Kerakli jixozlar: O’yin va o’yinchoqlar, milliy markaz, tasviriy faoliyat burchagi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: bolalar sizlarga topishmoqlar aytaman. Qani topingchi? Chorrahada uch chiroq, xizmat qilar hammaga. Bir-bir yonib, bir o’char, ish qolmas muammoga.
Bolalar javobi: svetafor
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar bugun sizlar bilan yo’l harakati qoidalari, chorrahadagi svetafor haqida suhbatlashamiz. (bolalarning mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash uchun tarbiyachi savol-javoblar o’tkazadi).
Tarbiyachi: 1. Ko’cha yo’l harakati qoidalarini bilasizmi? 2. Katta asphalt yo’llarda nimalar yuradi? 3. Yo’l harakati qoidalarini kim tartibga soladi? 4. Svetaforning nechta chirog’i bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |