Nazorat savollari:
1. San’at” rivojlantirish markazida “Tuzli xamir” ning o‘rni qanday?
2. “Tuzli xamir”ning qulayliklari haqida tushuncha bering.
3. “Chinni xamir” tayyorlash qanday amalga oshiriladi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori
2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil
3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet
5. O.Xasanboyeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent. “ILM ZIYO” qo’llanma-2006
19-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida applikatsiya qilishga o’rgatish.
Reja:
1. Applikatsiya mashg'ulotlarida bolalarning har tomonlama o‘sishidagi ahamiyati.
2. «Applikatsiya» so‘zining ma’nosi
3. Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
Tayanch so’z va iboralar: Applikatsiya, mo’yqalam, еlim, salfеtka
Tasviriy faoliyat metodikasida rasm solish, loydan buyum yasash metodikasi bilan bir qatorda applikatsiya ham asosiy ishlardan biri sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi dasturiga kiritilgan Applikatsiya mashg'uloti bolalarning har tomonlama o‘sishida katta ahamiyatga ega. U bolalardagi xayolni, fantaziyani uyg‘otadi, ijodini tug‘diradi, kuzatuvchanligini faollashtiradi, diqqat va tasav- vurini, irodasini tarbiyalaydi. Qo‘I malakasini rivojlantiradi, shakl- ni sezishni, mo‘ljallay olish, rang sezish hissini rivojlantiradi.
Olimlar fikricha, insonlar eng kuchli rang sezishda 1300 xil rangni ajrata oladilar. Rang sezishni o‘stirish orqali bolalarda estetik tarbiya qobiliyati tarbiyalanadi. Qirqish texnologiyasini egallagan holda qog‘ozdan predmetli, mazmunli, dekorativ applikatsiya, quritilgan o'simlikdan, somondan applikatsiya kabi ishlarni bajaradilar.
Applikatsiya haqida ma’lumot.
«Applikatsiya» so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turi. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Qog‘oz, somon, quritilgan o‘simlik o‘ramga joy- lashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq kabilarga esa tiqiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki ko‘p rangli boiadi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko‘p ranglisi esa go‘zallik baxsh etadi. Unda ham, bunda ham badiiylik boiadi. Applikatsiyada chamalash va buyumning hajmiy tasviri xarakterli bo‘ladi. Applikatsiya o‘ziga xosligi katta doirachalardan iborat.
Rang applikatsiyani ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg‘unlashuviga mos tushishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmo- niyasini izlab topishdir. Applikatsiya bolalarda qog‘ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi. Bola tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individual belgisini ko‘ra olishga o‘rgatadi, ularning o‘zaro bogiiqligi, butun, qismlar, rita, simmetrik chamalash rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko‘r- satish malakasini ko‘rsata oladi.
Applikatsiya badiiy ishlarni oddiy va mos vosita orqali, real asosni saqlagan holda amalga oshiruvchi faoliyatdir. Masalan, mustaqil asar pannolar, surat, plakat. Ilustrativ tasvir, elementar matematikaga o‘rgatuvchi ko‘rgazma qurol, tabiat, nutq o'stirish metodikasi uchun ijodiy o‘yin, o‘yinchoq, 8-mart bayram sovg‘asi, qurolli kuchlar va boshqa bayramlarda bezatish uchun devoriy gazeta, ko‘rgazma kabi. Maktabgacha ta’lim muassasasini bezatish ishlarida ham bolalar applikatsiya ishlarining o‘rni katta.Applikatsiya ishini bajarishda ishlatiladigan kerakli asbob uskunalar. Asboblar ishlatilishiga mos boiishi bilan birga, estetik talab- ga javob berishi kerak. Ayrim kerakli ashyoni «pape-mame» usulida qaychi qo'yish uchun qalamdon yasash, mo‘yqalam qo‘ygichni esa qalin kartondan yasash mumkin. Applikatsiya uchun kerakli ashyo murakkab emas; qaychi, yelim uchun mo‘yqalam, oddiy qalam, qiyqim uchun quticha, lattacha, gazeta qog‘ozi.
Qaychi — uchi to‘g‘ri, katta-kichik boiib, katta qaychi — 14— 20 sm, to‘g‘ri, uchi uchli va aylanaviy katta tasvirlarni qirqish uchun ishlatiladi.
Kichik qaychi — 8—10 sm, mayda detallami qirqish uchun qaychi o‘tkir boiishi kerak. Stakanga qaychi uchi pastga qaratil- gan holda qo‘yilishi, boshqa odamga uzatganda ham uchini ushla- gan holda uzatish kerak, qaychi koiidalang turganda qoini silki- tish, o‘qtalish mumkin emas. Unda ko‘rsatish sifatida foydalanish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |