1-Mavzu: Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisоbdоr shахslаr bilаn hisоb kitоblаr. Reja


Тaqsimlanmagan foyda va dividendlar hisobi. Тaqsimlanmagan foyda



Download 158,1 Kb.
bet35/57
Sana22.07.2022
Hajmi158,1 Kb.
#835765
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
Bog'liq
1 Mavzu Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisо

6. Тaqsimlanmagan foyda va dividendlar hisobi. Тaqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtig’rida qoladigan sof foyda (foydaning bir qismi)dir. Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga olishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi:
8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» hisobvaraG’ida korxona faoliyatining butun hisobot yilidagi taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olib boriladi.
8720-«JamG’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» hisobvaraG’ida korxonaning butun faoliyati davomidagi zarar, dividendlar bo’yicha to’lovlar hamda ustav kapitaliga qayta investitsiyalangan foydani chegirgan holda sof foyda summasini ifodalovchi jamlangan foyda hisobga olib boriladi.
Hisobot davridagi sof foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi va u quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)».
Bizga ma’lumki, korxona sof foydasidan aksiyadorlarga dividend to’lanadi. Korxonada dividendlar hisobi va ta’sischilar oldidagi boshqa majburiyatlarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish ko’zda tutilgan:
6610-«Тo’lov uchun dividendlar» hisobvaraG’i;
6620-«Chiqib ketag’tgan muassislardan ularning ulushlari bo’yicha qarzlar» hisobvaraG’i.
Bu hisobvaraqlar passiv hisoblanadi va ular bo’yicha saldo faqat kredit tomonda bo’ladi. Ushbu hisobvaraqlar krediti bo’yicha oborotlar hisoblangan dividendlarni g’ki chiqib ketag’tgan muassislarning ulushiga doir majburiyatlarni, debeti bo’yicha oborotlar esa dividendlar to’lovi hamda muassislar oldidagi qarzlarning so’ndirilishini ifodalaydi.
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»
K-t 6610-«Тo’lov uchun dividendlar».
Dividendlardan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliq to’lov manbaida bo’ladi:
D-t 6610-«Тo’lov uchun dividendlar»
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar».
Soliq summasi byudjetga o’tkazilganida:
D-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schЄti».
Kassadan dividendlar to’langanida:
D-t 6610-«Тo’lov uchun dividendlar»
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablaG’lari».
Agarda muassis chiqib ketag’tgan bo’lsa, u holda jamiyatning muassislar oldidagi qarzlari quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 8310, 8320, 8330-Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraqlari
K-t 6620-«Chiqib ketag’tgan muassislardan ularning ulushlari bo’yicha qarzlar».
Тo’lov paytida:
D-t 6620-«Chiqib ketag’tgan muassislardan ularning ulushlari bo’yicha qarzlar»
K-t 5110, 5010-Pul mablaG’larini hisobga olish hisobvaraqlari.
Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda (zarar) summasi dividendlar hisoblanganidan so’ng 8720-«JamG’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» hisobvaraG’iga hisoblab o’tkaziladi.
Foyda olingan holatda:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»
K-t 8720-«JamG’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)».
Zarar ko’rilganda:
D-t 8720-«JamG’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)»
K-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)».
Aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanishi lozim bo’lgan majburiy to’lovlar va barcha soliqlar to’langandan keyin korxonada qoladigan foydaning bir qismi dividend hisoblanadi.
Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo’yicha hisoblanadi. Biroq AJlari har chorakda va yarim yilda bir marta, agar bu jamiyat ustavida taqiqlanmagan bo’lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash to’G’risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni to’lash sanasi AJ ustavida g’ki aksiyadorlar yiG’ilishi qarori bilan belgilanadi.
Korxona rahbariyati tomonidan dividendlarni to’lash e’lon qilinganidan so’ng, agar ular kelasi yil uchun to’lanadigan bo’lsa, joriy majburiyatlar sifatida hisobda aks ettiriladi. AJ quyidagi hollarda dividendlar to’lash to’G’risida qaror qabul qilishga haqli emas:

  • jamiyatning ustav kapitali to’liq to’languniga qadar;

  • agar dividendlarni to’lash paytida u bankrotlik belgilariga javob bersa g’ki jamiyatda dividendlarni to’lash natijasida bankrotlik alomatlari paydo bo’lsa;

  • agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va rezerv kapitali summalaridan kam bo’lsa.

Dividendlar, nafaqat, pul mablaG’lari, balki aksiyalar bilan ham to’lanishi mumkin.
Aksiyalar ko’rinishidagi dividendlar «kapitallashtirish»da taqsimlanmagan foyda sifatida ifodalanuvchi, aksiyadorlar uchun qo’shimcha aksiyalar chiqarishdir.
Misol. 500 so’mlik nominal qiymatdagi 10000 dona aksiyaga ega aksiyadorlik jamiyati amaldagidan 2% miqdorida aksiyalar ko’rinishidagi dividendlar to’lovi haqida e’lon qiladi. Ushbu davrda aksiyalarning bozor qiymati-550 so’m.
Dividendlar e’lon qilingan paytda AJ xususiy kapitalining tuzilishi quyidagicha bo’lgan:

  • nominal qiymati 500 so’mlik 10000 dona aksiya oddiy aksiyalar - 5000000 so’m;

  • emission daromad - 400000 so’m;

  • taqsimlanmagan foyda - 3000000 so’m;

Jami xususiy kapital - 8400000 so’m.
Qaror: dividendlar to’lash uchun yangi aksiyalar chiqarildi - 2% (10000 dona=200 dona).
Kichik miqdorda aksiyalar chiqarilganligi uchun ular bozor bahosida, ya’ni 550 so’mdan hisobga olinishi lozim.
Chiqarilgan aksiyalarning bozor qiymati – 550 so’m. (200=110000 so’m, shu jumladan, 100000 so’m-aksiyalarning nominal qiymati, 10000 so’m esa-emission daromad).
Ushbu muomalalarga quyidagicha buxgalteriya g’zuvi qilinadi:
Hisoblab g’zish paytida;
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»-110000 so’m
K-t 6610-«Тo’lov uchun dividendlar»-110000 so’m.
Aksiyalar bilan to’lash paytida:
D-t 6610-«Тo’lov uchun dividendlar»-110000 so’m
K-t 8310-«Oddiy aksiyalar»-100000 so’m
K-t 8410-«Emission daromad»-10000 so’m.
Dividendlar aksiyalar bilan to’langanidan keyin xususiy kapital quyidagi ko’rinishga ega bo’ldi:

  • nominal qiymati 500 so’mlik 10200 dona oddiy aksiya - 5100000 so’m;

  • emission daromad - 410000 so’m;

  • taqsimlanmagan foyda - 289000 so’m;

Jami xususiy kapital - 8400000 so’m.
Aksiyalar bilan dividendlar to’langanida AJning majburiyatlari g’ki aktivlarida o’zgarish yuz bermaydi, chunki dividendlar pul mablaG’lari ko’rinishida to’lanadigan holatdagi kabi korxona mablaG’lari taqsimlanmaydi. Ya’ni dividendlar aksiyalar bilan to’langanida xususiy kapital hajmi o’zgarmaydi, faqat uning tuzilmasi o’zgaradi. Bundan tashqari, aksiyalar ko’rinishida olingan dividendlar jismoniy shaxslarda soliqqa tortishdan ozod qilinadi.
Dividendlar, shuningdek, natura ko’rinishida ham berilishi mumkin.
Misol. 200 ming so’mlik summadagi dividendlarni tannarxi 160 ming so’mga teng bo’lgan tayg’r mahsulot bilan to’lashga qaror qilindi.
Aksiyadorlarga tayg’r mahsulot dividend sifatida berilganida ham QQS hisoblanadi. QQS to’lovchisi bo’lgan korxona esa mahsulot sotilishi bo’yicha oborotdan ham QQS hisoblashi kerak.
Dividendlar hisoblab g’zildi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»-200 ming so’m
K-t 6610-«Тo’lov uchun dividendlar»-200 ming so’m.
QQS bilan mahsulot sotilishi aks ettirilgan:
D-t 6610-«Тo’lov uchun dividendlar»-200 ming so’m
K-t 9010-«Тayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming so’m
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar»-33,4 ming so’m.
Тayyor mahsulot tannarxi hisobdan chiqarildi:
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming so’m
K-t 2810-«Ombordagi tayg’r mahsulot»-160 ming so’m.
Mazkur holatda ham 15%lik stavka bo’yicha dividenddan soliq hisoblanadi va aksiyadorlar bu summani korxona kassasiga to’laydilar.
Dividendlardan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliq to’lov manbaida bo’ladi:
D-t 6610-«Тo’lov uchun dividendlar»-30 ming so’m
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar»-30 ming so’m.
Aksiyadorlarga natura holida dividend berish natijasida moliyaviy natija aniqlandi:
D-t 9010-«Тayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming so’m
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-166,6 ming so’m
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-160 ming so’m
K-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming so’m.
9900-hisobvaraqdagi saldo ushbu tadbirdagi foyda (zarar)ni ko’rsatdi. Ushbu holatda 9900-hisobvaraq bo’yicha kredit saldosi korxona tomonidan bu tadbirda olingan 6,6 ming so’m summadagi foydani aks ettiradi va korxona bu summadan soliq to’lashi lozim.



Download 158,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish