1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet76/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

O’zbekiston navi - o’rtacha ertagi. nav, mevasi ancha yirik. Mayning oxiri va iyunning boshlarida oisha boshlaydi. Mevasi avgustgacha to’kilmaydi, yirik, vazni 6gr, gacha keladi, o’rtacha vazni 2,4 gr, hosildorligi yaxshi, har tupidan 14 kilogrammgacha, gektaridan 150 s va undan ortiq hosil olinadi. 100 g mevasi tarkibida 187 mg gacha vitamin S bor. Yangiligida iste’mol qilinadi va qayta ishlab sharbat, murabbo, jem va musallas tayyorlanadi. Guli chetdan changlanadi. Plotnomyasaya va sladkaya navlari bu nav uchun eng yaxshi changlatuvchi hisoblanadi.
Plotnomyasaya - serhosil nav. Turli kasalliklarga va zarar-kunandalarga hamda issiqqa va sovuqqa chidamli. Guli o’zidan changlanadi. Mayning oxiri-iyunning boshlarida pisha boshlaydi. Mevasining vazni 4 grammgacha keladi. O’rtacha vazni 1,8 gr. Har tupidan 20 kg, gektaridan 200 s va undan ortiq hosil olinadi. 100 gr mevasi tarkibida 150 mg gacha vitamin S bor. Bu nav mevasini asosan qayta ishlab, sharbat, murabbo, jem va musallas tayyorlanadi, shuningdek, konditer sanoatida ham ishlatiladi.
Sladkaya - issiqqa chidamli nav. Guli o’zidan changlanadi. Mayning ikkinchi o’n kunligida pishadi. Mevasining vazni 2,5 gr. gacha keladi. Urtacha vazni 1,5 gr. Har tupidan 6 kg, gektaridan 120 s va undan ortiq hosil olinadi. 100 gr. mevasi tarkibida 124 mg gacha S vitamin bor. Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi va qayta ishlanadi.
Slava Turkestana - eng kechpishar nav. Guli o’zidan changlanadi. Iyunning ikkinchi o’n kunligida pisha boshlaydi. Mevasining vazni 2,0 gr gacha keladi. O’rtacha vazni 1,2 gr. Har tupidan 4 kg, gektaridan 80 s gacha hosil olinadi. 100 gr mevasi tarkibida 132 mg gacha S vitamini bor. Yangiligida iste’mol qilinadi va qayta ishlanadi.
Yer tanlash. Oltinsimon, qora va qizil smorodinalar o’ziga xos biologik xususiyati hamda o’sayotgan joy sharoitiga bo’lgan talablari bilan boshqa navlardan ajralib turadi.
Oltinsimon smorodina yorug’lik yaxshi tushadigan yerda o’sadi, biroq salqinroq joyda ham yaxshi o’sishi mumkin. Tomorqa uchastkalarida smorodinani yosh meva daraxtlari oralig’iga ekib hosil olish mumkin.
Ochiq tepalik va yaxshi namlanadigan yerlarida har gektaridan 50-60 sentner hosil olinishi isbotlangan. Oltinsimon smorodinani parxish qilish yo’li bilan ko’paytirib, har xil maydonlarga ekish mumkin.
Oltinsimon smorodina alohida tuproq yoki temperatura talab qilmaydi. Smorodina yengil, qumoq va og’ir qumloq tuproqli, sho’rxok, toshloq yerlarda yaxshi o’sadi hamda yuqori hosil beradi. Shuningdek, suv bilan yaxshi ta’minlangan yerlarda, shimoliy va shimoli-g’arbiy yonbag’irlarda yuqori hosil olinadi.
Qora smorodina issiq shamoldan himoya qilingan uchastkalarga- shimoliy yoki shimoli-g’arbiy nishablikdagi mevali bog’lar qator oralariga ekilgani ma’qul.
Cho’l rayonlarining tez-tez va kuchli shamol bo’lib turadigan zonalarida smorodina plantasiyalari barpo qilishda, albatta, bog’larni himoya qilish polosalarini ham unutmaslik kerak. Qora smorodina pastqam joylarda, namlik yetarli, lekin botqoq bo’lmagan yerlarda o’sadi. Shuningdek yog’ingarchilik yetarli miqdorda bo’lib turadigan tog’li rayonlarda ham o’sadi va yuqori hosil beradi.
Qizil smorodina Markaziy Osiyoning issiq va quruq sharoitida ochiq hamda soya yerlarda o’sadi, biroq uning hosildorligi pastroq bo’ladi. Mevalari tupning o’rta qismida g’uj-g’uj bo’ladi, ko’chati eniga kuchli o’sadi va 1-2 kilogrammgacha hosil beradi.
Butalar uchun eng yaxshi sharoit salqin joylardir. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, qizil smorodinaning Gollandskaya krasnaya va Myasokrasnaya navlari Toshkent shahri atrofidagi zonalarda - shaftolizorlar orasiga ekilganda yiliga har bir buta 2-3 kilogrammdan meva bergan.
Shamol kuchli bo’ladigan rayonlarda ekinlar uchun himoya polosalari qilish zarur. smorodina erta bahorda gullagani uchun ham himoya polosalari muhim rol o’ynaydi. Chunki bu davrda temperatura past, shamol esa kuchli bo’lib, asalarilarning uchishiga to’sqinlik qiladi, natijada ekinlarning changlanish jarayoni ma’lum muddatga kechikadi.
Bunday muhim tadbirlar, ayniqsa, oltinsimon smorodina uchun taalluqlidir, chunki ularning changlovchilari hasharotlar hisoblanadi. Himoya shuning uchun zarurki, bu tadbirlar tufayli asalari va hasharotlar yordamida gullarning changlanishi yaxshilanadi, o’sish uchun mikroiqlim yaratiladi, barglarining issiqdan kuyishi, tuproqqa ko’milib qolishi kamayadi. Sovuq va quruq shamolli rayonlarda smorodina plantasiyalarini hamma tomondan himoya qilish lozim, buning uchun nihollar bog’ning o’rtasiga ekilishi kerak. Balandligi 10-12 metrli daraxtlar yangi o’tkazilgan ekinlarni noqulay ob-havo sharoitidan yaxshi himoya qiladi.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish