Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar ham she’r bilasizlarmi?
1-bola: Chaman-chaman paxtazor.
Sendan baxtin topdi.
Mehnat qilib paxtakor.
2-bola:
Men O’zbekni old kuchi,
Faxriman, g’ururiman.
Yurtning noni, kiyimi,
Boyligiman nuriman.
Tarbiyachi: Barakalla, bolalar dalalarda paxta yetishtiradigan mehnatkashlarimiznipaxtakor deb ataymiz, Ular erta bahorda chigit ekib, yoz faslida g’o’zaga ishlov berib, yozning oxiridan kech kuzgacha mehnatlari mahsuli bo’lgan paxtani qo’lda va mashina yordamida terib olishadi. Bolajonlar paxtani bejiz «Oq oltin» deb atashmaydi, u koni foyda. Kundalik ehtiyojimiz uchun zarur paxta momig’idan ip, mato, matolardan kiyim-kechak, ko’rpa-to’shak tayyorlanadi. Chigitdanesa is’temol uchun paxta yog’i olinadi. Bularning barchasi ehtiyojlarimiz uchun ishlatiladi. Barchangiz tushundinglarmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |