Foydalanish deganda iqtisodiyotning resurslaridan biri bo’lgan mehnat resurslarini ta’riflovchi ikki yo’nalish tushuniladi. Bu, birinchidan, mehnat resurslarining taqsimlanishi va ikkinchidan ularning mehnatidan xalq xo’jaligi va iqtisodiyotda foydalanish samaradorligidir. Mehnat resurslarini taqsimlash deganda resurslarning xalq xo’jaligida ishlaydigan va ishlaymaydigan qismlari tushuniladi. Ishlaydigan aholi, o’z navbatida, ayrim tarmoqlar, kasb guruhlari bo’yicha taqsimlanishi, shu jumladan, aqliy va jismoniy mehnat bo’yicha, mehnat rejimi bo’yicha, sotsial-iqtisodiy sohalar bo’yicha qarab chiqiladi.
Mehnat bilan bandlarni xalqaro jihatlardan biri ularni “iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha” quyidagicha taqsimlashdir:-yollanma xodimlar (korxona rahbari yoki ayrim shaxs bilan mehnat shartnomasituzgan fuqarolar);-ish beruvchilar (mustaqil ish olib boradigan va bitta yoki bir nechta shaxsni ishlash uchun doimiy yollab turadigan xodimlar kiradi);-o’z hisobidan ishlaydigan shaxslar (doimiy asosda yollanma xodimlarni yollamaydigan fuqarolar);-ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari (kooperativlarning faol ishlovchi a’zolari hisoblanadigan shaxslar);-oilaning yordam beruvchi a’zolari (oilaviy biznesdagi oilalarining a’zolari kiradi, mazkur biznesga o’sha uy xo’jaligida ishlaydigan qarindoshlardan biri boshchilik qiladi).
Mehnat resurslarini taqsimlashning boshqa turlari ham bor. Bular jinsi, yoshi, ma’lumot darajasi, sog’lig’i bo’yicha taqsimlashdir.
Biz yana “mehnatni sarf qilish samaradorligi” degan ta’rifni aniqlab olishimiz kerak. Har qanday faoliyat turidagi samaradorlik pirovard natijada mahsulot yoki xizmatlar birligini ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt bilan o’lchanadi. Mehnat sarf qilish samaradorligi bo’yicha mintaqalar farqiga sabab shuki, turli hududlarda texnologiya darajasi, mehnatni tashkil etish darajasi turlicha bo’ladi. Turli sabablarga ko’ra, shu jumladan, etnik va tarixiy xususiyatlarga ega bo’lgan sabablarga ko’ra ham xodimlar malakasi bir-biridan farq qilishi mumkin.
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlil qilishning ahamiyati.
Korxonalarning kerakli mehnat resurslari bilan yetarli darajada ta’minlanishi, ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi, mahsulot hajmini ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga egadir. Xususan, barcha ishlarning hajmi va o’z vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlardan foydalanish samaradorligi va buning natijasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi va boshqa bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlar korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog’liqdir.
Tahlil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardir:-korxona va uning tarkibiy bo’linmalarining, shuningdek, toifalar va kasblar bo’yicha mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini o’rganish va unga baho berish;-kadrlar ko’nimsizligi ko’rsatkichlarini aniqlash va o’rganish;-mehnat resurslari zahiralarini aniqlash, ulardan yanada to’laroq va samaraliroq foydalanish.
Mehnat resurslari sifat tarkibini malaka bo’yicha tahlil qilish zarur. Xodimlarning malaka darajasi ko’p jihatdan ularning yoshiga ish stajiga, ma’lumotiga va hokazolarga bog’liqdir. SHu sabali, tahlil jarayonida ishchilarning yoshi, ish staji, ma’lumoti bo’yicha o’zgarishlar o’rganiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N va boshqalar. “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”. Toshkent: “O’qituvchi”-2001 yil, 66-80, 341-343 betlar.
2.Abdurahmonov Q.H., Holmo’minov Sh.R. “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” Toshkent-2004 yil, 33-41 va 67-75 betlar.
3.Dodoboev Yu.T., Xudoyberdiev A. “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyai”. Farg’ona-2001, 45-64 betlar.
4.O’zbekiston Respublikasi Entsiklopediyasi Toshkent: “Sharq”-1997 yil, 328-329 betlar.
14-mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriqlari.
1... .. deb o’zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilarga aytiladi?
a)mehnat muomalasi
b)mehnat muhofazasi
v)mehnat resurslari
g)mehnat jamoasi
d)mehnat taqsimoti.
2.Mehnat resurslari qanday kishilar toifasini qamrab oladi?
a)mehnat bilan band bo’lgan kishilarni
b)mehnat bilan band bo’lmasa ham, mehnat qilishlari mumkin bo’lgan kishilarni
v)mehnatga qobiliyatsiz kishilarni
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a,b va v javoblari to’g’ri.
3.Hozirgi vaqtda “mehnatga layoqatli yosh”ning quyi chegarasi necha yosh hisoblanadi?
a)16 yosh
b)17 yosh
v)18 yosh
g)19 yosh
d)20 yosh.
4.Mehnatga layoqatli yoshning yuqori chegarasi erkaklar uchun necha yosh hisoblanadi?
a)58 yosh
b)59 yosh
v)60 yosh
g)61 yosh
d)62 yosh.
5.Mehnatga layoqatli yoshning yuqori chegarasi ayollar uchun necha yosh hisoblanadi?
a)50 yosh
b)51 yosh
v)52 yosh
g)53 yosh
d)54 yosh.
6. “Iqtisodiy jihatdan faol aholi”ga kimlar kiradi?
a)mehnat bilan band bo’lgan aholi
b)ish qidirayotgan ishsizlar
v)I va II guruh nogironlari
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a, b va v javoblari to’g’ri.
7.“Fuqarolik jihatidan iqtisodiy faol aholi”ga kimlar kiritilmaydi?
a) I va II guruh nogironlari
b)harbiy xizmatchilar
v)ishsizlar
g)mehnat bilan band bo’lgan aholi
d)ishlayotgan nafaqaxo’rlar.
8. .. .. .. deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi turishi tushuniladi?
a)mehnat resurslaridan foydalanish
b)mehnat resurslarini shakllantirish
v)mehnat resurslarini taqsimlash
g)mehnatni sarf qilish samaradorligi
d)mehnat resurslari bilan ta’minlash.
9.Mehnat resurslarini nechta yirik yosh guruhlari bo’yicha bo’lish mumkin?
a)ikkita
b)uchta
v)to’rtta
g)beshta
d)oltita.
10. .. .. .. deganda iqtisodiyotning resurslaridan biri bo’lgan mehnat resurslarini ta’riflovchi ikki yo’nalish tushuniladi.
a)foydalanish
b)taqsimlash
v)baholash
g)ma’lumot to’plash
d)shakllantirish.
11. .. .. .. deganda resurslarning xalq xo’jaligida ishlaydigan va ishlamaydigan qismlari tushuniladi.
a)mehnat bilan bandlik
b)mehnat resurslarini shakllantirish
v)mehnat resurslarini taqsimlash
g)mehnat resurslaridan foydalanish
d)mehnatni sarf qilish samaradorligi.
12.Mehnat bilan bandlarni “iqtisodiy faoliyat turalir bo’yicha” nimalarga ajratiladi?
a)yollanma xodimlar
b)ish beruvchilar
v)o’z hisobidan ishlamaydigan shaxslar
g)oilaning yordam a’zolari
d)barcha javoblar to’g’ri.
13.Korxona rahbari yoki ayrim shaxs bilan mehnat shartnomasini tuzgan fuqarolar kimlar deb ataladi?
a)ish beruvchilar
b)ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari
v)oilaning yordam beruvchi a’zolari
g)yollanma xodimlar
d)o’z hisobidan ishlaydigan shaxslar.
14.Doimiy asosda yollanma xodimlarni yollamaydigan fuqarolar kimlar deb ataladi?
a)yollanma xodimlar
b)ish beruvchilar
v)o’z hisobidan ishlaydigan shaxslar
g)ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari
d)oilaning yordam beruvchi a’zolari.
15.Kooperativlarning faol ishlovchi a’zolari hisoblanadigan shaxslar kimlar deb ataladi?
a)yollanma xodimlar
b)ish beruvchilar
v)o’z hisobidan ishlaydigan shaxslar
g)ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari
d)oilaning yordam beruvchi a’zolari.
16.Mustaqil ish olib boradigan va bitta yoki bir nechta shaxsni ishlash uchun doimiy yollab turadigan xodimlar kimlar deb ataladi?
a)yollanma xodimlar
b)ish beruvchilar
v)o’z hisobidan ishlamaydigan shaxslar
g)ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari
d)oilaning yordam beruvchi a’zolari.
17.Mehnat resurslarini taqsimlashning yana qanday turlari mavjud?
a)jinsi bo’yicha
b)yoshi bo’yicha
v)ma’lumot darajasi bo’yicha
g)sog’lig’i bo’yicha
d)barcha javoblar to’g’ri.
18.Xodimlarning malaka darajasi ko’p jihatdan nimalarga bog’liq?
a)yoshiga
b)ish stajiga
v)ma’lumotiga
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a,b va v javoblari to’g’ri.
19.Mehnat bilan bandlarni iqtisodiyfaoliyat turlari bo’yicha necha guruhga taqsimlanadi?
a)ikkita
b)uchta
v)to’rtta
g)beshta
d)oltita.
20.O’zining mazmuniga ko’ra, qaysi tushuncha kengroq hisoblanadi?
a)mehnat resurslari
b)iqtisodiy jihatdan faol aholi
v)mehnat bilan band aholi
g)fuqarolik jihatidan iqtisodiy faol aholi
d)ishsizlar.
21.Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun nimalarni ko’rib chiqish lozim?
a)mehnat resurslarining uchta yirik yosh guruhlari bo’yicha
b)har bir guruh aholi soniga, uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni
v)mehnat resurslari va aholining o’zgarishdagi tabiiy va mexanik o’zgarishdagi umumiy va o’ziga xos tomonlarini
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a,b va v javoblari to’g’ri.
22.Mehnat resurslarining yirik yosh guruhlarga kimlarni kiritish mumkin?
a)mehnatga layoqatli kishilarni
b)mehnatga layoqatli kishilardan yoshroqlarni
v)mehnatli layoqatli kishilardan kataroqlarni
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a,b va v javoblari to’g’ri.
23.Ishlaydigan aholi qaysi sohalar bo’yicha qarabchiqiladi?
a)aqliy va jismoniy mehnat bo’yicha
b)mehnat rejimi bo’yicha
v)sotsial-iqtisodiy sohalar bo’yicha
g)a va b jvoblari to’g’ri
d)a, b va v javoblari to’g’ri.
24.Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlil qilishning qanday vazifalari mavjud?
a)korxona va uning tarkibiy bo’linmalarining toifalar va kasblar bo’yicha mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini o’rganish va unga baho berish
b)kadrlar ko’nimsizligi ko’rsatkichlarini aniqlash va o’rganish
v)mehnat resurslari zahiralarini aniqlash va ulardan to’laroq foydalanish
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a, b va v javoblari to’g’ri
25.Mehnat resurslarini taqsimlash deganda resurslarning xalq xo’jaligida qanday qismlari tushuniladi?
a)ishlaydigan va ishlamaydigan
b)asosiy va qo’shimcha
v)ichki va tashqi
g)gorizontal va vertikal
d)yakka va guruhiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |