Marketing konsepsiyasi evolyusiyasi
Kо‘rsatib utilgan marketing konsepsiyalari xar bir mamlakat uchun starndart yoki norma yoki qoida sifatida kurilmasligi kerak. Marketing evolyusiyasi xar kaysi mamlakatda о‘zini xususiyatlari va bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga bog‘liqbо‘ladi. Birok marketingni paydo bо‘lishi bilan bog‘liqjahon tajribasi hamda bozor munosabatlarini rivojlanishi aniq mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbiq etish va bozor munosabatlarini shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali hisoblanadi. Bundan tashkari marketingni rivojlanishida mashxur umumiy tendensiya – e’tiborni tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning hohish va ehtiyojlariga qaratish talab etiladi.
Birinchi davr - marketing konsepsiyasi “ishlab chiqarish konsepsiyasi” - “mahsulot ustunligi” tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori - “imkoni boricha kо‘prok tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz”. Shunisi dikkatga sazovorki, bizning iqtisodiyotimiz xozirgi davrda hammadan kura ibtidoiy marketing kotsepsiyasiga yakin turadi.
Tovar konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar uxshash tovarlarni sifatlarini boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib kuradilar. Bu konsepsiyani kо‘pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar xam ushlab turadilar. Birok tovar konsepsiyasi muvaffakiyat keltiravermaydi.
Keyingi davr “sotish konsepsiyasi” nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini “mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing” shiori bilan sotishni mо‘ljallash birinchi о‘rin ga chikadi. Tovar va savdo marketinggi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish xali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yukori darajada foyda kulga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega bulgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benixoya katta edi.
50-yillarda boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish xajmi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqakо‘rsatgichlarni uzok muddatli о‘zgarishlarini aniqlash tahlil kilindi. Shunga kura bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish kuzda tutilgan.
Marketing rivoji tarixida 50-yillar muhimbosqich buldi. Ortikcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi kо‘rin ib koldi. Marketing - ishlab chiqarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga - “bozor ustunligi”ga mо‘ljal olish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi.
An’anaviy marketing konsepsiyasi 50-yillarning о‘rtalaridan boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firmaning fakat bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini xam belgilaydigan yetakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy boshqarish markazi, bozor, ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va moliyaviy faoliyati masalalari bо‘yicha axborotlar va tavsiyalar manbai bо‘lib koldi. Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor konyunkturasi holatihamdaо‘zgarishlarini batafsil tahlilqilish asosida u yoki bu tovarni ishlab chiqarish zarurati, istikboli va foydadorligi, ishlab chiqarish dasturlarini moddiy-texnika jihatlaridan ta’minlash imkoniyatlari tug‘risidagi masalalarni xal etadi.
Kuyida sotish va marketing konsepsiyasi berilgan.
Sotish (tijorat) konsepsiyasi
Marketing konsepsiyasi
1-chizma. Sotish va marketing konsepsiyasi.
60-yillarga kelib bozordagi о‘zgarishlarga qarab strategik rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va xal kilindi.
70-yillarga kelib, marketingning shunday konsepsiyasi ishlab chikildiki, u iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar xayotiga mustakil kirib bordi.
Mamlakat xо‘jalik subyektlari ichki faoliyatida yaxlit organizm tarzida va firma ichidagi rejalashtirishda ham markaziy о‘rin ni egalladi. Bu bozor iqtisodiyotiga qaratilgan strategik boshqarishning yangi shakli bо‘lib, u eng kо‘p foyda olish maqsadida tovarlarni uzluksiz ravishda ishlab chiqaruvchilar iste’molchiga xarajat kildiradigan, korxonani ishlab chiqarish va sotishni tahlilqilishkо‘p kamrovli tushunchadir.
Mahsulotlar kо‘rin ishi va texnologiyasi qisman uzgartirilgan holdakо‘plab ishlab chiqarishlar boshlandi. Raqobat kurashining asosiy shakli narx raqobatiga aylandi. Shuning uchun keyingi yillarda xarajatlarni kamaytirish, samarador texnologiyalarni joriy etish yо‘lida doimiy kurash olib borish muvaffakiyat garovi bо‘lib koldi.
Ijtimoiy axlokiy marketing konsepsiyasi- bu konsepsiya korxonaning vazifasi yakka shaxslarning talabini о‘rganish, tahlilqilish va bu talablarni samarali qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saklash va mustaxkamlashdan iborat deb qaraydi. Ijtimoiy-axlokiy marketing konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy resurslarning yetishmasligi, umumjahon inflyatsiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining garib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga tug‘ri kelishiga bildirilgan shubxalar avj olib turgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab yetdilar va natijada bozor marketinggi konsepsiyasi paydo buldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muhim ishga kul urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida xam uylay boshlaydilar. Ijtimoiy-axlokiy marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch omilni о‘zaro bogliglikda qarashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari.
Marketingni о‘zaro alokaviy konsepsiyasi. Marketingni о‘zaro alokaviy konsepsiyasining asosiy g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni katnashchilari о‘rtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi. Marketingni о‘zaro alokasi samarali kommunikatsiya, shaxsiy mulokotlar ahamiyatini oshiradi. Marketingni о‘zaro alokasi kommunikatsiyani kengrok jihatda – kompaniya bilan uning sheriklari о‘rtasidagi daromad olib keluvchi hohlaganо‘zaro alokasi sifatida kuradi.
Moliya (bank), savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol kullanish jarayoni utish davri iqtisodiyotining xususiyatlari bо‘libhisoblanadi.
Marketing evolyusiyasi marketing konsepsiyasini, shaklini va elementlarini о‘zgarishi bilan kuzatiladi. Kuyida marketing evolyusiyasini nazariy asoslari, uslublari, kullash sohalari bilan tanishib chikamiz (3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |