Hozirgi kunda universitetimizda, jumladan, Informatika va informasion texnologiyalar fakulteti Matematik modellashtirish kafedrasida professional matematik paketlardan
foydalanib bakalavr malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertasiyalari tayyorlanmoqda. Talabalarga Maple va Mathcaddan foydalanishni o’rgatish maqsadida maxsus kurslar o’qitilmoqda. Bundan tashqari, kafedradagi asosiy o’quv predmetlari va maxsus kurslarni o’qitishni tashkil etishda professional matematik paketlardan unumli foydalanishga harakat qilinmoqda.