Foydalanilgan adabiyotlar
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori
2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil
3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet
24-Mavzu: MTTning o`rta guruhida ijodiy rivojlanish markazlarida applikatsiya ishlarini o`rganish va rejalashtirish
Reja:
1. Bolalarni jamoa bo‘lib ishlashga o’rgatish
2. Qog‘oz qirqishni bolalarga namoyish qilish
3. Bolalar ishini ko‘rib chiqish
Bu guruhda bolalarni jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatamiz. Masalan, katta gilam yoki sabzavot mevalardan tashkil topgan vitri- nani yoki havoda, osmonda samolyotlarni tasvirlashlari mumkin. Bundan tashqari, bolalar o‘z xohishlari bo‘yicha xilma-xil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan, Onam uchun sovg‘a, tayyor siluetni naqshlar bilan bezatish mumkin: fartuk, qo'lqop, shapkani qirqib yopishtirish yoki bezatish mumkin. Tarbiyachi bu guruhda ham xilma-xil metod va usullardan foydalanadi. Muhim bo‘lgan metodlardan biri — informatsion-retseptiv hisoblanadi. Bu metod tasviri lozim bo‘lgan predmetni har tomonlama ko‘rib chiqish va tahlilni o‘z ichiga oladi. Tarbiyachi bu guruhda ko‘proq bolalarning o‘zlariga tasvirlanayotgan predmetga haqida gapirib berish, uning sifati, belgisini aniq aytib berishga, tasviriy yo‘llarini mustaqil bilishga o‘rgatib boradi. Bolalar predmetning tasvirini tuz- ish orqali, o‘sha predmet shaklini qirqishga, uning tuzilishining to‘g‘ri tasviriga, qismlarning kattaligini to‘g‘ri berishga o‘rganib boradilar. Bu guruhda qirqish birinchi marta kiritiladi. Shuning uchun eng muhimi, diqqat-e’tibor qaychini uslilashga, qirqish usullarini ko‘rsatishga bog‘Iiq bo‘ladi. Dastlabki niashg‘ulotlarda tarbiyachi qaychi bilan qanday ishlash kerakligini ko‘rsatib beradi (qanday ochib yopishni, qayerdan ushlashni ko‘rsatib beradi). Qog‘oz qirqishni bolalarga namoyish qilish orqali qaychining qanday qilib harakat qilishini ko‘rsatadi. Bolalarga kvadratlar- dan doiraviy shakllar qirqishni, ularning faqat burchaklarini qirqish kerakligini ko‘rsatish kerak va qog‘ozni qo‘lda biroz harakat qildirish kerakligini namoyish qilib beradi. Bu usulda bolalarga oq qog‘oz, so‘ng rangli qog‘oz berish tavsiya etiladi. Tarbiyachi tanish bo‘lgan qirqish usullarini birorta bolani cliaqirib, bolalar uchun namoyish qilib berishni taklif etish mumkin- Har bir harakat- ni tarbiyachi so‘z bilan tushuntirib borishi kertik. Agarda murakkab applikatsiyani tuzish kerak bo‘lsa, tarbiyachi flanigrafdan o‘sha narsani illyustrativ rasmlarni ko‘rib chiqishni taklif etish mumkin. Masalan, qo‘ziqorin, uning oyoqchasi va shapkachasi bor, oyoq- chasi pastda, shapkasi yuqorida joylashgan. So‘ng tarbiyachi bolalarga savollar beradi, obrazli so'zlardan foydalanadi, qo‘l bilan shakl ko‘rinishini tasvirlovchi harakatlarni bajarishlari mumkin. Shuningdek, tarbiyachi namuna ko‘rsatishda foydalanadi. Namu- na, shuningdek, predmetning o‘zi ham topilmagan taqdirda foydalanish mumkin. Mashg‘ulotda eng muhim metodlardan biri yopishtirishni ko‘rsatish va tushuntirish hisoblanadi. Yopishtirish i nayonini hamma bolalarga ko‘rinadigan qilib, namoyish qilish lozim. Buning uchun doska yoki molbertdan foydalanish mumkin. Shuningdek, yopishtirish jarayonida ketma-ketlikni bolalar yaxsh- lab o‘zlashtirib olishsa, uni bolalarning o‘zlariga taklif etish mumkin yoki ko‘rsatish o‘rniga, faqatgina og‘zaki tushuntirish bilan ki- foyalanib qolisli mumkin. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda o‘yin usulidan keng foydalanish mumkin va lozim. Chunki bu usul bolalarni mashg'ulotga nisbatan qiziqishni uyg‘otib, ularni faollashtira- di. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda individual ishlash, muhim rol o‘ynaydi.
Tarbiyachi bir bolaga yopishtirishni ko‘rsatsa, ikkinchisiga ni- mani davom ettirish kerakligini tushuntirib beradi. Bolalar ishini ko‘rib chiqish ham muhim metod va usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tarbiyachi bolalar ishini ko‘rib chiqish va tahlil qilish faqatgina barcha bolalarning ishini maqtash lozim. Keyingi mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilishda ishning ozoda bajarilganligi, rangning to‘g‘ri tanlanganligi va qog‘ozda to‘g‘ri joylashtirilganligini hisobga olib, tahlil qiladi va bolalarni .ham shunga o‘rgatib boradi. Masalan, bolalar tursa yiqilmas qo‘g‘irchog‘ini ichida chiroyli, singanlari va xafalari ham borligini aytishga o£rganadilar. Bunga tarbiyachi bolalarni yilning II yarmidan boshlab o‘rgatib boradi.
0‘rta guruhda bolalar tayyor shakllardan applikatsiya tuzish bilan birga o‘zlari ham mustaqil qirqib yopishtiradilar. Naturani tahlil qilishda bolalarning diqqati faqatgina rang va shaklga tortil- may, balki qismlarning o‘lchami va soniga ham tortiladi. Masalan, tursa yig‘ilmas qo‘g‘irchoq sharchalardan katta, o‘rtacha va ikki shardan iboratligini aniqlaydilar. Murakkab topshiriqlarni bajarish jarayonida ularga material alohida beriladi. Masalan, uyni yopishtirish. Uning devor, tom va oynaga mos bo‘lgan razmerdagi rangli qog'ozlar beriladi. Bu guruhda naturani ko‘rib chiqish namuna bilan birga olib borilishi shart emas. Namuna tahlilining o‘zi yetarli bo‘ladi. Namuna qurib chiqishda tarbiyachi bolalarning diqqatini uni yaxshilab qurib chiqishga tortib, quyidagi savollarni beradi: predmet qanday shakllardan tuzilgan? Bu qanday shakl? Rangi qanday? va boshqalar.
Tarbiyachi predmetning qismlarini yoki naqsh elementlarini yopishtirish tartibini ko‘rsatib beradi. Bu guruhda tarbiyachi faqatgina ma’lum qismini ko‘rsatib berishdan ham foydalanadi. Masalan, uyni yopishtirishda uning tomini qirqishni ko‘rsatib beradi xolos, qolganini bolalarning o‘zlari bajaradilar. Bu guruhda alohida aha- miyat qaychi bilan ishlashga beriladi. Tarbiyachi bolalarga qaychi bilan ishlash texnikasini ko‘rsatib, tushuntiradi. Qo‘lni qaychi- ning richagini qanday harakatlantirishini o'rgatadi. Qaychi bilan dastlabki mashqlarni, yaxshisi 8—10 bola bilan o‘tkazgan ma’qul, chunki ularni kuzatish va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish imkoniya- ti ko‘proq bo‘ladi.
Mashg‘ulotning oxirida tarbiyachi bolalar bilan birgalikda bajarilgan applikatsiyani ko‘rib chiqadi: predmetga o‘xshaydimi, shakllar toza yopishtirilganmi? Tarbiyachi bolalarning tahliliga yakun yasab, yaxshi ishlarga bolalarning diqqatini jalb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |