Menejment ob’ekti va sub’ekti
Menejment ob’ekti haqida so’z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so’zining lug’aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo’ladi. SHu ma’noda ob’ekt - bu:
- bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
- kishi-faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;
- xo’jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va b.
Demak, ob’ekt tushunchasi mikro voqeilikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo’lgan ma’noni o’z ichiga oladi. Masalan, "haydovchi o’z mashinasini boshqara olmaganligi sababli u yo’ldan chiqib ketgan". Bu erda boshqaruv ob’ekti bo’lib mashina hisoblanadi.
YOki, "U kishi o’zini juda yaxshi boshqara oladi". Bu erda boshqaruv ob’ekti bo’lib kishi, shaxs hisoblanadi. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub’ekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar-boshqaruvchilar bo’lib hisoblanadi.
SHu nuqtai nazardan ob’ekt va sub’ektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1-jadval).
Менежмент объекти –ишлаб чиқариш жараёнлари элементлари мажмуаси тушунилади.
Масалан:
техник элементлар-техника,ишлаб чиқариш технологияси.
иқтисодий элементлар-режалар,молия,моддий рағбатлантириш.
ижтимоий элементлар-ходимлар ва улар ўртасидаги муносабатлар.
Менежмент субъекти - бу ишлаб чиқариш савиясидаги мажбурият ва хуқуқларга эга мунтазам, вазифавий бошқарувчилардир.Менежментда субъект қўйилган мақсадга эришиш учун қарорлар қабул қилиш ва уларни амалга ошириш каби масъулиятни олади.
1-jadval. Menejment ob’ekti va sub’ekti
|
Menejment
|
№
|
Ob’ekti (boshqariluvchi hodisa, voqelik)
|
Sub’ekti (boshqaruv organi, rahbarlik)
|
1
|
2
|
3
|
1. Makrodarajada
|
1
|
Mamlakat (respublika)
|
- qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)
- Ijro etuvchi hokimiyat (O’zR Vazirlar Mahkamasi)
- Sud hokimiyati
|
2
3
|
Viloyat
Tuman (shahar)
|
- QQR Jokargi kengashi va viloyat deputatlari
- QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari
- QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari
- Tuman (shahar) xalq deputatlari
- Tuman (shahar)lar hokimliklari
- Tuman (shahar) sudlari
|
2. Megodarajada
|
4
5
|
Kontsern (ko’p tarmoqli korporatsiya)
Sektor (tarmoq)
|
- Qo’mitalar va ularning raislar
Vazirliklar va vazirlar
|
3. Mikrodaraja
|
6
7
8
9
10
|
Korxona (firma), korporatsiya
Xodimlar
Ishlab chiqarish
Samaradorlik
O’z-o’zini boshqarish
|
- Jamoa kengashi va raislar, prezident
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
- Fuqarolar yig’ini, rais (oqsoqol)lar
|
Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi sub’ekt tizimlaridan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |