1-Mavzu: Ma’naviyat, uning jamiyat va inson kamolotidagi o‘rni. Reja


Fanning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari



Download 325,86 Kb.
bet2/43
Sana01.07.2022
Hajmi325,86 Kb.
#726397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
1-Mavzu Ma’naviyat, uning jamiyat va inson kamolotidagi o‘rni.

Fanning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari
«Ma’naviyatshunoslik»ning kategoriyalari falsafa, estetika, etika, dinshunoslik va boshqa fanlarning tushunchalari bilan ham uyg‘unlashib ketgan. Bu tabiiy hol. Zero ma’naviyatni ularning uyg‘unligisiz tassavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Uning kategoriyalariga inson, millat va jamiyat hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi tushunchalar kiradi: SHaxsning o‘z o‘zini anglashi maqomida: bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, hayrihohlik, iymonlilik, halollik, e’tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostgo‘ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, to‘g‘rilik va boshqalar. SHaxsning millat vakili sifati maqomida: milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy g‘urur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan ma’suliyatni, milliy manfaat ustivorligini his etish, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san’at, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, davlat tizimiga, qonunlarga hurmat va itoatkorlik, vazminlik, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish, mamlakat ichki va tashqi faoliyatidan habardor bo‘lish va uni qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida faollik va boshqalar bo‘lsa; shaxsning jamiyat vakili sifatidagi maqomida: mamlakatning jahondagi nufuzini oshirishdagi ma’sullik, jahon sivilizatsiyasi yutuqlarini egallash, jahon xalqlari oldida turgan umumbashariy muammolariga befarq bo‘lmaslik, milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligini anglash, insonning tabiatining bir bo‘lagi ekanligi, uni asrashda ma’sullik va boshqalar.
Ma’naviyat rivojlanishi ham ma’lum qonuniyatlarga tayanadi. Garchand bunday qonuniyatlar bir necha yo‘nalish va jarayonlarni o‘z ichiga olsa ham, ularni asosan ikki yirik guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruhga shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlar kiradi. Agar ichki salohiyat nochor bo‘lsa, shaxs barkamollik darajasiga, millatning o‘z bir butunligini saqlashga va ayni paytda jamiyatning yuksak taraqqiyot pog‘onasiga erishishiga salbiy ta’sir qiladi. YAna ham aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, ichki salohiyat tayanch va ob’ektiv zaruriyatdir. Ichki salohiyatning darajalari esa ob’ektiv va sub’ektiv omillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Uning rivojlanishi ularning uyg‘un holatda bo‘lishini taqazo etadi.
Ichki salohiyatning mustahkam bo‘lishi, tarixiy taraqqiyot bosqichi yoki shaxs shakllanish jarayoni qanday murakkab bo‘lmasin, bari-bir zaruriy sharoitlar yuzaga kelgan payitda shaxs ma’naviy kamoloti va millatning yuksalishini ta’minlashga xizmat qilaveradi.
Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida sodir bo‘ladigan «o‘zaro ta’sir» va «o‘zaro boyitish» orqali bo‘ladigan jarayonlar kiradi. YA’ni shaxs ma’naviy kamoloti onadan tug‘ilishi bilan yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek millat ham tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida boshqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida shakllanadi. Hech qachon shaxs, inson o‘zgalarsiz yashay olmaganidek, millat ham boshqa millatlar, xalqlar bilan aloqa munosabatlarsiz taraqqiy qila olmaydi, boz ustiga bugungi kunda dunyoda «sof» millat borligiga hech kim guvohlik yoki kafolat bera olmaydi. Jamiyat xuddi ana shu qonuniyat asosida rivojlanadi.
Ma’naviyat ana shu o‘zaro munosabatlar va «ta’sirlar» asosida rivojlanib boradi. Bu jarayonda bir tomon ikkinchisiga nimanidir «beradi» va nimanidir «qabul» qiladi. SHunday qilib, ma’naviyat rivojlanishida «ta’sir» va «aks ta’sir» qonuniyati mavjud bo‘lib, u ma’naviyatshunoslikning rivojlanib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ko‘rinib turibdiki «Ma’naviyatshunoslik»ning ham boshqa ijtimoiy – gumanitar fanlar kabi, o‘ziga xos kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari mavjud. Ularni o‘rganishni takomillashtirib borish yo‘li bilan ma’naviyatshunoslikning jamiyat taraqqiyoti va komil insonni tarbiyalashdagi imkoniyatlardan yana ham kengroq foydalanish mumkin bo‘ladi.

Download 325,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish