O‘zgarmas tok generatorining elektromagnitaviy momenti.
Generatorning yakori aylantiruvchi moment M hosil kiluvchi biror dvigatel orqali xarkatga keltiriladi. Yakor chulg‘amining o‘tkazgichlari kutblarning magnitaviy maydonini kesib o‘tishi natijasida e.yu.k. induktsiyalanadi. Agar yakorning minutiga aylanishlari soni n bo‘lsauning chulg‘amlarida induktsiyalangan e.yu. k. ifodaga kura quyidagicha bo‘ladi:
E = C n Ф
Agar yakor chulg‘ami chutkalar orqali biror nagruzkaga ulansa, yakordagi tok quyidagicha bo‘ladi:
Iя =
Tok bilan kutblar magnitaviy maydonining ta’siri natijasida elektromagnitaviy moment hosil bo‘ladi:
Mэ =
Bu yerda - generatorning elektromagnitaviy quvvati. Generator elektromagnitaviy quvvatini e.yu.k.ning muvozanat tenglamasidan topish mumkin:
UIя = EIя Iя2 Rя yoki quvvat
P2 = Pэ – Pчул bundan Pэ = P2 + Pchul
Generator hosil kiladigan moment Me tormozlovchi moment bulib, u yakorning aylanish yo‘nalishiga teskari yunaladi. Shu sababli, yakorni aylantirish uchun birlamchi dvigatel tormozlovchi elektromagnitaviy momentni yenga oladigan aylantiruvchi moment M1 hosil qilishlozim. Momentlar muvozanatlashganda, ya’ni M1=Me bo‘lganda generator yakori o‘zgarmas chastota bilan aylanadi. Momentlar muvozanati buzilsa, yakorning aylanishlari soni o‘zgaradi. Agar biror sabab bilan birlamchi dvigatel momenti M1 kamayib ketsa, unda generator yakorining aylanishlari soni ham kamayadi. Natijada yakordagi tok hamda undagi e.yu.k..ham kamayib, uz navbatida yakor tormozlovchi elektormagnitaviy momentni kamaytiradi. Birlamchi dvigatel momenti oshganda esa (M1>Me ) yakor aylanishlari soni hamda uning chulg‘amidagi e.yu.k. va tok kuchi oshib, tormozlovchi elektromagnitaviy momentni oshirib yuboradi.
Demak, momentlar muvozanati buzilganda yakorning aylanishlari soni, uning chulg‘amidagi e.yu.k. va tok o‘zga ra boshlaydi va bu o‘zga rishlar momentlar muvozanati tiklanmaguncha, ya’ni generatorning elektromagnitaviy momenti birlamchi dvigatel momentiga tenglashmaguncha davom etadi. Yakorning burchak tezligi:
=
Elektromagnitaviy quvvat Pэ = EIя bunda
E = nФ
demak, generatorning elektromagnitaviy momenti quyidagicha bo‘ladi:
М э = Ф Iя
bu yerda - birlamchi generator uchun o‘zgarmas kattalik bulib, uni K bilan belgilasak,o‘zgarmas tok generatorining elektromagnitviy momenti quyidagicha bo‘ladi:
М э= KФ Iя
Demak, generatorning elektromagnitaviy momenti kutblarning magnitaviy maydon oqimi bilan yakordan utadigan tokning ko‘p aytmasiga tugri proportsional ekan.
Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalarga qaraganda hech shubhasiz katta afzalliklarga ega. Uni simlar orqali deyarli energiya isrof qilmasdan uzoq masofalarga uzatish mumkin, iste’molchilar o‘rtasida taqsimlash qulay. Eng muhimi, bu engergiyani oddiygina qurilmalar yordamida energiyaning boshqa turlariga: mexanik energiyaga, ichki energiyaga (jismlarning isishi), yorug‘lik energiyasiga va shu kabi energiyalarga aylantirish mumkin.
O‘zgaruvchan tokning o‘zgarmas tokka nisbatan shunday afzalligi borki, uning kuchi va kuchlanishini deyarli energiya yo‘qotmasdan juda keng chegaralarda o‘zgartirish (transformatsiyalash) mumkin. Ko‘pgina elektrotexnik va radiotexnik qurilmalar uchun o‘zgaruvchan tokni ana shunday o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Lekin elektr energiyasini uzoqqa uzatishda kuchlanish va tokni transformatsiyalash ayniqsa zarurdir.
Elektr tokini generatorlar ishlab chiqaradi. Generator biror turdagi energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmadir.
Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tokning elektromexanik induksion generatorlari eng muhim o‘rin tutadi. Bu generatorlarda mexanik energiya elektr energiyasiga aylantiriladi. Ularning ishlash prinsiplari elektromagnit induksiyasiga asoslangan. Bunday generatorlarning tuzilishi uncha murakkab emas. Shu bilan birga ular yetarli darajada yuqori kuchlanishda kuchli tok hosil qilish imkonini beradi.
Elektr ta’minoti sistemasiga energiya manbalari, kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi podstansiyalar, elektr uzatish va taqsimlash liniyalari, elektr tarmoqlari va boshqa yordamchi qurilmalar kiradi.
Elektr energiyasini asosan, elektr stansiyalarida o‘rnatilgan uch fazali generatorlar ishlab chiqaradi.
Texnikada va amaliyotda o‘zgaruvchan tok ko‘p ishlatiladi, chunki o‘zgaruvchan tokni ishlab chiqarish va ishlatish qulay. Kengroq ma’noda aytganda, yo‘nalishi va miqdori jihatidan o‘zgaradigan har qanday tok o‘zgaruvchan tok deb ataladi. Ammo elektrotexnikada, ko‘pincha, davriy o‘zaruvchi toklar o‘zgaruvchan tok deb ataladi. O‘zgaruvchan tok, ya’ni davriy deb ataladi, chunki vaqt o‘tishi bilan tokning o‘zgarishi takrorlanadi. Tokning o‘tish vaqti o‘zgaruvchan tokni davri deyiladi. Ular ichida eng oddiysi va qulayi sinusoidal toklardir. O‘zgaruvchan tok, ya’ni sinusoidal deb ataladi, chunki tokning o‘zgarishi vaqtga nisbatan sinus qonuniga muvofiq ro‘y beradi
Nazorat savollari?
O‘zgarmas tok mashinalarining tuzilishi va ishlash printsipi haqida ma’lumot bering?
O‘zgarmas tok generatorining elektromagnitaviy momenti haqida ma’lumot bering?
9-Mavzu
Do'stlaringiz bilan baham: |