1-jadval. Menejment ob’ekti va sub’ekti
|
Menejment
|
№
|
Ob’ekti (boshqariluvchi hodisa, voqelik)
|
Sub’ekti (boshqaruv organi, rahbarlik)
|
1
|
2
|
3
|
1. Makrodarajada
|
1
|
Mamlakat (respublika)
|
- qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)
- Ijro etuvchi hokimiyat (O’zR Vazirlar Mahkamasi)
- Sud hokimiyati
|
2
3
|
Viloyat
Tuman (shahar)
|
- QQR Jokargi kengashi va viloyat deputatlari
- QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari
- QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari
- Tuman (shahar) xalq deputatlari
- Tuman (shahar)lar hokimliklari
- Tuman (shahar) sudlari
|
2. Megodarajada
|
4
5
|
Kontsern (ko’p tarmoqli korporatsiya)
Sektor (tarmoq)
|
- Qo’mitalar va ularning raislar
Vazirliklar va vazirlar
|
3. Mikrodaraja
|
6
7
8
9
10
|
Korxona (firma), korporatsiya
Xodimlar
Ishlab chiqarish
Samaradorlik
O’z-o’zini boshqarish
|
- Jamoa kengashi va raislar, prezident
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
- Fuqarolar yig’ini, rais (oqsoqol)lar
|
SHunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi sub’ekt tizimlaridan tashkil topadi.
1.3. Menejment fani foydalanadigan usul (metod)lar
Menejment fani voqelikni bilishga bag’ishlangan umumfalsafiy usullarni qo’llaydi. eng avvalo, boshqaruvchi ob’ektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma’lumot (fakt)lar jamlab baholanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo’lishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi empirik bosqich hisoblanadi.
Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi (2-jadval).
2-jadval. Menejment fanining tahlil usullari
№
|
Tahlil usullari
|
Mazmuni
|
|
Sistemali yondoshuv
|
- Boshqariluvchi ob’ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo’lishi mumkin:
- sistemali-kompleks yondoshuv
- sistemali-funktsional yondoshuv
- sistemali-tarkibiy yondoshuv
- sistemali-kommunikatsion yondoshuv
|
|
Komples yondoshuv
|
-Boshqariluvchi ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan o’zaro bog’lanishda va aloqadorlikda qaraladi
|
|
Tarkibiy yondoshuv
|
-Boshqariluvchi ob’ekt tarkibiy qismlarga bo’lib o’rganiladi
|
|
Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv
|
-Boshqariluvchi ob’ektning konkret sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul uslubi qo’llaniladi
|
|
Integratsion yondoshuv
|
-Boshqariluvchi ob’ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks , tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo’llash yordamida boshqariladi
|
|
Modellashtirish usuli
|
- Boshqariluvchi ob’ektni boshqarish bo’yicha turli sxema, grafik va chizmalar, homaki materiallar tayyorlanadi
|
|
Iqtisodiy-matematik yondoshuv
|
- Optimal bozor qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo’llash
|
|
Kuzatish usuli
|
- Boshqariluvchi ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to’plash usuli
|
|
Eks periment (tajriba) usuli
|
- Boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob’ektga nisbatan namunaviy tajribadan o’tgan usullarni qo’llash
|
|
Sotsiologik kuzatuv usuli
|
- Boshqarish maqsadida turli anketali so’rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o’tkazish
|
Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog’liqlikda foydalanishni taqozo etadi.
Menejment fani boshqarish to’g’risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog’liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo’llab, har bir xodimga va jamoaga ta’sir ko’rsatishga asoslanadi. Menejment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog’liqdir.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o’rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog’langandir.
Nazorat savollari
1.Menejment nima?
2.Menejment fani nimani o’rgatadi?
3.Menejment ob’ekti va sub’ekti deganda nimani tushunasiz?
4.Menejment fani qanday usul (metod)lardan foydalanadi?
5.Menejment fani qanday fanlar bilan aloqador?
6.Boshqarish ta’limotidagi to’rtta yo’nalish (maktab) to’g’risida nimalar deya olasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |