Kerakli jixozlar:
Mavzuga oid rasimlar, qog’oz, rangli qalamlar. Transport vositalarining rasimlari va o’yinchoqlari.
Markazlar: «Avtomobil turargohi», «Tasviriy faoliyat» va «O’yin va o’yinchoqlar».
Faoliyatning borishi: Bolalar stol atrofida o’tirib oladilar.
Tarbiyachi: Assalomu-alaykum, bolajonlar. Hammangizni mashg’ulotga tayyorlanib o’tirib olamiz. O’ng tamonga qaraymiz, chap tomonga qaraymiz. Hammamiz xursand bo’lib mashg’ulotni boshlaymiz. Bolajonlar bugungi mashg’ulotimizda sizlar bilan havo, suv, yer ustki transport vositalari haqida suhbatlashamiz. Hozir men sizlarga topishmoq aytaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |