1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

Ikkinchi  guruhga  mansub,  amaliyotda  «navbatchilik»  deb  yuritiluvchi 
avbatchiliklarni  «tezkor  navbatchilik»dan  farqlay  bilish  kerak.  Bunday  navbatchilik 
paytida  ham  xodim  ish  kuni  boshlangunga  qadar,  ish  kuni  mobaynida  yoki  ish  kuni 
tugaganidan keyin, dam olish  yoki  bayram kunlari korxonada  yoki aytilgan boshqa joyda 
bo’lishi  kerak.  Ammo,  bu  turdagi  navbatchilik  paytida  xodim  «tezkor  navbatchilik»dan 
farqli  ravishda,  ayni  mehnat  shartnomasida  shartlashilgan  o’z  vazifalarini  bajarishi  yoki 
zarurat bo’lganda bajarishga tayyor turishi shart.  
Nihoyat,  uchinchi  guruhga  mansub  navbatchiliklar  ham  borki,  ularga  jalb  etish 
uchun  korxonaning  belgilab  qo’yilgan  ish  o’rinlari  ro’yxatga  maxsus  «navbatchilik» 
lavozimi  joriy  etiladi  va  mehnat  shartomasi  asosida  tegishli  xodim  (masalan,  avbatchi 
mexanik)  ishga  qabul  qilinadi.  Bunday,  ya’ni  shtatli  navbatchililar  uchun  mansab 
yo’riqnomasi  ishlab  chiqiladi,  navbatchilik  vaqti  ularning  ish  vaqti,  deb  hisoblanadi  va 
odatdagi  tartibda  haq  to’lanadi  (masab  maoshi,  ustamalar,  mukofot  va  shu  kabilar 
belgilanadi).  
Har qanday holatda ham ishlanmaydigan vaqtdagi navbatchilikka o’n sakkiz yoshga 
to’lmagan shaxslarni jalb etib bo’lmaydi. Homilador ayollar va o’n to’rt yoshga to’lmagan 
bolasi  (o’n  olti  yoshga  to’lmagan  nogiron  bolasi)  bor  ayollar  faqat  o’zlarining  roziligi 
bilan navbatchilikka jalb etilishi mumkin. I  va II guruh nogironlarini bu ishga jalb etishda 
esa  ularning  o’z  roziliklaridan  tashqari  ularga  bunday  navbatchilik  tibbiy  tavsiyalarda 
taqiqlanmaganligiga  ham  qaraladi.  Homilador  ayollarni  va  uch  yoshga  to’lmagan  bolasi 
bor  ayollarni  tungi  vaqtdagi  navbatchilikka  jalb  etishga,  ularning  o’zlari  rozilik  bergan 
bo’lsalar  ham,  bunday  vaqtdagi  navbatchilik  ona  va  bolaning  sog’lig’i  uchun  xavf 
tug’dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo’lgan taqdirdagina yo’l qo’yiladi.  
                                
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
 


 
78 
1.Gasanov  M.,  Sokolov  Ye.  «O’zbekistonning  mehnat  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari: 
savollar va javoblar». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 5-187 betlar.  
2.Dodoboev  Yu.T.,  Xudoyberdiev  A.  «Mehnat  iqtisodiyoti  va  sotsiologiyasi».  Farg’ona-
2001 yil, 108- va 130-145 betlar.  
3.Karimova  O.,  G’afforov  Z.  «Davlat  va  huquq  asoslari».  Toshkent:  «O’qituvchi»-1995 
yil, 408-423 betlar.  
4.O’zbekiston  Respublikasining  Mehnat  Kodeksi.  Toshkent:  «Adolat»-1996  yil,  57-61 
betlar.  
5.O’zbekiston Respublikasining entsiklopediyasi. Toshkent-1997 yil, 329-bet.  
 
8-mavzui mustahkamlash uchun test topshiriqlari. 
 
1.  .. –bu turli toifadagi xodimlar uchun muayyan kalendar davrlardagi ish vaqtining 
muddatinni belgilashdir.  
a)ish joyini o’zgartirish 
b)ish vaqtini normallashtirish 
v)haqiqatda ishlangan vaqt 
g)ish vaqtidan foydalanish 
d)ish vaqtini hisobga olish. 
2.Nima ish vaqtini qayd etib borishning muayyan tizimi va tartibini o’rnatishni anglatadi?  
a)ish vaqtini normallashtirish 
b)ish vaqtidan foydalanish 
v)ish vaqtinni hisobga olish 
g)ish vaqtini o’zgartirish 
d)dam olishni tashkillashtirish. 
3.Ish vaqtining qanday turlari mavjud?  
a)ish vaqtining normal muddati 
b)ish vaqtining qisqartirilgan muddati 
v)to’liqsiz ish vaqti 
g)a va b javoblari to’g’ri  
d)a, b va v javoblari to’g’ri. 
4.Ish vaqti haftasiga necha soatdan ortiq bo’lishi mumkin emas?  
a)40 soatdan 
b)38 soatdan 
v)36 soatdan 
g)34 soatdan 
d)32 sotadan. 
5.Ish vaqtining qisqartirilgan muddati qanday toifadagi shaxslar uchun belgilanadi?  
a)o’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar   
b)I va II guruh nogironi bo’lgan xodimlar   
v)noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo’lgan xodimlar 
g)alohida tusga ega bo’lgan ishlardagi xodimlar 
d)barcha javoblar to’g’ri. 
6.O’n oltidan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan xodimlar uchu ish vaqtining muddati haftasiga 
necha soatdan oshishi mumkin emas?  
a)40 soatdan 
b)38 soatdan 


 
79 
v)36 soatdan 
g)34 soatdan 
d)32 soatdan. 
7.Mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda band bo’lgan shaxslarning ish vaqti 
muddati chegarasi kuniga necha soatdan oshmasligi kerak?  
a)1-2 soatdan 
b)2-3 soatdan 
v)3-4 soatdan 
g)4-5 soatdan 
d)5-6 soatdan. 
8.   ..    –bu xodimlar uchun belgilangan ish vaqti muddatining muayyan kalendar 
doirasidagi taqsimotidir.  
a)ish vaqti rejimi 
b)to’liqsiz ish vaqti 
v)moslanuvchan ish vaqti rejimi 
g)dam olish vaqti 
d)ish vaqtining normal muddati.  
9.Ish vaqti rejimi tushunchasi qanday tarkibiy unsurlarni o’z ichiga oladi?  
a)kundalik ish muddati  
b)ishdagi tanaffuslar vaqti 
v)sutkadagi smena miqdori 
g)ish boshlanadigan va tugallanadigan payt 
d)barcha javoblar to’g’ri. 
10.Moslanuvchan ish vaqti rejimining tarkibiy unsurlarini ko’rsating?  
a)qayd qilib qo’yilgan ish vaqti 
b)o’zgaruvchan ish vaqti 
v)ishdagi tanaffuslar 
g)a va b javoblari to’g’ri 
d)a, b va v javoblari to’g’ri. 
11.Soat nechadan to soat nechagacha bo’lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi?  
a)20.00-5.00 gacha 
b)21.00-6.00 gacha 
v)22.00-6.00 gacha 
g)22.00-7.00 gacha 
d)23.00-7.00 gacha. 
12.Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida necha baravar miqdorda haq to’lash 
nazarda tutiladi?  
a)0,5 baravar 
b)1,0 baravar 
v)1,5 baravar 
g)2,0 baravar 
d)2,5 baravar. 
13.Xodim uchun belgilangan kundalik ish muddatidan tashqari ishlash   ..    deb 
hisoblanadi?  
a)ish vaqti rejimi 
b)ish vaqtidan tashqari ish 
v)moslanuvchan ish vaqti 
g)tungi ish vaqti 


 
80 
d)ishdagi tanaffuslar. 
14.Kimlarni, hatto o’zlari rozilik bergan taqdirda ham, ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb 
etish taqiqlanadi?  
a)o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar 
b) I va II guruh nogironlar 
v)ish smenasining muddati o’n ikki soat qilib belgilangan xodimlar 
g)mehnat sharoiti o’ta og’ir va o’ta zararli ishlarni bajaruvchi xodimlar  
d)barcha javoblar to’g’ri. 
15.Ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun 
davomida necha soatdan ortiq bo’lmasligi lozim?  
a)bir soatdan  
b)ikki soatdan 
v)uch soatdan 
g)to’rt soatdan 
d)besh soatdan. 
16.Ish vaqtidan tashqari ishning muddati har qanday hollarda ham yiliga necha soatdan 
oshmasligi kerak?  
a)120 soatdan 
b)125 soatdan 
v)130 soatdan 
g)135 soatdan 
d)140 soatdan. 
17.Navbatchiliklarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?  
a)tezkor navbatchilik 
b)navbatchilik 
v)maxsus navbatchilik 
g)a va b javoblari to’g’ri 
d)a, b va v javoblari to’g’ri.  
18.Xodim ish tartibi yoki grafigiga yohud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq, o’z 
mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo’lgan vaqt nima deyiladi?  
a)dam olish vaqti 
b)ish vaqti 
v)haqiqatda ishlangan vaqt 
g)ish vaqtidan tashqari ish 
d) navbatchilik. 
19.    ..    deganda u  yoki bu kalendar davrda xodim tomonidan o’zi uchun belgilangan 
norma doirasida yoki tayin etilgann tartibdan bu normada tashqari ishlangan vaqt 
tushuniladi.  
a)ish vaqti 
b)tungi vaqtdagi ish 
v)haqiqatda ishlangan vaqt 
g)ish vaqti rejimi 
d)moslanuvchan ish vaqti rejimi.  
20.Olti kulik ish haftasi joriy etilgan korxonada har kungi ishning muddati necha soatdan 
ortib ketmasligi lozim?  
a)to’rt soatdan 
b)besh soatdan 
v)olti soatdan 


 
81 
g)yetti soatdan 
d)sakkiz soatdan. 
21.Besh kunlik ish haftasi joriy etilgan korxonada har kungi ishning muddati necha 
soatdan oshmasligi kerak?  
a)besh soatdan 
b)olti soatdan 
v)yetti soatdan 
g)sakkiz soatdan 
d)to’qqiz soatdan.  
22.    ..     ni muayyan tartibga solish ish vaqti rejimini belgishni va normal mehnat 
shartlari doirasidan chetga chiqilgan taqdirda ish vaqtidan foydalanish xususiyatlarini 
belgilab qo’yishni taqazo etadi.  
a)ish vaqtini normallashtirish 
b)ish vaqtidan foydalanish 
v)ish vaqtini hisobga olish 
g)ish vaqtining normal muddati 
d)to’liqsiz ish vaqti.  
23.O’n beshdan o’n olti yoshgacha bo’lgan xodimlarga ish vaqtining muddati haftasiga 
necha soatdan oshishi taqiqlanadi?  
a)24 soatdan 
b)26 soatdan 
v)28 soatdan 
g)30 soatdan 
d)32 soatdan. 
24.Alohida tusga ega bo’lgan ishlardagi xodimlar jumlasiga kimlarni kiritish mumkin?  
a)o’qituvchilar 
b)tarbiyachilar 
v)tibbiyot xodimlari 
g)a va b javoblari to’g’ri 
d)a, b va v javoblari to’g’ri. 
25.   ..    deganda xodim o’z ish joyida bo’lishi shart bo’lgan vaqt tushuniladi?  
a)ishdagi tanaffuslar 
b)o’zgaruvchan ish vaqti 
v)qayd qilib qo’yilgan ish vaqti  
g)xizmat safaridagi ish vaqti  
d)to’liqsiz ish vaqti. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish