1-Mavzu. Logistikaning asosiy yo‘nalishlari va tamoyillari. Reja



Download 142,67 Kb.
bet2/9
Sana08.02.2023
Hajmi142,67 Kb.
#909161
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu. Logistikaning asosiy yo‘nalishlari va tamoyillari. Reja

Transport tizimi tushunchasi
Transport tizmi -tashish jarayonida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi transportlar kompleksidir.
Transport tizimi quyidagi transport turlari kiradi:
1. Temir yo‘l transporti;
2.Suv transporti (dengiz va daryo);
3. Avtomobil;
4. Havo transporti;
5.Truboprovod;
6. SHahar transporti;
7. Sanoat transporti.
SHahar ichida harakatlanuvchi turli transport komplekslari shahar transporti deyiladi (tramvay, trolleybus, metro, avtobus, engil avtomobillar...)
Sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xo‘jaligi savdo va boshqa korxona ichki ishlarini bajaruvchi transport sanoat transporti deyiladi.
Transport yo‘l tarmoqlari aholi yashovchi punktlar va sanoat korxonalaridan tashqaridagi yuk va passajirlarni tashishga mo‘ljallangan barcha transport yo‘l kommunikatsiyalari yig‘indisidan iboratdir.
Yo‘llar deyiladiganda transport vositalari harakati uchun maxsus moslangan (yoki qurilgan) va jihozlangan temir yo‘llar, avtomobil, daryo, dengiz va boshqa suv havzalari yo‘llari tushuniladi.
Transport uzeli deyilganda turli transportlarning tutashgan joylari tushuniladi. Bunday tutashgan joylar asosan katta shaharlar, aholi yashaydigan punktlar, sanoat va kurort markazlari hamda dengiz, daryo portlari, avtomobil va temir yo‘l bekatlarida bo‘ladi.
Transport vositalari (texnika vositalari) deyilganda yuk va passajirlar tashishga mo‘ljallangan temir yo‘l va avtobomil transportdagi transport vositalari (lokomotiv, vagon, avtomobil, tirkama (pritsep) va xokazo, kema, samolyot va boshqalar tushuniladi).
Transport texnika jihozlari va inshoatlari deyilganda transportga karashli ustaxonalar, omborlar, ortish – tushurish punktlar, bekatlar, portlar, aerodrom binolari, ulardagi asbob uskunalar, yo‘l jihozlari, inshoatlar (ko‘priklar, transport tunnellar, kanallar, shlyuzlar) va hakazo tushuniladi.
YUk oboroti (gruzooborot) – yuk tashish jarayonida bajariladigan ish bo‘lib, tonnalarda o‘lchanuvchi tashilgan yuk hajmini o‘rtacha tashish oralig‘iga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. O‘lchov birligi- tonna – kilometr (tkm).
Passajir oboroti – passajir tashish jarayonida bajariladigan ish bo‘lib, u tashilgan passajirlar sonini o‘rtacha tashish masofasiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. O‘lchov birligi – passajir – kilometr (pass. km).
1 t yukni o‘rtacha tashish masofasi – har bir tonna yukni o‘rtacha tashish masofasi bo‘lib, u tonna – kilometrda bajarilgan yuk oborotini tonna hisobida tashilgan yuk hajmiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
passajirni o‘rtacha tashish masofasi – har bir passajirning
o‘rtacha hisobda yurgan masofasi bo‘lib, u barcha bajarilgan passajir oborotlarni umumlashtirilgan passajirlar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

Download 142,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish