1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги


Ishdan  xoli,  qo’shimcha  kunlar



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

Ishdan  xoli,  qo’shimcha  kunlar.  Ishdan  xoli  qo’shimcha  kunlar-shunday  ish 
kunlariki,  bunday  paytlarda  muayyan  maqsadlarni  amalga  oshirishi  uchun  xodim  o’z 
mehnat vazifalarini bajarishdan ish haqi saqlangan holda ozod etib qo’yiladi. Bu ta’rifdan 
ko’rinib  turibdiki,  ishdan  xoli,  qo’shimcha  kunlarda  dam  olish  vaqti  bilan  umumiy 
ko’pgina belgilar bor: ana shu kunlar ichida xodimlar mehnat vazifalarini bajarishdan ozod 
etilgan  bo’ladi;  ularning  ish  joyi  va  ish  ish  haqi  saqlanib  turadi.  Shu  bilan  birga, 
xodimlarga  beriladigan  ishdan  xoli,  qo’shimcha  kunlarning  hammasini  ham  dam  olish 
vaqti  sirasiga  kiritib  bo’lmaydi,  chunki  bunday  kunlar  xodimlarga,  qonun  hujjatlarida 


 
85 
oldindan belgilab berilgan boshqa maqsadlarni amalga oshirish uchun (boshqa ish qidirish 
uchun,  o’qish  uchun  vash  u  kabilar  uchun)  beriladi.  Mehnat  Kodeksi  quyidagi  toifadagi 
xodimlarga ish beruvchi tomonidan ishdan xoli, qo’shimcha kun berilishi shart ekanligini 
nazarda tutadi:   
-nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onasidan biriga (homiyga, vasiyga); 
-donorlarga;  
-ish  beruvchining  tashabbusi  bilan  mehnat  shartnomasi  bekor  qilinishi  to’g’risida 
ogohlantirilgan xodimlarga;  
-ishlab  chiqarishdan  ajralmagan  holda,  ta’lim  muassasalarida  o’qiyotgan 
xodimlarga.  
Qonun  hujjatlarida  barcha  xodimlar  uchun  nazarda  tutilgan  har  haftalik  dam 
olishdan  tashqarii,  Mehnat  Kodeksi  nogiron  bolasini  tarbiyalayotgan  ota-onaning  biriga 
(homiyga, vasiyga)-bola 16 yoshga to’lguncha qadar davlat ijtimoiy sug’urtasi mablag’lari 
hisobidan  bir  kunlik  ish  haqi  miqdorida,  haq  to’lagan  holda  oyiga  qo’shimcha  bir  dam 
olish kuni  berilishini kafolatlab qo’ydi. Mazkur xodim qonun  hujjatlari bilan qo’shimcha 
dam olish kuni kafolatlangan toifadagi shaxslar sirasiga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning 
aniq  ro’yxatini  belgilab  qo’yish  zarur.  Bunday  hujjatlar  jumlasiga  quyidagilarni  kiritsa 
bo’ladi:  
-xodimning  chindan  ham  nogiron  bolasi  bor  ekanligi  xususida  ijtimoiy  ta’minot 
organi bergan hujjat;  
-nogiron bolaning tug’ilganlik guvohnomasi.  
Bundan  tashqarii,  mazkur  imtiyozdan  ota-onaning  qaysi  biri  foydalanmayotganligi 
to’g’risida  hujjat  (masalan,  ish  joyidan  ma’lumotnoma)  yoki    ota-onadan  birontasi  vafot 
etgan bo’lsa, shu xususidagi guvohnomani taqdim etish taomili nazarda tutilishi mumkin.  
Agar,  qo’shimcha  dam  olish  kuni  olish  huquqidan  vasiy  yoki  homiy 
foydalanayotgan bo’lsa, u chindan ham vasiy (homiy) ekanligini tasdiqlovchi hujjatni ish 
beruvchiga taqdim etishi kerak.  
Mehnat  Kodeksi  167-moddasining  uchinchi  qismiga  muvofiq  donorlik  qilgan 
xodimlar  tekshiruvdan  o’tadigan  va  quyish  uchun  qon  topshiradigan  kuni  ishdan  ozod 
etiladi. Bundan tashqarii, ana shunday  xodimlarga  har safar quyish  uchun  qon topshirgan 
kunning  ertasiga  dam  olish  uchun  bir  kun  beriladi.  Tekshiruvdan  o’tadigan  va  quyish 
uchun  qon  topshiradigan  kuni  ishdan  ozod  etilgan  davr  uchun,  shuningdek  qon 
tekshirilganidan keyin berilgan dam olish kunlari xodimning o’rtacha ish haqi saqlanadi.  
Mehnat Kodeksi 102-moddasining oltinchi qismiga binoan, ogohlantirish muddati 
davomida  mehnat  shartnomasini  xodimning  aybli  xatti-harakatlar  sodir  etganligi 
munosabati  bilan  bekor  qilish  to’g’risidagi  ogohlantirishni  istisno  qilganda,  xodimga 
boshqa ish qidirish uchun haftada kamida bir kun shu vaqt uchu nish haqi saqlangan holda, 
ishga  chiqmaslik  huquqi  beriladi.  Chunonchi,  mehnat  shartnomasi  xodimlar  soni  (shtati) 
yoki ish xususiyati o’zgarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan bekor 
qilinganda ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni ikki, oy 
oldin  yozma  ravishda  (imzo  chektirib)  ogohlantirilishi  shart.  Mehnat  shartnomasi 
xodimning  bajarayotgan  ishga  loyiq  emasligi  munosabati  bilan  bekor  qilingan  taqdirda 
xodim kamida ikki hafta oldin ogohlantirilishi kerak.  
Mehnat  Kodeksi  ishni  ta’lim  bilan  qo’shib  olib  borayotgan  shaxslar  uchun  bir 
qator  imtiyozlar  belgilab  bergan.  Ana  shunday  imtiyozlar  jumlasiga  o’qish  ta’tillari, 
shuningdek,  ishdan  xoli  qo’shimcha  kunlar  berishini  kiritish  mumkin.  Umumta’lim 
maktablarining  o’quvchilari  olti  kunlik  ish  haftasi  joriy  etilgan  bo’lsa,  o’quv  yili 
mobaynida kamida o’ttiz olti ish kuni yoki shunga muvofiq keladigan  miqdorda ish soati 


 
86 
davomida ishdan ozod qilinadi. Ishdan ozod qilingan vaqt uchun o’quvchilarga asosiy ish 
joyida  oladigan  o’rtacha  oylik  ish  haqining  kamida  ellik  foizi  to’lanadi,  lekin  bu 
belgilangan eng  kam mehnat haqi miqdoridan oz bo’lmasligi kerak. Mehnat Kodeksining 
255-moddasiga  muvofiq,  oliy  va  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlarida  ishlab  chiqarishdan 
ajralmagan  holda,  ta’lim  olayotgan  xodimlarga  diplom  loyihasini  (ishini)  bajarish  yoki 
bitiruv  imtihonlari  topshirishdan  oldingi  o’n  o’quv  oyi  davomida,  mashg’ulotlarga 
tayyorgarlik  ko’rish  uchun  olti  kunlik  ish  haftasi  bo’lganda  haftada  kamida  bir  kun 
o’rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladigan kun beriladi.                                                                          

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish