1 Mavzu: Mexanizmlar va mashinalar nazari-yasi fanining mazmuni va maqsadi. Mexanizmlarning tuzilishi va klassifikatsiyasi. Asosiy tushunchalar. Kinematik juftlar klassifikatsiyasi



Download 1,25 Mb.
bet6/9
Sana01.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#626678
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
дарс ишланма

Yechish: n = 3; P5= 4; P4= 0 , demak:
W = 3·n - 2·P5 - 1·P4 = 3·3 - 2·4 = 1
Bu mexanizmning ham qо‘zg‘aluvchanlik darajasi 1 ga teng. Mexanizmning 2 zvenosi krivoship bо‘lib, shu еtaklovchi zvenoning harakat qonuni (minutiga aylanish soni yoki burchak tezligi) ma’lum bо‘lsa, qolgan 3 va 4 zvenolari ma’lum tartibda harakat qiladi
1.5. Mexanizmlarning asosiy turlari.
Mashinasozlikda eng kо‘p tarqalgan mexanizmlar bilan tanishib chiqamiz.

Richagli mexanizmlar
Richagli mexanizmlar hozirgi zamon mashina va mexanizmlarida juda kо‘p ishlatiladi. Bunday mexanizmlar sterjenli mexanizmlar deb ham ataladi.
Hozirgi zamon mashina, mexanizm yoki asboblarida ishlatiladigan richagli mexanizmlar orasida eng oddiysi ikki zvenoli mexanizmdir (1- rasm, a). Bu mexanizm, asosan, qо‘zg‘almas о‘q (0) atrofida aylanuvchi zeno (2) dan iboratdir. Ikki еlkali richag ham shunday mexanizm 1-rasm, a va b da

  1. rasm

Ikki zvenoli mexanizmlar. 1- qо‘zg‘almas zveno; 2- qо‘zg‘aluvchan zveno.
Tasvirlangan mexanizmlariing ikkalasi ham ikkita zvenodan iboratdir.
Mexanizmning qо‘zg‘aluvchi OA zvenosi bir еlkali richagdan iborat bо‘lsa, mexanizmning qо‘zg‘aluvchan AB zvenosi ikki еlkali richagdan iboratdir. Bu mexanizmlarning ikkalasi ham biror burchak tezligi bilan aylanadi. Shakldagi strelka OA va AB zvenolarning soat strelkasi aylangan tomonga aylanishini bildiradi. Bunday mexanizmlar hozirgi zamon aylanma harakat qiluvchi mashinalarda (elektr motorlari, turbinalar, har xil ventilyatorlar, shamol dvigatellari va boshqalar) kо‘p qо‘llaniladi.
Bundan murakkabroq richagli mexanizmlar hozirgi zamon texnologik mashinalarida juda kо‘p tarkalgan tо‘rt zvenoli mexanizmdir. Bu mexanizm, asosan, bir-biriga sharnirlar vositasida bog‘langan tо‘rtta zvenodan iboratdir.
Mexanizmning sharnirlari O1, A, B, O2 harflari bilan, zvenolari esa 1,2, 3, 4 raqamlari bilan belgilangan. 1 - zveno qо‘zg‘almas zveno deb, 2 - zveno krivoship (360° ga tо‘la aylanuvchi zveno), 3 - zveno shatun (murakkab harakat qiluvchi zveno) va 4 - zveno koromislo deb ataladi.
2- rasm
Tо‘rt zvenoli sharnirli mexanizm. 1- qо‘zg‘almas zveno; 2 – krivoship; 3- shatun; 4 – koromislo. Bu mexanizm tarkibida bitta krivoship, bitta koromislo bо‘lgani uchun, tо‘rt zvenoli bunday mexanizm sharnirli krivoship koromisloli mexanizm deb ataladi. Bunday mexanizmlar ip gazlama, shoyi, yung va kaiop tо‘qimalar tо‘qiydigan avtomat stanoklarining batan mexanizm deyiladi.
Agar, sharnirli tо‘rt zvenoli mexanizmdagi koromislo о‘rniga polzun о‘rnatib, uni qо‘zg‘almas yо‘naltiruvchi bо‘ylab harakatga keltirsak, u holda, bu mexanizm krivoship-polzunli mexanizmga aylanadi.


3-rasm
Krivoship polzunli mexanizm. 1- qо‘zg‘almas zveno; 2 – krivoship; 3 – shatun; 4 – polzun.( 3-rasm)
Krivoship-shatunli mexanizm hozirgi zamon texnikasida porshenli har xil dvigatellarda, kompressorlarda, presslarda, nasoslarda va boshqalarda juda kо‘p ishlatiladi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish