1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

yo’naltiruvchi  funktsiya,    bunga  sabab  xodimning  xulq-atvorini  vaziyatdan  xulq-atvor 
variantlarini  tanlashga  yo’naltiradi;    ma’no  hosil  qiluvchi  funktsiya,  bunda  sabab 
xodimning  maskur  xulq-atvoridagi  sub’yektiv  ahamiyatni  belgilab  beradi,  uning  shaxsiy 
ma’nosini  aniqlaydi;    vositali  funktsiya,    bunda  sabab  ichki  va  tashqi  ko’zg’atuvchilar 
tutashgan  joyda  vujudga  keladi,  ularning  xulq-atvoriga  bo’lgan  ta’sirini  vositalaydi; 
safarbar  qiluvchi  funktsiya,    bunda  sabab  xodim  organizmi  kuchlarni  o’zi  uchun 
ahamiyatla  faoliyat  turlarini  amalga  oshirishga  safarbab  etadi;    oqlovchi  funktsiya, 
bunday  holatda  shaxsning  tashqaridan  normalashtiradigan  xulq-atvor  namunasiga, 
etaloniga, ijtimoiy va ahloqiy normaga munosabati ifodalangan bo’ladi. 
 
Insonning faoliyati ayni vaqtda bir necha sabablar bilan asoslanadi, chunki u narsa-
buyumlar  olami,  jamiyat,  atrofdagi  kishilar  va  o’z-o’zi  bilan  xilma-xil  munosabatlar 
tizimiga  qo’shiladi.  Xodimning  xulq-atvorini  belgilab  beradigan  yetakchi  sabablar 
guruhini    sabablar  o’zagi    deb  atashadi.  Sabablar  o’zagining  tuzilishi  muayyan  mehnat 
vaziyatlariga  qarab  farqlanadi:  -mutaxasislikni  yoki  ish  joyini  ta’minlashga;  -korxonada 
mazkur  kasb  bo’yicha  kundalik  ishga;  -muayyan  nizoli  vaziyatga;  -ish  joyini 
almashtirishga  yoki  kasbni  o’zgartirishga;  -mehnat  muhitining  tavsiflari  o’zgarishi  Bilan 
bog’liq bo’lgan innovatsion  vaziyat va hokazolarga. 
 
Keyingi  o’n  yilliklarda  mehnat  sotsiologiyasi  ijtimoiy  xulq-atvor  mexanizmini 
bilishni bir  muncha chuqurlashtirish imkonini beradigan g’oyalarni ishlab chiqmoqda. Bu 
jihatdan,  V.A.Yadovning  yondashuvi  qiziqarli  bo’lib  u  shaxs  ijtimoiy  xulq-atvorining 
dispozitsion  kontseptsiyasini  ifodalab  bergan  edi.  Bu  yerda  gap  insonning  murakab 
dispozitsiyalar tizimini (shaxsiy moyillik) egallashi haqida boradi, ular inson xulq-atvorini 
tartibga  soladi.  Ular  murakkab  tuzilishga  ega  bo’lgan  ehtiyojlar,  qiziqishlar  va  vaziyatlar 
tutashgan  joyda  hosil  bo’ladi.  Ehtiyojlar,  vaziyatlar  va  ularga  mos  keladigan 
dispozitsiyalarning to’rtta darajasi ajralib ko’rsatiladi: 
 
1.Eng  oddiy  vaziyatlarda,  maishiy  sharoitlarda  biologik  ehtiyojlarga  bog’liq  yo’l-
yo’riqlar.   
       2.Odatdagi 
kundalik 
sharoitlarda 
muomalaga 
bo’lgan  ehtiyojlar  asosida 
shakllantiriladiganijtimoiy yo’l-yo’riqlar. 
       3.Shaxsning  muayyan  mehnat  sohasidagi  qiziqishlarning  umumiy  yo’nalishini 
ta’riflab beradi. 
       4.Shaxsning qadriyatli mo’ljallari tizimi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
 
1.  Abdurahmonov  Q.,  Bozorov  N.,  Volgin  N.  va  boshqalar.  «Mehnat  iqtisodiyoti  va 
sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil 344-353 betlar. 
2.Abdurahmonov  Q.H.,  Holmo’minov  Sh.R.  «Mehnat  iqtisodiyoti  va  sotsiologiyasi». 
Toshkent: 2004 yil 144-152 betlar. 
3.Dodboev  Yu.T.,  Xudoyberdiev  A.  «Mehnat  iqtisodiyoti  va  sotsiologiyasi».  Farg’ona-
2001 yil 84-90 betlar. 
4.Usmonov S.N., Dodboev Yu.D. «Bozor iqtisodiyoti asoslari» Toshkent. «Fan»-1999 yil 
74-86 betlar  
5.Shoyusupova N.T. «Mehnat sotsiologiyasi». Toshkent. 2004 yil 13-22 betlar  


 
26 
6.O’lmasov A., «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil 7-10 betlar.  
 
3-mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriqlari. 
 
1.Shaxsning  yashashi  va  o’zini-o’zi  saqlash  uchun  zarur  bo’ladigan  vosita  va  shart-
sharoitlarni  yaratish  to’g’risida  g’amxo’rlik  qilish,  yashash  muhiti  bilan  barqaror 
muvozanatni saqlashga intilish nima deb ataladi? 
a)qiziqish 
b)intilish 
v) ehtiyoj 
g)qadriyat 
d)ijtimoiy ideal 
2.Ehtiyojlar ierarxiyasini qaysi amerikalik olim ishlab chiqqan? 
a)Maslou.A 
b)Meyo.E 
v)Teylor.F 
g)Mertok.R 
d)Sorokin.P.A 
3.A.Maslou ehtiyojlarning qanday turlarini ajratib ko’rsatadi? 
a)fiziologik va jinsiy ehtiyojlar 
b)ekzistentsional ehtiyojlar 
v) ijtimoiy ehtiyojlar  
g)obro’-e’tiborli bo’lishga ehtiyoj 
d)barcha javoblar to’g’ri 
4.Odamlarning  takror  ko’payishi,  oziq-ovqat,  nafas  olish,  jismoniy  harakat,  kiyim-bosh, 
uy-joy, dam olish va hokazolarga bo’lgan ehtiyoji nima deb nomlanadi? 
a)fiziologik va jinsiy ehtiyojlar 
b)ekzistentsional ehtiyojlar 
v) ijtimoiy ehtiyojlar  
g)obro’-e’tiborli bo’lishga ehtiyoj 
d)shaxsiy ma’naviy ehtiyoj 
5.A.Maslou ehtiyojlarning qaysilarini boshlang’ich (tug’ma), deb ataladi? 
a)fiziologik va jinsiy ehtiyojlar 
b)ekzistentsional ehtiyojlar 
v) ijtimoiy va shaxsiy ma’naviy ehtiyojlar  
g)a va b javoblar to’g’ri 
d) a, b va v javoblari to’g’ri. 
6.A.Maslou ehtiyojlarning qaysilarini ikkilamchi (hosil qilingan) ehtiyojlar deb ataydi? 
a)ijtimoiy ehtiyojlar 
b)obro’-e’tiborli bo’lishga ehtiyoj 
v) shaxsiy ma’naviy ehtiyoj 
g)a va b javoblar to’g’ri 
d)a, b va v javoblari to’g’ri  
7.Ehtiyojlarning ijtimoiy va ahloqiy turlari keltirilgan to’g’ri javobni belgilang? 
a)e’tirof etilishiga ehtiyoj  
b)faollikka ehtiyoj  
v) ijtimoiy birdamlikka ehtiyoj  
g)muomalada bo’lishga ehtiyoj 


 
27 
d)barcha javoblar to’g’ri. 
8.  .. – bu anglab yetilgan ehtiyojlarning aniq ifodasidir. 
a)qadriyat 
b)qiziqish 
v) ijtimoiy ideal 
g)adaptatsiya 
d)faoliyat 
9.Qiziqlarning qanday turlari mavjud? 
a)ishlab chiqarish va noishlab chtqarish 
b)ochiq va xufyona 
v) moddiy va nomoddiy 
g)ob’yektiv va sub’yektiv 
d)ijobiy va salbiy. 
10.Sub’yekt,  jamiyat,  sinf,  ijtimoiy  guruhning  hayot  va  ishning  asosiy,  eng  muhim 
maqsadlari to’g’risidagi, shuningdek, anna shu  maqsadlarga erishishning asosiy  vositalari 
haqidagi tasavvurlar-bu.. 
a)qadriyat 
b)faoliyat 
v)qiziqish 
g)ishtiyoq 
d)ehtiyoj 
11.Qadriyatlar nimalar asosida tarkib topadi?  
a)ehtiyoj 
b)manfaat 
v)qiziqish 
g)a va b javoblari to’g’ri   
d)a, b va v javoblari to’g’ri.  
12.Jamiyatda  ijtimoiy  munosabatlar,  hamda  shu  jamiyatda  yashovchi  shaxsning  qanday 
bo’lishi lozimligi haqidagi tasavvurlar nima deb nomlanadi?  
a)qadriyat 
b)ijtimoiy ideallar 
v)manfaat  
g)jarayon   
d)qiziqish. 
13.Qadriyatlarning o’ziga xos shakli ko’rstilgan javobni belgilang?  
a)qadriyat 
b)ijtimoiy ideallar 
v)faoliyat  
g)ehtiyoj   
d)zarurat.  
14.Mehnat sohasidagi sabalar  qanday  funktsiyalarni  bajaradi  va  ular  xodim  xulq-atvorida 
ro’yobga chiqadi?  
a)yo’naltiruvchi funktsiya 
b)vositali funktsiya 
v)safarbar qiluvchi funktsiya  
g)ma’no hosil qiluvchi funktsiya    
d)barcha javoblar to’g’ri.  


 
28 
15.Qaysi  funktsiyada  sabab  xodimning  mazkur  xulq-atvoridagi  sub’yektiv  ahamiyatni 
belgilab beradi?  
a)yo’naltiruvchi funktsiya 
b)ma’no hosil qiluvchi funktsiya 
v)vositali funktsiya  
g)safarbar qiluvchi funktsiya 
d)oqlovchi funktsiya.  
16.Qaysi  funktsiyada  sabab  ichki  va  tashqi  qo’zg’atuvchilar  tutashgan  joyida  vujudga 
keladi, ularning xulq-atvorga bo’lgan ta’sirini vositalaydi?  
a)yo’naltiruvchi funktsiya 
b)ma’no hosil qiluvchi funktsiya 
v)vositali funktsiya  
g)safarbar qiluvchi funktsiya    
d)oqlovchi funktsiya.  
17.Qaysi  funktsiyada  sabab  xodimning  xulq-atvorini  vaziyatdan  xulq-atvor  variantlarini 
tanlashga yo’naltiradi?  
a)yo’naltiruvchi funktsiya 
b)ma’no hosil qiluvchi funktsiya 
v)vositali funktsiya  
g)safarbar qiluvchi funktsiya   
d)oqlovchi funktsiya 
18.Xodimning  xulq-atvorini  belgilab  beradigan  yetakchi  sabablar  guruhini  nima  deb 
atashadi?  
a)sabablar tizimi 
b)sabablar strukturasi 
v)jami sabalar  
g)sabablar o’zagi   
d)sabablar ko’rsatkichi. 
19.Sabablar o’zagining tuzilishi qanday vaziyatlarga qarab farqlanadi?  
a) mutaxassislikni yoki ish joyini tanlashga 
b)korxonada mazkur kasb bo’yicha kundalik ishga  
v)ish joyini almashtirishga yoki kasbni o’zgartirishga   
g)mehnat muhitining tavsiflari o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan innovatsion vaziyat  
d)barcha javoblar to’g’ri.  
20.Qaysi  rus  olimi  shaxs  ijtimoiy  xulq-atvorining  dispozitsion  kontseptsiyasini  ilgari 
suradi?  
a)Yadov V.A. 
b)Sorokin P.A. 
v)Mixaylovskiy  
g)Zaslavskaya   
d)Ilin I. 
21.V.A.Yadov  ehtiyojlar,  vaziyatlar  va  ularga  mos  keladigan  dispozitsiyalarning  nechta 
darajasini ajratib ko’rsatadi?  
a)ikkita  
b)uchta 
v)to’rtta  
g)beshta   
d)oltita 


 
29 
22.Mazmunli,  xilma-xil,  ijodiy  mehnat    .. hisoblansa,  zarur  shart-sharoitlar  yaratilgan  ish 
joyini izlash  ..   bo’ladi.  
a)norma va qadriyat 
b)qadriyat va norma 
v)norma va sanktsiya  
g)qadriyat va sanktsiya   
d)sanktsiya va manfaat. 
23.Ehtiyojning qaysi turi faollik orqali sog’liq va kayfiyatni yaxshi saqlashga qaratadi?  
a)o’z-o’zini namoyon qilishga bo’lgan ehtiyoj  
b)barqarorlikka ehtiyoj 
v)o’zini-o’zi saqlashga ehtiyoj  
g)dam olish va bo’ shvaqtga bo’lgan ehtiyoj    
d)faollikka ehtiyoj  
24.Amerikalik psixolog A.Maslou ehtiyojlarning nechta turini ajratib ko’rsatadi?  
a)ikkita 
b)uchta 
v)to’rtta  
g)beshta   
d)oltita 
25.A.Maslou tomonidan ilgari surilgan ehtiyojlarning uchinchisini nomlang?  
a)fiziologik va jinsiy ehtiyojlar 
b)ekzistentsional ehtiyojlar 
v)obro’-e’tiborli bo’lishga ehtiyoj  
g)ijtimoiy ehtiyojlar   
d)shaxsiy ma’naviy ehtiyojlar.   
 
4-mavzu: Mehnat jamoasi va unda ijtimoiy mehnat munosabatlari. 
 
Reja: 
1.Mehnat jamoasining strukturasi va rivojlanish bosqichlari.  
2.Mehnat jamoasida boshqaruv va o’zini-o’zi boshqaruv tizimi.  
 
Tayanch iboralar: 
 
jamoa;  mehnat  jamoasi;  jamoaning  integral  belgisi;  partsial  va  umumiy  birlik;  jamoa 
rivojining  ichki  va  tashqi  shartlari;  birlamchi  sintez,  tabaqalanish  va  sintez  bosqichi; 
mehnat  jamoasining  funktsiyalari;  jamoani  boshqarish;  rahbar;  rahbar  faoliyatidagi 
vazifalar (funktsiyalar).  
 
Mehnat jamoasinin strukturasi va rivojlanish bosqichlari.  
Jamoa-bu  ijtimoiy  guruh  turi,  mehnatkashlarning  yagona  maqsad,  faoliyat  yo’lida 
birlashgan,  uyushgan,  boshqaruv,  intizom  va  javobgarlik  organlariga  ega  gurhidir.  U 
a’zolarning  manfaatlari  birligi,  hamda  hamkorlik  va  o’zaro  yordam  munosabatlariga 
asoslangan  ijtimoiy  tashkilot  shaklidir.  Tashkilot  sifatida  jamoa  intizom  orqali  tartibga 
solinadi  va  uni  rahbarlar  boshqaradilar.  Jamoaning  eng  muhim  integral  belgisi  ijtimoiy-
psixologik birligidir. U tashkiqi  vaziyatlarga bog’liq  va turli darajalarda bo’ladi,  masalan 
Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish