchun, Parol orqali «to‘liq kirish uchun» – to‘liq kirish).
|
Tizim administratori tomonidan tarmoqning nazorat qilinishi uchun maxsus dasturiy vositalar mavjud. Masalan, OS Windows NT Server ning maxsus utiliti Performance Monitor – dasturi bor, u protsessorlar faoliyatini, disklar ishlashini, xotirani va tarmoqni ishlatilishini real vaqtda nazorat qilish imkonini yaratadi. Alohida dаsturli paketlar ham bor, masalan, Network Monitor yoki Lanalyrez tarmoqda haqiqiy (real) almashuv ko‘rsatkichlarini taxlil qilib, administrator shunday rejimlarni o‘rnatish mumkinki, ular almashuvni eng yuqori effektivligini ta’minlaydi. Tarmoq rivojlanishining tendensiyasini ko‘rib chiqib, u o‘z vaqtida dasturiy yoki apparatli vositalarni modernizatsiya qilishi kerakli to‘g‘rida qaror qabul qilishi mumkin.
Albatta, har doim hisobga olish kerakki, har qanday tarmoqning unumdorligi faqat o‘rnatilgan apparaturalarga va dasturiy maxsulotlarga bog‘liq emas, balki echiladigan masalalarning xarakteriga ham bog‘liq. Bir tarmoqning o‘zi, masalan, ma’lumotlar omboriga kirish masalalarini ajoyib barajrishi mumkin, ammo dinamik uch o‘lchamli to‘liq rangli ko‘rinishlarni uzatilishi bilan juda yomоn ishlaydi.
Tarmoqning loyihalashda boshida bilmoq kerak, uning yordamida qanday xarakterli axborot oqimlariga xizmat ko‘rsatish mo‘ljallanmoqda. Lеkin, har qanday holatda ham barcha omillarni hisobga olish mumkin emas, imkoniyatlar va talablarni optimal to‘g‘ri kelishiga faqat yaqinlashish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |