1-Mavzu: Ma’lumotlarni arxivlash



Download 4,77 Mb.
bet45/55
Sana07.01.2022
Hajmi4,77 Mb.
#327863
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
Axborot texnologiyalari 2013-2014

Nazorat savollari.

  1. Web-sayt deganda nimani tushunasiz?

  2. Web-sahifa deganda-chi?

  3. Web-sahifada formalar qanday joylashtiriadi?

  4. Web-sahifada formalar qanday bezatiladi?

  5. Web-sahifada forma qaysi teg yordamida beriladi?

23-Mavzu: Macromedia Flash texnologiyasi yordamida web-sahifa

yaratish va bezash.
Reja:
Macromedia Flash texnologiyasiga kirish.

Macromedia Flashda animatsiyalar yaratish.



Macromedia Flashda interaktivlik.
Tayanch iboralar: macromedia flash, animatsiya, swf, Netscape Communicator, gif, jpeg.
Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) vektor formatidagi garfikalardan foydalanishga asoslangan. SWF mualliflari tasvirlarni ifodalashni yuqori imkoniyatli taraflarini topa oldilar, grafika bilan ishlashni uskunaviy muhitini va natijalarni Web-sahifada aks yettirish mehanizmini ishlab chiqdilar. SWF ning qoshimcha afzalligi undan bir qancha dasturiy-aparat platformalarida foydalanish imkoniyatinig mavjudligidir (xususan, Makintosh kompyuterlarida, MacOS operatsion tizimida va Windows OS bilan ishlovchi IBM kompyuterlarida). SWF ning yana bir asosiy afzallik tomoni: tasvirlar asosida animatsiya yaratish bilan birgalikda unga interaktiv elementlarni va ovozlarni qoshish imkoniyatidir. Moslashuvchanlik va interaktiv multimedia dasturlarini yaratish mumkinligi Web dizaynerlar orasida SWF formatidagi dasturlarni ommaviylashishiga olib keldi. Shu sababli Micromedia firmasining SWF formati paydo bo`lishi bilan deyarli bir vaqtda ikki asosiy tarmoq brouzerlari (Internet Explorer va Netscape Communicator) uchun “Plug-In” komponenti yaratildi. Bu esa o`z navbatida SWF ni butun dunyo o`rgimchak to`rida yanada keng tarqalishiga olib keldi. Natijada bu ikki brouzer dasturcxilari o`z mahsulotlari yadrosiga SWF ni qo`llab-quvvatlovchi qo`shimcha dastur kiritishga ahd qildilar. Hozirgi vaqtda Micromedia firmasi SWF formatini yartuvchi dasturlarni yetarlicha qulay va sodda bo`lgan uskunalar va dasturiy vositalar bilan ta`minlashga yerishdi. Micromedia firmasi tomonidan ishlab chiqilgan ba`zi bir dasturiy vositalar: multimedia prezentasiyalarini yaratish uchun mo`ljallangan (Micromedia Director Shockwave Studio), grafik tasvirlarni tayyorlash uchun mo`ljallangan (Micromedia Freehand va Micromedia Fireworks), interaktiv o`quv kurslarini yaratish uchun mo`ljalangan (Authorware va Macromedia CourseBuilder). SWF ni ko`pcxilik qisqacha Flash deb yuritishga odatlangani sababli biz ham qulaylik uchun uni Flash deb yuritamiz. Demak Flash-texnologiya asosini quyidagilardan tashkil qiladi:

  • Vektorli grafika;

  • Bir necha ko`rinishdagi animatsiyalarni qollab-quvvatlash;

  • Interaktiv elementlar interfeysini yaratish imkoniyati;

  • Rastrli grafik formatdagi tasvirlarni import qilish imkoniyati;

  • Sinxron tovushlarni qo`yish imkoniyati;

  • Flash-filmlarni va Internetda ishlatiladigan ixtiyoriy grafik formatdagi tasvirlarni HTML formatiga eksport qilish;

  • Platforma yerkinligi;

  • Web-brouzerda Flash-filmlarni avtonom rejimda ko`rish imkoniyati;;

  • Flash filmlarni yaratishda ko`pgina imkoniyatga ega bo`lgan mukammal uskanviy va dasturiy vositalarning mavjudligi va hokazo.

Hozirgi vaqtda liderlik holatida turgan aksariyat Web-sahifalar rastrli grafikadan foydalangan holda yaratilgan. Rastrli formatdagi grafik tasvirlar quyidagilardir: GIF (Graphics Interchange Format – malumotlarni almashish uchun mo`ljallangan grafik format), JPEG (Join Photographic Experts Group –Tasvir bo`yicha yekspertlar guruhini qo`shish) va PNG (Portable Network Graphics – ko`chuvchan grafik format). Rastrli grafikadan foydalanilganda, tasvirlar nuqtalar (piksellar) yig`indisi bilan ifodalanadi. Bu nuqtalarning bir qanchasi bir-biri bilan hech qanday bog`lanmagan, bu nuqtalarning har biri rang va koordinata talab qiladi. Oddiy holatlarda, qachon ikki xil rangli (masalan, oq-qora rangli) tasvirlardan foydalanilganda har bir piksel razryadi 2 bo`lishi yetarli bo`ladi: 0q-qora, 1-oq. 256-rangli tasvirlarni ifodalsh uchun har bir piksel kamida 8-razryadni talab qiladi (256-28). Qiyinroq ifodalanuvchi fotografik rangli tasvirlarda har bir pikselning razryadi 24 yoki 32 gacha bo`lishi mumkin. Shu sababli rastrli tasvirlarda ranglar uyg`unligi va piksel razryadlarining soni ortishi fayl hajmini ham ortishiga olib keladi. Rastrli tasvirlarni yana bir kamcxiligi – tasvir (detallarning aniq va tiniq bo`lishi) sifati piksellar hajmiga va bu o`z navbatida monitorning ranglarga ruxsat berish chegarasiga bog`liqligidir. Shu sabali tasvir ba`zi monitorlarda yahshi aks yetsa, ba`zi birlarida sifatsiz holatda chiqishi mumkin. Rastrli tasvirlar hajmini o`zgartirish ham unchalik oson ish emas. Tasvir hajmini kattalashtirish uchun piksellar sonini ortirish kerak, kichraytirish uchun esa piksellar sonini kamaytirish kerak. Vektorli garafika – umuman boshqacha texnologiyagha asoslangan. Vektorli grafika – bu tasvirlarni rasmdagi joylaShuvini matematik formulalar bilan aniqlanadigan egri chiziqlar yig`indisi sifatida ifodalash usulidir. Misol uchun, har qanday aylanani ifodalsh uchun uch-to`rtta son yetarli, bular: radius, markaz koordinatalari va chiziq qalinligi. Shu sababli vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:

  • matematik formulalar bilan ifodalanuvchi vektor grafikli tasvirlar piksellar bilan ifodalanuvchi rastrli graifik tasvirlarga nisbatan kompyuter xotirasidan oz joy egallaydi;

  • tasvir (yoki uning alohida bir qismi) masshtabini uning sifatini yo`qotmagan holda o`zgartirish imkoniyatini chegaralanmaganligi;

  • vektorli tasvirni hech qanday qiyincxiliksiz bir platformadan boshqasiga ko`chirish (moslashtirish) imkoniyati;

Lekin, vektorli tasvirlarda ham ba`zi bir kamcxiliklar mavjud. Masalan, vektorli formatdagi fototasvirlarni yaratishni tasavvur qilish juda ham qiyin. Bu muammoni hal qilish uchun Flash mualliflari Shunday uskunalalrni ishlab chiqishdiki, bu uskunalardan foydalanib, Web-sahifalarga nafaqat vektorli tasvirlarni, balki, rastlri tasvirlarni ham import qilib olish mumkin.

Flash da animatsiya – huddi multfilmlardagi kabi, ob`yektlar xususiyatini o`zgartirish orqali amalga oshirish natijasida yaratiladi. Masalan, ob`yekt tasvirda yo`qolishi yoki paydo bo`ishi mumkin, uning tasvirdagi joylashish holati, Shakl i, hajmi, rangi va hokazolari o`zgarishi mumkin.

Flash da ob`yektlarni harakatlantirish uning uchta turli xil mehanizmi orqali amalga oshiriladi:


  • freymlarni ketma-ket qo`yish (“klassik”) animatsiya. Bunda muallif yaratilayotgan “multik”ni har bir freymini o`zi yaratib chiqadi yoki boshqa dasturlardan import qiladi va ularni ketma-ket ravishda joylashtirib chiqishi natijasida animatsiya hosil bo`ladi;

  • avtomatik tarzda hosil qilingan animatsiya (buni “tweened-animatsiya” deb yuritiladi). Bunda muallif multiplikatsiyaning faqat birinchi va oxirgi freymlarini yaratadi, oraliqda joylashgan freymlarni Flash o`zi generatsiya qiladi (yaratadi).

Tweened-animatsiya ikki xil bo`ladi: ob`yektning joylashish holatiga asoslangan animatsiya (motion animation) va ob`yekt Shakl ini o`zgarishi (Transformatsiya bo`lishi) ga asoslangan animatsiya (shape animation) ;

  • senariy asosida yuzaga keluvchi animatsiya. senariy ob`yekt bilan Flash ning dasturlash tili (ActionScript) orqali muomala qilish natijasida yuzaga keladi. Flash dasturlash tilining tuzilishi Web-dasturlashda qo`llaniladigan boshqa dasturlash tillariga o`xshab ketadi (Masalan, JavaScript yoki VBScript).

Yuqorida keltirilgan mehanizmlarning har birini o`ziga yarasha yutuq va kamchikiklarga ega. Xususan, Tweened-animatsiyaning e`tiborga molik tomonlari:

  • muallif har bir kalit (bosh va oxirgi ) freymni alohida-alohida yaratishi zarur;

  • bunday animatsiyalarni saqlashda Flash faqat birinchi va oxirgi freymlarni saqlaydi xolos, bu esa filmni hajmi kichkina bo`lishini ta`minlaydi.

Ammo, Tweened-animatsiya sodda ko`rinishga ega bo`lgan, ob`yekt xususiyatlari tengdan o`zgaradigan syujetlarni yaratish uchungina qulay xolos. Senariy (ActionScript) yordamida ancha murakkab ko`rinishga ega bo`lgan syujetlarni yaratish mumkin, lekin buning uchun ActionScript-tilini bilish talab etiladi. Flash yordamida animatsiyali Web-sahifa yaratish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishni istaganlar uchun Disney kompaniyasinig Web-sahifasiga (www.Disney.com) murojaat etishlarini tavsiya qilamiz. Flash – saytga bog`lanuvchilar klaviatura yoki sichqonchadan foydalanishlarini (masalan, filmning ixtiyoriy qismiga murojaat qilish, formaga ma`lumot qo`shish yoki biror ob`yekt qoshish va h. ) nazarda tutgan holda interaktiv filmlar yaratish inkoniyatini beradi. Interaktivlik – Flash-filmlarda kechadigan jarayonlar mos ravishda ActionScript da yozilgan buyruqlar ketma-ketligi (instruktsiyalari) asosida amalga oshiriladi. Ya`ni, harakat bajariladi, qachonki u bilan bog`liq biror jarayon amalga oshrilsa. Bunday jarayonlar, xususan, filmning aniqlangan biror freymiga o`tish yoki foydalanuvchi tomonidan sahifadagi biror tugmani bosishi, klaviatura yordamida murojaati bo`lishi mumkin.


Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish