Ta'lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyillari quyidagilar:
1. Faollik tamoyili Inson ta'lim olishining haqiqiy, chinakam mohiyati o‘zining aqliy faoliyati natijasida bilimning yangi-yangi sir-asrorlarini mustaqil ravishda anglab olishidir. Talaba o‘z harakati bilan fanlarni yaxshiroq o‘rganadi va o'zlashtiradi. O‘quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, ularning o‘zlari fanga qiziqsin, uni bilishga harakat qilib, intilsin. Buning uchun o‘quvchi-talabalar darsga faol qatnashishi lozim.
2. Nazariya bilan amaliyotning bir-biri bilan bog‘liqligi Nazariy bilim doim kasb-hunar amaliyoti bilan bog‘lanishi lozim. Amaliy ta'lim ham o‘z navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bo‘lishi kerak.
3. Ko‘rgazmalilik. Bilimlarni iloji boricha ko‘rgazmali va real hayotga yaqin tarzda taqdim etish tilning tushunarliligini va ta'lim jarayonida audiovizual vositalardan foydalanishni, bevosita ish holatida va real obyektlarda o‘qitishni talab qiladi. Darslar ko‘rgazmali qurollar yordamida berilsa, o‘quvchilaming o‘zlashtirishlari osonlashadi.
4. Tushunarlilik. O‘quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo‘lishi kerakki, o‘quvchilar uni o‘zlaridagi bilimlar bilan bog‘lay olishsin va uni tushunishda qiynalmasin. Ya'ni o‘quv materialining mazmuni, shuningdek, o‘qituvchining tili va fikrlarini ifodalash usuli o‘quvchi-talabaning bilim saviyasiga mos kelishi lozim. Lekin bu iliniy terminlardan foydalanilmaydi, degani emas.
5. Namunalardan foydalanish. O‘quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim namunalarni tanlashga harakat qilish kerak. Yaxshi model, amali-yotdan olingan tipik misollar, turlicha mahsulotlar ham olingan natijaning sifati qanday bo‘lishini aniq ko‘rsatadi.
6. Ilmiylik. O‘quv materialining mazmuni haqiqiy va ilmiy jihatdan tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material qo‘llanilmasligi kerak.
7. Bilimlarni qo‘llash. Talabalar olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi kerak. Shuning uchun bu bilimlar qo‘llanilgan va amaliy vaziyatda sinalgan bo‘lishi zarur. Bunday amaliy vaziyatlar o‘qituvchi tomonidan yaratilishi lozim.
8. Natijalarni mustahkamlash tamoyili. O‘qishdagi muvaffaqiyatlar tan olinishi va baholanishi kerak. Bu o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida doimiy aloqa bo‘lishini talab qiladi. Natijalar esa maxsus «Baholash varaqalari» da qayd qilinishi kerak.
Didaktik tamoyillar o‘qituvchi faoliyatining yo'1-yo'rig‘i sifatida xizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik prinsipini qo‘llab- quvvatlaydi. Oliy o‘quv yurti o‘zining yuqori ilmiy saviyasi bilan o‘rta ta'limdan farqlanadi. Fanni o‘rganish fanda erishilgan zamonaviy yutuqlarni amaliyot bilan bog‘lash, dolzarb muammolarni aniqlash, ularning yechimini topishga yo‘naltirish bilan ajralib turadi. Oliy ta‘limning o‘ziga xosligi dars o‘tish metodlarini tanlashga ham ta'sir ko‘rsatadi. Olim I. T. Ogorodnikov o‘z tadqiqotlarida oliy maktabdagi o‘qitish metodlarining o‘ziga xosligi deganda, uning ilm o‘rganish metodlari bilan yaqinlashuvidir deb ta'riflaydi. S. I. Arxangelskiy esa oliy maktabdagi o‘qitish metodlari nafaqat dars berish usullari va uslublarini birlashtirish, balki bilishning o‘quv va ilmiy faoliyatga yo‘naltirilgan tizimi degan fikrni bildiradi. Shuning uchun ko‘proq talabalarni o‘ylashga undaydigan dars o‘tish metodlarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Umuman talaba o‘ylashga o‘rganmasa, olgan bilimlaridan foydalana olmaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotida insonning o‘ylashi, tahlil qilishi, taqqoslab, qaror chiqarishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki, har qanday sohada muvaffaqiyatli ish yuritish uchun tafakkur rivojlangan bo‘lishi zarur. O‘qitish uslubining pirovard maqsadi chuqur bilim berishgina bo‘lmay, yoshlarda mustaqil bilim olishga intilishni uyg‘otish, ularni tarbiyalash hamdir. Axborot turli-tuman shakllarda qabul qilinadi. Kimning axborotni turli tarzda qabul qilish qo‘lidan kelmasa, bu — uning uchun katta yo‘qotish bo‘ladi.
Agar o‘qituvchi talaba yoqtirmaydigan uslubda dars olib borsa, uning o‘qishdan ko‘ngli sovib, fan bilan shug‘ullangisi kelmay qolishi mumkin. Shuning uchun turli-tuman usullar bilan dars o‘tish, har bir o‘quvchi, talabaning darsga faol qatnashishiga omil bo‘ladi. Ularda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qiladi. Ta'lim metodlarini o‘qitish metodlari va o‘rganish metodlariga ajratish mumkin. o‘qitish metodlariga bilim berish usullari sifatida qaraladi. Bunda o‘qituvchi talabalarning bilish faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi, uning dunyoqarashini shakllanishiga yordam beradi. O‘rganish metodlari bilim, malaka, ko‘nikmalarni ijodiy egallashga yo‘naltiradi. Oliy maktabdagi ta'limning o‘ziga xos xususiyatlari o‘quv jarayonini tashkil etishda ham ko‘rinadi. O‘rta ta'limda o‘quv jarayoni asosan dars o‘tish shakllari: nazariy dars, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘uloti tarzida tashkil etilsa, oliy o‘quv yurtlarida esa o‘quv jarayoni dars mashg‘ulotlaridan tashqari davra suhbati, ilmiy konferensiya, amaliy seminarlar va boshqalarni ham keng qo‘llab tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |