1 Mavzu Marketingning ijtimoiy iqtisodiy asoslari. Marketingning funksiyalri, vazifalari va tamoyillari Reja


Mavzu: Marketing tadqiqotlari va axborotlari tizimi. Marketing tizimi va sohasi



Download 76,6 Kb.
bet4/9
Sana09.03.2022
Hajmi76,6 Kb.
#487378
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
marketing majmua kechkiga

2 Mavzu: Marketing tadqiqotlari va axborotlari tizimi. Marketing tizimi va sohasi.
Reja:
1.Axborot – marketingning poydevoridir. Axborot tizimi
2.Axborot turlari va ularni turkumlash
3. Axborotlarni to‘plash uslublari.
4.Marketing axborotlarining asosiy elementlari
Bozor nima, uning turlari, bozor mexanizmi qanday amal qiladi, talab, taklif nima, bozor muvozanati qay tarzda o‘rnatiladi – bu savollarga marketing nuqtayi nazaridan murojaat qilamiz. Marketing bo‘yicha mutaxassislar axborot bu bozorga zarurat va talablari umumiy bo‘lgan, ularni qondirish maqsadida ayirboshlashga tayyor mavjud va bo‘lajak xaridorlar to‘plami, deb tarif berishadi. Xaridorlarga ishlab chiqarish (tarmoq) vakillari o‘z tovarlarini ko‘proq foyda keltiradigan shartlarda sotishni maqsad qilib qo‘ygan birbirlari bilan raqobatlashuvchi sotuvchilar to‘plami qarama-qarshi turadi. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:
Marketing sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida axborot almashinuviga, to‘g‘ri va teskari aloqalardan foydalanishga asoslanadi. Ishlab chiqarish (sotuvchilar guruhi) Bozor (sotuvchilar guruhi) Kommunikatsiya Tovarlar Pullar
Axborot
AXBOROT (ingl. news) — taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar shaxs ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan voqea, hodisa, jarayonlar, dalil, bilim, tushunchalar va taqdimot kabi obyektlar haqidagi ma’lumotlardir. Shunday ekan, axborotdan foydalanish ko‘lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi. Marketingni boshqarish bozorni barcha tashkil etuvchilarni (qismlarini) (xaridorlar, ularning talabi, tovarlar, narxlar, raqobatchilar) tahlil qilishdan va baholashdan boshlanadi. Maqsad – olingan axborot asosida firmaning bozorda o‘zini qanday tutishi kerakligini ishlab chiqish. Axborotning bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon harakatlanishi marketing tadqiqotlari jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar va bozorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi marketing kommunikatsiyalarining turlicha – reklama, shaxsiy sotuv, «Public Relationss» kabi shakllarida davom etadi. Tijorat dunyosi – murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy tajribaga qanchalik beqiyos intuitsiyaga ega bo‘lmasin har qanday holatda ham unga dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar va xizmatlar bozori to‘g‘risida to‘liq va obyektiv axborot zarur bo‘ladi. Kim marketing axborotiga egalik qilsa, o‘sha bozorda muvaffaqiyatga erishadi. Uzoq vaqt va katta mablag‘ talab qiladigan menejerlar tomonidan yangi tovar ishlab chiqarish, uni bozorga olib chiqish, raqobatbardoshligini kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni odatda, ishonchli va o‘z vaqtida taqdim etilgan marketing axborotiga asoslanadi. Zamonaviy marketing axborotga tayanadi. Marketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, birinchi oqim-firma faoliyati natijalari to‘g‘risida axborot, ikkinchisi bozor va atrof-muhit to‘g‘risidagi axborot oqimidir. Marketing faoliyati ana shu ikki oqimga ta’sir ko‘rsatib, iste’molchilar talabini maksimal darajada qondirish va firmalar foydasini ta’minlashga qaratilgan. Bozor holati va dinamikasi to‘g‘risidagi tezkor axborotga bozor subyektlarining 85 foizi, bozorda yuzaga kelayotgan holatlar (raqobatchi kompaniyalar xatti-harakati, iste’molchilar talablarining o‘zgarishi, bo‘lajak xaridorlarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabati) to‘g‘risida esa 70 foizi ehtiyoj sezadilar. Tijoratchilarning 85 foizi fikriga ko‘ra marketing axborotlarini har hafta va o‘n kunda olish davriyligi eng maqbul hisoblanadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida marketing axboroti faoliyati bilan hududiy axborot-marketing markazlari, ekspertlar guruhlari, marketing bo‘limlari mutaxassislari shug‘ullanadilar.
Ushbu rasmda marketing aloqalari tizimidagi axborot oqimlari va omillarning o‘zaro ketma - ketligi va bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Marketing axboroti korxona uchun zarur, chunki u: - marketing muhitidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish imkonini beradi; - marketing strategiyasi va korxonaning umumiy strategiyasini moslashtirish imkonini beradi; - tijorat qarorlari qabul qilishdagi mavhumlik va risklarni kamaytiradi; - marketolog (bozorshunos) sezgirligini mustahkamlaydi; - raqobatda imtiyozlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi. Bozorning har qanday subyektiga bozorda yuzaga kelayotgan vaziyat to‘g‘risida aniq axborot zarur. Firma Bozor O‘tgan asrning 90-yillaridayoq Amerika axborot industriyasida 4 mingga yaqin ma’lumotlar banki mavjud bo‘lgan. Bunda marketing axborotini qayta ishlash bilan 1686 ta turli tashkilotlar shug‘ullangan. Tashkilotlarda bozor holati to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam yig‘ib borish marketing bo‘limining muhim vazifasi hisoblanadi. Marketing axboroti yig‘iladi, tahlil qilinadi va marketing axboroti tizimi doirasida taqsimlanadi. Marketing axborot tizimi (MAT) – marketing qarorlarini tayyorlash, qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborotlarni tayinlangan vaqtda tahlil qilish va taqsimlashga mo‘ljallangan xodimlar, uskuna va amallar jamlanmasidir. MAT marketing xizmati rahbarlari va mutaxassislari uchun zarur bo‘lgan ichki va tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar shaklini o‘zgartiradi. Ichki axborot mahsulotga buyurtmalar, sotuv hajmi, jo‘natilgan mahsulotlar, zaxiralar miqdori, jo‘natilgan mahsulot uchun amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tashqi manba ma’lumotlari joriy tashqi axborot (marketing razvedkasi) va marketing tadqiqotlari olib borish jarayonida olinadi. Axborotning to‘liqligi, haqqoniyligi, ishonchliligi, tizimliligi, o‘z vaqtida taqdim etilganligi va davriyligiga nafaqat yangi mahsulot taqdiri, balki ba’zan firmaning taqdiri ham bog‘liq bo‘ladi. Tashkilotlar atrofidagi o‘zgarishlarning tezligi oshib borayotgan sharoitda raqobatda o‘z ishini Bill Geyts “elektron asab tizimi” deb nomlagan eng yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil qilganlar yutib chiqadilar. Quyidagi so‘zlar unga tegishli: “Elektron asab tizimi” elektron jarayonlar majmuasidir. Uning yordamida kompaniya dunyoni ko‘radi va mos ravishda undagi o‘zgarishlarga javob qaytaradi, xoh u raqobatchilar qo‘rg‘onidagi yangi hodisa bo‘lsin, xoh mijozlarda yuzaga kelgan yangi talab bo‘lsin. “Elektron asab tizimi” ni yaratish uchun qurilmalar va dasturiy ta’minot talab qilinadi. Oddiy kompyuter tarmog‘idan uni aniqlik, tezkorlik va taklif qilinayotgan axborotning qamrov kengligi ajratib turadi. “Elektron asab tizimi” biznesni fikr tezligida yuritish imkonini beradi, bu esa XXI asrda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi”. Zamonaviy iqtisodiyotda marketing tadqiqotlarining roli katta. Ularga qilinayotgan xarajatlar o‘sib bormoqda va bu xarajalar o‘zini oqlamoqda. Rivojlangan mamlakatlarda sotilgan mahsulotning har ming dollariga 6 dollardan to‘g‘ri keladi.

Download 76,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish