1-mavzu. MATEMATIK TIZIMLAR FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
R e j a
O'quv fanning dolzarbligi;
O'quv fanining maqsadi va vazifasi;
Matematik tizimlar.
Tayanch iboralar: matematik tizimlar, matematik paketlar, mathcad, maple,
амалий воситалар пакетлари (АВП), mathematica,matlab.
Savolning bayoni. O’zbekiston Respublikasining taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin egallashi va ijtimoiy-iqtisoliy rivojlanishi 2018 yilda iktisodiy islohatlarni chuqurlapggirnsh uchun fuqarolarning, ayniqsa ziyolilarniig ma’naviy salohiyati, iqtisodiy o’zgarishlarini to’g’ri talqin qilishlari va bu jarayonlarni boshqara olishlari hamda XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob bora olishlari uchun o’quv maskanlarida sifatli kadrlarni etkazib berish masalasi dolzarb hisoblanadi.
Matematik tizimlar o’quv predmeti “Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo’nalishlari malaka talablariga mos bilim va ko’nikmalarni hosil qilishni ta’minlaydi, dunyoqarash va tizimli fikrlashni shakllantirishga ko’maklashadi va shu sohadagi bakalavrlarga kompyuterli matematik tizimlari bilan ishlashni o’rgatadi.
Bu fan ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan bo’lib, 2-kursda o’qitiladi va Matematik analiz, Algebra, Differentsial tenglamalar, Matematik fizika tenglamalari, Hisoblash usullari, Axborot texnologiyalari va Dasturlash asoslari kabi fanlar bilan bog’langan bo’lib, ularning natijalaridan keng foydalaniladi.
Savolning bayoni. Fanni o’qitishiing maqsadi - talabalarga matematik analiz, algebra, differentsial tenglamalar, matematik fizika tenglamalari, hisoblash usullari, matematik modellashtirish masalalarini kompyuter yordamida echiish o’rgatishdan iborat.
Fanni o’qitishning vazifasi - olingan nazariy bilimlar yordamida muayan masalalarni echishga o’rgatishdan iborat.
Fanni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- olingan bilim va ko’nikmalar natijasida mutaxassislik sohasiga
tegishli masalalarni echishda MathCAD va Maple kabi matematik paketlardan foydalanish bo’yicha tegishli bilimlarga ega bo’lishlari kerak.
- yangi informatsion texnologiyalarga suyangan holda zamonaviy dasturiy ta’minotdan samarali foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- kompyuter tarmoqlarida jumladan, Internet muhitidan foydalanish, Windows multimedia imkoniyatlaridan xabardor bo’lish, kompyuter grafikasi va ma’lumotlarni kompyuterga kiritishning avtomatik vositalari, tabiatdagi jarayonlarning matematik modellari va ularni matematik paketlar yordamida echish malakalariga ega bo’lishi kerak.
3- Savolning bayoni .
Yaqin kungacha foydalanuvchi o’zining matematik masalasini echish uchun nafaqat matematikani bilishi balki kompyuterda ishlashni, kamida bitta dasturlash tilini bilishi va murakkab hisoblash usullarini o’zlashtirgan bo’lishi kerak bo’lar edi. Hozirda esa dasturlashni bila olmaydigan yoki xohlamaydiganlar uchun tayyor ilmiy dasturlar majmualari, elektron qo’llanmalar va tipik hisob-kitoblarni bajarishga mo’ljallangan dasturiy vositalar bo’lgan – amaliy vositalar paketlari (AVP) mavjud.
Bu paketlar foydalanuvchi uchun kerakli bo’lgan barcha ishni yoki ishning asosiy kerakli qismini bajarish imkonini beradi: muammoni tadqiq qilish (analitik shaklida ham); ma’lumotlarning tahlili; echim mavjudligini tekshirish; madellashtirish; optimallash; grafiklarni qurish; natijalarni hujjatlashtirish va shakillantirish; taqdimotlarni yaratish.
Mashina matematikasini AVP yordamida o’rganish foydalanuvchida matematikaning o’zini o’rganish illyuziyasini yaratadi. Ammo shuni aytish joizki mazkur paketlarda yaratilgan har qanday chiroyli menyu foydalanuvchini oddiy matematik tushunchalardan va usullardan uni ozod qila olmaydi. Xususan, agar foydalanuvchi matritsa nimaligini bilmasa, u holda matritsa algebrasi dasturiy paketi unga hech qanday yordam bera olmaydi, yoki foydalanuvchi noaniq bo’lmagan integralni sonli usullar yordamida hisoblashga uringanda, u haqiqatdan ancha yiroq bo’lgan javobni olishi yoki javobni umuman ololmasligi ham mumkin. Ixtiyoriy keng imkoniyatlarga ega paket universal yondashishga bog’lik. Matematik paketlarni ishlatishda mutaxassis undan ongli foydalanib chegirmalar qilishi mumkin: paketni uning muammosiga rostlashi, dasturni modifikatsiyalash, yangilash, hisoblash vaqtini tejash va h.k.
Hozirgi kunda kampyuter algebrasining nisbatan imkoniyatli paketlari bu – Mathematica (Matematika), Maple (Myepl), Matlab, MathCAD, Derive (Dirayf) va Scientific WorkPlace (Sayntifik Vorkplyes). Bulardan birinchi ikkitasi professional matematiklar uchun mo’ljallangan bo’lib imkoniyatlarning boyligi, ishlatishda murakkabligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |