1-MAVZU: “Marketing” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari. Мarketingni rivojlanish evolyusiyasi va konsepsiyasi. Marketing tamoyillari, vazifalari, funksiyalari va turlari
1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
2. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi.
3. Marketing elementlari tarkibi va marketing – miks tushunchasi.
4. Marketingning asosiy tamoyillari.
5. Marketing funksiyalari va uning faoliyati mazmuni.
6. Talabning holati va uning rivojlanishiga kura marketing turlari.
1.MARKETING TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI
Marketingning vujudga kelishi
Tadbirkorlik faoliyatida qarorqabulqilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bо‘lib marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhimahamiyat kasb etadi. “Ay-si-ay” konserni boshqaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingni о‘rnini tavisflab shunday deydi, ya’ni “Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafakat yoqilg‘i, balki kema komandasidir.”
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bо‘lishi, sotish shakllarini rivojlanishi hamda istemolchilarni tovar va xizmatlar bilanо‘zaroharakati bilan bog‘lanadi.
Marketing elementlarining paydo XVII asrning о‘rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bо‘ladi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.
1902 yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bо‘yicha ma’ruzalar о‘qitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.
1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yо‘naltirilgan xо‘jalik faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida kо‘rina boshladi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog‘liqdir, shu bois marketing sо‘zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing bu nafakat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yо‘nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bо‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini kо‘p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bо‘lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni “Marketing shunday jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g‘oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g‘oyalar, tovarlar va xizmat kо‘rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |