Fanni o’qitishdan maqsad.
Shaxsni xar tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash
nixoyatda murakkab jaraѐn bo’lib, ushbu faoliyatga jamiyatning etuk kishilari jalb etilgan.
Mazkur xolat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni
nafaqadagi shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini xam belgilashda muxim axamiyatga ega
ekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar asosida o’qitish shakllarida foydalaniladigan o’qitish
qonuniyatlari, printsiplarini ijodiy qo’llash, ilmiy bilimga doir g’oyalar, nazariyalar,
kommunikatsiyalarni amaliyotga tadbik etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniksa,
qadimdan b uyuk allomalar vatani bo’lib kelgan O’zbekistonda ѐsh avlod tarbiyasi mutlaqo
o’zgacha ma’no kasb etishi shart. Talabalar pedagogik texnologiyalar va pedagogik
4
maxoratni, pedagogik texnika va madaniyati nazariyasini bilishi, xamda amaliyot bo’yicha
bilimli, etuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlash "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
maxorat" fanining asosiy maqsadlaridan biridir. Chunki, xozirgi zamon o’qituvchisi, avvalo
haѐtimizda ro’y beraѐtgan tub o’zgarishlarning asosiy mohiyatini anglashi va har
tomonlama yetuk, chuqur bilimg a ega bo’lgan mutaxassis, Vatani va xalqiga sodiq, kasbiy
maxorat va layoqatga ega bo’lgan shaxs bo’lishi zarur. Fanning vazifalari:
- ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va isloxotlarni insonparvarlik va
demokratik tamoyillarga moslab olib borish;
- ta’lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning
zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan xolda boyitib borishni ta’minlash;
- bo’lajak o’qituvchilarning ma’naviy-axloqiy jixatdan dunѐqarashini rivojlantirishda milliy
urf-odat va an’analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishning
tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta’lim va tarbiya jaraѐnini kelgusida o’qi tuvchilardan talab qiladigan darajada, sifatini
va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlash uchun normativ
xujjatlar, o’quv - uslubiy adabiyotlar, moddiy-texnika va axborot bazasi bilan boyitib borish;
- talabalarning yuksak kasbiy tayѐrgarlik darajasi, malakasi, bilimi, madaniy va ma’naviy-
axloqiy saviyasining sifatini zamon talablariga javob beradigan darajada oshirib borish;
- bo’lajak o’qituvchilarni kelajakda yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan pedagogik
faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini qo’tarishga o’rgatish"Pedagogik texnologiyalar va
pedagogik maxorat" fanini o’rganish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
talaba:
• Oliy ta’limda fanlarni o’qitish mazmuniga mos ravishda pedagogik tizimli
loyixalay olish;
• Oliy ta’limda qo’llaniladigan o’qitish shakllarini optimal darajada
tashkil etish, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini yangi g’oyalar bilan
boyitish;
• o’qitish shakllarida foydalaniladigan o’qitish qonuniyatlari, printsiplarini
ijodiy qo’llash, ilmiy bilishga doir g’oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni
amaliѐtga tatbi q etish;
• ѐshlarni mamlakatimizning mustaqillik g’oyalariga sadoqatli, vatanparvarlik
ruxida tarbiyalashga tayѐrgarligi, o’z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo’lgan
mexr muxabbatini uyg’ otish;
• ta’lim beradigan fanlar turkumini rivojlantirish istiqbollarini ochib
berishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni amalga oshira olishi;
• ta’lim beradigan fanlar turkumi bo’yicha pedagogik texnologiyalarga asoslangan
ma’ruza, nazariy va amaliy mashg’ulotlar xamda mustaqil ta’limning mazmuni
moxiyatini mukammal o’rganish;
• mamlakatimizda olib borilaѐtgan ijtimoiy -iqtisodiy isloxotlarning asl
moxiyatini chuqur anglab etish, ijtimoiy xaѐtda ro’y beraѐtgan o’zgarishlar va ularga
xolisona baho bera olish, bu borada to’g’ri, asosli ma’lumotlarni doimiy bilishi
xamda ѐsh avlod ongiga singdirishi;
• pedagogik va axborot texnologiyalari, o’quvchilar o’quv faoliyatini faollashtiruvchi
metodlarni qo’llashni o’rganishi, o’quv mashg’ulotlarida pedagogik va axborot
texnologiyalarini uyg’ unlashtirish malakasiga ega bo’lishi;
• ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalar haqidagi eng so’nggi
yangiliklardan va yutug’lardan muntazam xabardor bo’lib borishi;
5
Do'stlaringiz bilan baham: |