1 Мавзу. Metrologiya fanining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi. Metrologiya fanining maqsad va vazifasi Reja


Metrologiya fanining rivojlanish tarixi



Download 66,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana02.06.2023
Hajmi66,51 Kb.
#948303
1   2   3   4   5   6
Metrologiya fanining rivojlanish tarixi.
O‗lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab 
yillarni tashkil etadi. Ushbu rivojlanish davrini uning mazmuni va mohiyatiga asoslangan holda 
quyidagi bosqichlarga bo‗lish mumkin: 
1.
Antik rivojlanish davri. 
2.
Stixiyali rivojlanish davri. 
3.
Metrik tizimning joriy etilishi. 
4.
Metrologiya xizmatlarining integratsiyalashish davri, 
Antik rivojlanish davri.
O‗lchashlarga bo‗lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga 
kelgan. "O‗lchash‖ atamasining tom ma‘nosi bo‗yicha tahlil etadigan bo‗lsak, qadimgi davrda 
insoniyat asosan "organoleptik o‗lchashlar‖ ya‘ni, o‗zining his etish a‘zolari orqali muayyan 
3
International vocabulary of metrology - Basic and general concepts and associated terms
. // Joint 
Committee for Guides in Metrology. 2012. 
4
Lester A. Ross. Archaeological metrology: English, French, American and Canadian systems of weights and 
measures for North American historical archaeology. 1983. Ottawa. National Historic Parks and Sites Branch 
Parks Canada Environment Canada.



fizikaviy xossa bo‗yicha taxminiy ma‘lumotlar olgan. 
Bunda mana shu his etish organlari o‗lchash vositasi vazifalarini bajargan. Garchand bu 
kabi o‗lchashlarda aniq qiymat olinmasa ham, har hil o‗lchashda, aniqrog‗i, baholashda muayyan 
bir o‗lchovga nisbatan solishtirish amalga oshirilgan. Dastlab, solishtirish o‗lchovi moddiy 
bo‗lmagan, balki insonning o‗z tajribasi, zakovati va atrof-muhitni bilish darajasiga qarab 
individual tarzda belgilangan. Keyinchalik ish va ozuqa topish qurollari amalda qo‗llana 
borgan sari solishtirish o‗lchovlari moddiylasha borgan. Inson kundalik hayotida har xil 
kattaliklar, masofalar, yer maydonlari yuzalari, jismlarning o‗lchamlari va massalarini, vaqt va 
hokazolarni, bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‗zining 
sezgisi va tajribasi asosida o‗lchay boshlagan. 
Insoniyat rivojlana borib, ish qurollari va yashash tarzini yanada takomillashtira borgan. 
Yashash va mehnat sharoitlarni yanada qulaylashtirish harakatida bo‗lgan. Moddiy bo‗lmagan 
o‗lchovlar bilan ishlash noqulayligi, va individualligi tufayli uni moddiylashtirish yo‗llarini 
axtara borgan. Shu asnoda turli o‗lchash birliklari paydo bo‗lgan
5

Eng qadimgi o‗lchash birliklari - antropometrik. U insonning muayyan a‘zolariga 
muvofiqlik yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan. Masalan, qarich - qo‗l kafti 
yoyilgan holda bosh barmoq va jimjiloq orasidagi masofa, quloch - qo‗llar ikki tomonga 
yoyilganda ular orasidagi masofa, qadam - balog‗at yoshidagi odamning sokin odimlashidagi 
yurish birligi, tirsak -kaft va tirsak orasidagi masofa, chaqirim - ochiq dala sharoitida birining 
tovushini ikkinchisi eshita olishi mumkin bo‗lgan masofa, ladon - bosh barmoqni hisobga 
olmaganda qolgan to‗rtta barmoq kengligi; fut- oyoq tagining uzunligi; pyad - yozilgan bosh va 
ko‗rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, va hokazo. 
Metrologiyaning tarixida bu kabi birliklarni joriy etishda yirik fan yoki davlat 
arboblarining antropometrik o‗lchamlarini asos qilib olish hollari ham uchryidi. Masalan, ingliz 
qiroli Genrix I (XII asrning boshi) yard o‗lchash birligini (91,44 sm.) joriy etgan. Bunda 
namunaviy o‗lchov sifatida qirolning burni uchidan oldinga cho‗zilgan qo‗lning o‗rtancha 
barmog‗i uchigacha bo‗lgan masofa olingan
6

Antropometrik o‗lchash birliklari bilan bir vaqtda tabiiy o‗lchash birliklari ham paydo 
bo‗la boshlagan. Bu birliklar sifatida tabiatdagi ba‘zi doimiy, o‗zgarmas obyektlarning 
xususiyatlari olingan. Masalan, turli qimmatbaho toshlarning o‗lchov birligi sifatida keng 
qo‗llanilgan "no‗xotcha‖ ma‘nosini anglatuvchi ―karat‖, "bug‗doy doni‖ ma‘nosini bildiruvchi 
―gran‖ shular jumlasidandir. 

Download 66,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish