1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

Dam  olish  va  bayram  (ishlanmaydigan)  kunlardagi  ish.  Korxonada  xodimlarni  dam 
olish kunlaridagi ishlarga jalb etish tartibini belgilashda (tayin etishda) qonun hujjatlarida 
mustahkamlab  qo’yilgan  cheklashlarga  qat’iy  rioya  etish  kerak.  Jumladan,  Mehnat 
Kodeksi 220-moddasining beshinchi qismmiga binoan, nogironlarni dam olish kunlaridagi 


 
76 
ishlarga  jalb  etishga  ularning  roziligi  bilangina,  basharti  ular  uchun  bunday  ishlar  tibbiy 
tavsiyalarda  taqiqlanmagan  bo’lsa,  yo’l  qo’yiladi.  Mazkur  Kodeksning  228-moddasiga 
binoan,  homilador  ayollarni  va  o’n  to’rt  yoshga  to’lmagan  bolasi  (o’n  olti  yoshga 
to’lmagan  nogiron  bolasi  bor)  bor  ayollarni  ham  ish  beruvchi  dam  olish  kunlaridagi 
ishlarga  faqatgina  ularning  roziligi  bilangina  jalb  etishga  haqlidir.  Qolaversa,  o’n  sakkiz 
yoshga  to’lmagan  xodimlar,  shu  Kodeksning  245-moddasiga  binoan,  har  qanday  holatda 
ham  dam  olish  kunlaridagi  ishlarga  qo’yilmaydi.  Shuni  ham  ta’kidlab  o’tish  kerakki, 
Mehnat  Kodeksi  132-moddasining  birinchi  qismiga  muvofiq,  sanab  o’tilgan 
cheklashlarning  hammasi    tegishli  toifadagi  xodimlarni  bayram  (ishlanmaydigan) 
kunlaridagi ishlarga jalb etishga ham tatbiq  qilinadi. 
Ish vaqtidan tashqarii bajarilgan ish. Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) 
muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish, deb hisoblanadi. Shuni unutmaslik 
kerakki,  mehnat shartnomasida  ilgari,  ya’ni  nogironlik belgilangunga qadar  ish  vaqtining 
normal  muddati  shartlashilganiga  qaramay  I  va  II  guruh  nogironlari  uchun  qonun 
hujjatlarida  belgilangandan  (haftasiga  36  soatdan)  ortiqcha  ishlangan  vaqt  i  shvaqtidan 
tashqarii  bajarilgan  ish  hisoblanadi,  hamda,  Mehnat  Kodeksining  157-moddasiga  binoan, 
kamida ikki hissa miqdorda haq to’lanishi kerak. 
Quyidagilarni, hatto, o’zlari rozilik bergan taqdirda ham ish vaqtidan tashqari ishlarga 
jalb etish taqiqlanadi: 
-o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar  
(Mehnat Kodeksining 245-moddasi);  
 -I  va  II  guruh  nogironlari,  agar  ular  uchun  bunday  ishlar  tibbiy  tavsiyalarda 
taqiqlangan bo’lsa (Mehnat Kodeksining 220 moddasi);  
-ish  smenasining  muddati  o’n  ikki  soat  qilib  belgilangan  xodimlar  (Mehnat  Kodeksi 
124-moddasining uchinchi qismi);  
-mehnat  sharoiti  o’ta  og’ir  va  o’ta  zararli  ishlarni  bajaruvchi  xodimlar  (Mehnat 
Kodeksi 124-moddasining uchinchi qismi);  
-ish  vaqtidan  tashqari  bajariladigan  ishlarning  muddati  qonunda  belgilab  qo’yilgan 
chegaradan ortiqcha bo’lgan beistisno barcha xodimlar.  
 
Umumiy qoidaga ko’ra, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun 
surunkasiga  ikki  kun  davomida  to’rt  soatdan  ortiq  bo’lmasligi  lozim,  ya’ni  agar  xodim 
birinchi kuni ish vaqtidan tashqari to’rt soat ishlagan bo’lsa, ertasi kuni, hatto, o’z roziligi 
bo’lgan  taqdirda  ham  uni bunday  ishga  jalb etishga  yo’l  qo’yib  bo’lmaydi.  Demak,  agar 
birinchi  kuni  ish  vaqtidan  tashqari  ishning  muddati  uch  soatni  tashkil  etgan  bo’lsa,  ertasi 
kuni  mazkur  xodim  Mehnat  Kodeksining  125-moddasiga  binoan,  ish  vaqtidan  tashqari 
ishga ko’pi bilan faqat bir soatga qo’shilishi mumkin.  
 
Mehnat sharoiti og’ir va zararli ishlarni bajarishda umumiy qoidadan farqli ravishda 
ish  vaqtida  tashqari  ishlarning  chegara  normasi  ikki  baravar  kam  bo’ladi,  aniqroq  qilib 
aytganda, xodim surunkasiga ikki kun davomida ish vaqtidan tashqari paytda bunday ishni 
bajarishga ko’pi bilan ikki soatga qo’yilishi mumkin.  
Aytaylik,  agar  xodim  mehnat  sharoiti  og’ir  va  zararli  ishda  birinchi  kuni  ish 
vaqtidan  tashqari  ikki  soat  ishlagan  bo’lsa,  ertasi  kuni  ui  bunday  ishga  jalb  etishga  yo’l 
qo’yilmaydi.  
Bundan tashqari, Mehnat Kodeksining 125-moddasida ish vaqtidan tashqari ishning 
yillik  normasi  chegarasi  ham  belgilab  qo’yilgan.  Bunday  ishning  muddati  har  qanday 
hollarda ham yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo’lmasligi shart.  


 
77 
Mehnat  Kodeksi  157-moddasining  birinchi  qismiga  bioan,  ish  vaqtidan  tashqari 
ishlar  uchun  kamida  ikki  hissa  miqdorida,  bordi-yu,  xodimning  iltimosiga  ko’ra,  boshqa 
dam olish kuni berish bilan kompensatsiya qilinadigan bo’lsa, kamida bir hissa miqdorida 
haq  to’lanadi.  Jumladan,  bir  qancha  korxonalarning  jamoa  shartnomalarida  oldindan 
nazarda  tutilgan  asoslarga  ko’ra,  aytaylik,  smenadosh  ishga  kelmay  qolganligi  sababli, 
avariyalar bilan bog’liq shoshilinch ishlarni amalga oshirishda va boshqa ba’zi hollarda ish 
vaqtidan  tashqari  bajarilgan  ish  uchun  ikki  hissadan  ham  ko’proq  miqdorda  haq  to’lash 
nazarda tutiladi.  
Eslatib  o’tish  o’rinliki,  ilgarigi  Mehnat  qonunlari  kodeksi  homilador  ayollarni  va 
uch  yoshga  to’lmagan  bolasi  bor  ayollarni  ish  vaqtidan  tashqari  ishlarga  jalb  etishni 
taqiqlardi.  Endilikda  Mehnat  Kodeksi  ish  vaqtidan  tashqari  roziligi  bilan  yo’l  qo’yadi, 
demak ilgarigi cheklash o’z ahamiyatini yo’qotdi.  
Navbatchilik. Barcha navbatchiliklarni bir necha guruhga ajratish mumkin:  

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish