2.5. “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati
XX asrning 60-80-yillarida g’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlandi. G’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida:
tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishdi;
yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishdi;
bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta’sirini o’rganishdi.
Bu maktab namoyandalari (amerikalik CH. Barnard, G. Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to’rt yondoshuvni asoslab beradi:
5-jadval. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment
№
|
Boshqarishga yondoshuv turlari
|
Izoh
|
|
Tizimli yondoshuv
|
- Tizim-bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan qismlar majmuidir. har bir qism yaxlit tizimning o’zgarishiga o’z hissasini qo’shadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdi ri tashqi va ichki muhitga bog’liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e’tibor beriladi.
|
|
Vaziyatli yondoshuv
|
- Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topolsak-da, bu o’rinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol ko’ndalang turmaydi.
- YAxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.
|
|
Funktsional yondoshuv
|
- Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi. SHu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
- rejalashtirish; - tashkillashtirish;
- rahbarlik qilish; - muvofiqlashtirish;
- nazorat qilish va hk.
|
|
Miqdorli yondoshuv
|
- Bunday yondoshuvda asosan:
-menejmentning operatsion printsipiga;
-qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga;
-matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e’ti bor qaratiladi.
Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi.
|
Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo’llagan holda tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta’minlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |