1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari. Reja


Ota-onalarga bu boradagi tavsiyalar



Download 304,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana16.03.2022
Hajmi304,47 Kb.
#496430
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi. O‘z

Ota-onalarga bu boradagi tavsiyalar
:
• Maktab ta’limiga, yangi ijtimoiy mavqe, ya’ni o‘quvchi bo‘lishga tayyorgarlikni
shakllantirish. Buni uzoq vaqt partada o‘tirmasdan, asta-sekinlik bilan o‘rgatish muhim.
• Kitoblarni “9 yoshdan” tavsiya qilinadiganlariga almashtiring. Ishoning, zamonaviy bolalar
bunga tayyor!
• Bolaga kunlik rejasini tuzishni buyuring. So‘ngra haftalik rejani. Yanada qiyinroq vazifa –
shunday rejani nafaqat o‘zi uchun, balki butun oila uchun (masalan, dam olish kunlariga)
tuzishni ayting.
Ota-onalarga bu davr qiyin bo‘lishi bilan birga, o‘ta qiziqarli hamdir. Bola to‘laqonli
hamsuhbatga aylanadi va u bilan muloqot qilish rohat baxsh etadi.
Maktabga tayyorlash metodikasi
.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-sentabrdagi farmonida uzluksiz ta’lim
tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va
nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali
pedagog kadrlar bilan ta’minlash belgilab berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori asosida “Davlat
maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida” nizom tasdiqlangan. Ushbu nizomda maktabgacha
ta’lim muassasasining quyidagi vazifalari keltirilgan:

bolalarning
hayotini
muhofaza
qilish
va
sog‘lig‘ini
mustahkamlash;
– bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini
shakllantirish;
– bolaning rivojlanishidagi (nutqi, ko‘rishi, eshitishida) yengil nuqsonlarni
korreksiyalashni amalga oshirish;
– ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
– bolaning shaxsi va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang‘ich ta’limni olish va
ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash.
Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, maktabgacha yoshdagi bolaning qiziquvchanligi
yuqori darajada bo‘lgani bilan uning tabiiy imkoniyatlari ma’lum darajada chegaralangan.
Umuman, bilim berish va olish bolaning imkoniyatlari hamda qobiliyatiga mos kelishi kerak.
Shu sababli ham bolani maktabga tayyorlashda ma’lum me’yor va cheklashlarni hisobga
olish lozim. Maktabga tayyorlashda uning ko‘proq harakat qilishiga, beriladigan bilimlar sodda,
o‘yin orqali amalga oshirilishiga e’tibor qilish maqsadga muvofiq. Agar u uzoq vaqt o‘tirib
yozish, chizish bilan mashg‘ul bo‘lsa, bu holat ijobiy natija bermasligi mumkin. Shuning uchun


ham bolaning rivojlanish funksiyalariga bu kabi salbiy ta’sirlar unda tez charchash, zerikish
holatlarini keltirib chiqaradi. Bunday holatlarda mashg’ulotlarni turli o’yinlar orqali olib borgan
ma’qul.
Maktab ta’limiga tayyorlashda uning o‘yin faoliyatini mazmunli, maqsadli tarzda o‘tkazish
hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Didaktik o‘yinlarni qonun-qoidalar asosida tashkil etish bolaning
bilim olishi, tarbiyalanishi va umumiy rivojlanishida muhim jarayondir. Bunda pedagog o‘yinni
tartib-qoidalar asosida bajarish, tengdoshlari harakatlarini nazorat etish, natijalarni baholay
olishda muhim rol o‘ynaydi.
5–6 yoshli bolani maktabga tayyorlashda pedagoglar quyidagi vazifalarni bilishi va tizimli
amalga oshirishi lozim:

bolalar o‘yin faoliyatining qonun-qoidalarini o‘zlashtirib olishi;
– bolaning salomatligi va jismoniy rivojlanishi talab darajasida bo‘lishi;
– bolada nutq o‘stirish, muloqotga kirisha olishini rivojlantirish;
– bolaning o‘z fikrini erkin ifoda eta olishi, fazoviy tasavvur tushunchasiga ega bo‘lishi;
– nafosat tarbiyasi, musiqa, ashula, she’riyat, ertak, rivoyatlardan namunalar aytish va unga
qiziqish uyg‘otish;
– kichik monologlar, dialog, fikr almashuv, tez kirishuvchanlikni rivojlantirish;
– bolalar ongida elementar matematik savodxonlikni shakllantirish;
– jonli-jonsiz tabiatga mehr, mehnat qilish tushunchasi, o‘simlik, hayvonot olamini asrab-
avaylash, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni (ekologik madaniyatini) tarbiyalash;
– boshlang‘ich sanitariya, shaxsiy gigiyena, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, o‘z
salomatligini saqlay olishga o‘rgatish;
– kichkintoy qalbiga milliy urf-odat, qadriyat, an’ana, bayram va tarixiy obidalarga hurmat bilan
qarashni singdirish;
– davlat ramzlari haqidagi boshlang‘ich tushunchalarga ega bo‘lishiga sharoit yaratib, tarbiyalash.
Quyida yuqoridagilarni uzluksiz tizimli amalga oshirishda 5–6 yoshli bolalarning kichik soha
rivojlanishlariga oid tavsiyalar beramiz.
Kichik soha: elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlar
Talab
– Bola miqdor, sonlar va sanash, geometrik shakllar to‘g‘risida o‘z bilimlarini namoyish etadi.
– Bola fazoda mo‘ljal olish va vaqt bo‘yicha ilk tushunchalarga ega.
Indikator
– “Ko‘p” va “bitta” buyumlarni ajratadi, “ko‘p”, “kam”, “teng”, “shuncha” so‘zlarining
ma’nosini tushunadi.
– Tevarak-atrofdan bitta va ko‘p o‘xshash buyumlarni topa oladi.
– Buyumlar o‘lchamini aytadi, “katta”, “kichik” so‘zlarining ma’nosini tushunadi. Barcha qizil,
katta, kichik, yumaloq va boshqa buyumlarni ajratishni biladi.
– Doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, oval shakllarini bir-biridan farqlaydi.
– Shar, kub, silindrlarning nomini ayta oladi va ularni farqlaydi.
– 5 gacha sanaydi va 5 tagacha bo‘lgan ikki guruhdagi buyumlar sonini taqqoslaydi.
– Buyumlarning baland-past, uzun-qisqa, qalin-yupqaligiga ko‘ra farqlaydi.
– U yoki bu buyumning o‘ziga nisbatan joylashuvini so‘z bilan ifodalay oladi, “yaqin-uzoq”,
“orqa-oldin”, “tepa-past”, “chap-o‘ng” so‘zlarini tushunadi.
– Sutka qismlari (kun, tun, ertalab, kunduzi, kechqurun)ni farqlaydi. Kecha, bugun, ertaga, tez,
sekin kabi vaqtni ifodalovchi so‘zlarni tushunadi, nutqda qo‘llaydi.


– “Lego” turidagi bo‘laklardan sodda model yig‘adi va 5–8 ta qismdan pazllar yasaydi.
– Qog‘ozdan buklash yo‘li (origami) orqali sodda shakllarni yasaydi;
Ta’limiy yondashuv
– Muloqot, o‘ynash vaqtida bolani sonlardan foydalanishga rag‘batlantiring.
– Bola buyumlarning belgisi, o‘lchami, og‘irligi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha saralaydigan
o‘yinlarni tashkil eting.
– Bolaning individual xususiyatlarini hisobga oling.
– Bir buyum o‘rniga boshqa buyumdan foydalanishni talab qiladigan o‘rgatuvchi mashg‘ulot,
o‘yinlarni o‘tkazing.
– Bolaga buyumlarni kuzatish, ularning joylashuvi, belgi, o‘lchamlariga e’tibor qaratishga imkon
bering.
– Bolani buyumlar to‘g‘risida “ko‘proq yoki kamroq” nuqtayi nazaridan hikoya qilib berishga
rag‘batlantiring (Masalan, olmalar, qo‘g‘irchoqlar ko‘proqmi yoki kamroqmi, balandligi, bo‘yi
kattaroqmi yoki kichikroqmi, masofa uzoqroqmi yoki qisqaroqmi).
– Boladan buyumlarning o‘lchami, shakli va rangini solishtirish hamda ularning o‘rtasidagi
tafovutlar to‘g‘risida aytib berishni iltimos qiling.
– Bolaga oson topshiriqlar bering (pastga qara, poldagi o‘yinchoqlarni yig‘).
– Bolaga ikki-uch harakatlardan iborat topshiriq bering (Masalan, “stolning oldiga bor”, “kitobni
ol” va “kerakli sahifasini varaqlab och”).
– Bolaga quyidagi savol bilan murojaat eting: “O‘ng tomoningda nima joylashgan?”
Xavfsiz yashash va harakatlanish
– Bolalarning individual xususiyatlari va bolalar egotsentrizmini e’tiborga oling.
Kichik soha: atrof olamni o‘rganish va uni anglash
Talab
– Bola jonli va jonsiz olamni kuzatadi, ta’riflab beradi.
– Bola odam tanasining qismlarini o‘rganadi.
Indikator
– 3–4 xil daraxt, o‘t va o‘simliklarning nomini biladi.
– Yilning barcha fasllari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari (yoz issiq, qish sovuq, qor yog‘adi)
to‘g‘risida tasavvurga ega.
– Ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi so‘zlarining ma’nosini hamda kattalar va bolalar
sutkaning turli vaqtida qanday harakat qilishlarini tushunadi.
– Oddiy tajribaga asoslanib, buyumlarni o‘rganadi (cho‘kadi-cho‘kmaydi, uziladi-uzilmaydi).
– Uy va yovvoyi hayvonlar bolasining nomini ayta oladi.
– Yirtqichlar va qushlarni ajratadi.
– Jonli olamga ta’sir ko‘rsatadigan ko‘pgina omillarni aytib beradi (ozuqa, suv, nur).
– Sayr qilib yurganda, topib olgan turli buyumlarni to‘playdi.
– Jonsiz olamning xususiyatlarini ajratadi (tosh qattiq, qum sochiluvchan).
– O‘z ko‘rinishini ta’riflab beradi.
– Tana qismlari (tirsak, iyak, yelka kabi) qayerda joylashganini ko‘rsatadi.
– Odam shaklini chizadi.
– Material nomi (daraxt, qog‘oz, shisha, loy), xususiyatlari (mustahkam, qattiq, yumshoq)ni
aytadi.
– Yaxshi tanish bo‘lgan buyumlarni guruhlarga ajratadi (choy ichish, ovqatlanish idishlari va
h.k.), turkumlashtiradi (sabzavotlar, mevalar, mebel).
Ta’limiy yondashuv


– Bolani uning atrofidagi muhitni o‘rganish, kuzatish, o‘z fikrini bildirish va savollarni berishga
odatlantiring.
– Bola bilan birgalikda jonli va jonsiz tabiat obyektlarini kuzating.
– Bolani birgalikda uy-ro‘zg‘or ishlarini bajarishga jalb qiling.
– Bolaga tabiiy materiallardan (qum, suv) foydalanib, o‘ynashga ruxsat bering.
– Bolani bog‘da ishlash, turli ishlarda ishtirok etish, o‘simliklarni sug‘orish, yer yumshatish,
hayvonlarni (boqish, sovuqdan himoyalash) parvarishlashga o‘rgating.
– Bolani sayr qilish vaqtida yangi buyumlarni o‘rgatishga harakat qildiring.
– Bolani tashqi ko‘rinish, ichki organlarni ta’riflab berishga (mening yuragim qayerda)
rag‘batlantiring.
– Bolaga ichki organlar qayerda joylashganini ko‘rsating va tushuntiring.
– Bu to‘g‘risida turli oddiy matnlarni o‘qib, hikoya qilib bering.
– Valeologiya bo‘yicha ko‘rgazmali materiallardan foydalaning.
Xavfsiz yashash va harakatlanish
– Muayyan muhit bola “ko‘z-qo‘l” makonida yashash imkoniyatini ta’minlashi lozim.
– Bolalar barchasiga ega bo‘la olishi va ayni paytda ular uchun xavfsiz bo‘lishi lozim.
– Bolalar o‘z tajribalarini faqat kattalar ishtirokida o‘tkazishi kerak. Barcha hayvonlar ham bir
xilda yoqimli bo‘lmasligi, ularning ayrimlari hamla qilishi, tishlashi mumkinligini va shuning
uchun ular bilan muomala qilishda ehtiyot bo‘lish kerakligini tushuntiring.
Kichik soha: ijodiy (kreativlik) qobilyatlarni shakllantirish
Talab
– Bola turli tovushlar va ovozlarni ajrata oladi.
–Bola musiqiy faoliyatga qiziqish bildiradi.
– Bola ko‘rgazmali faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildiradi.
Indikator
– Turli xil transport vositalari (yuk mashinasi, mototsikl, vertolyot) ning ovozini ajratadi va aytib
beradi.
– Radio, TV va SD orqali sevimli musiqani bajonidil tinglaydi.
– Tanish kuylarni tinglab, ashula xirgoyi qiladi.
– Ayrim cholg‘ularni farqlaydi.
– Tovushlarni tembri, balandligi va registriga ko‘ra farqlaydi.
– Mustaqil ravishda televizor, kompyuter, magnitofonni yoqadi va o‘chiradi.
– Rangli bo‘yoqlardan foydalanadi, ranglarni mustaqil ravishda aralashtiradi.
– O‘yin paytida bola ayrim narsalarni tasavvur qiladi yoki ularni ta’riflab beradi.
– Yangi o‘yinlarni yaratadi va hikoyalar o‘ylab topadi.

Download 304,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish