1. Mavzu. Laboratoriyaga qo’yiladigan asosiy talablar va asbob uskunalar bilan ishlash tartibini o’rganish



Download 436,62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2022
Hajmi436,62 Kb.
#456640
Bog'liq
1immun lab



1.Mavzu. Laboratoriyaga qo’yiladigan asosiy talablar va asbob uskunalar 
bilan ishlash tartibini o’rganish. 
Immunologiya fanidan laboratoriya ishlarni boshlashdan oldin talaba texnika 
xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqishi va bu xaqda maxsus daftarchaga imzo 
chekish hamda quyidagi laboratoriyada ishlash qoidalariga qat’iy rioya qilishi 
talab etiladi: 
1.
Laboratoriyada xar bir talaba tajribani o’zi uchun belgilangan ish 
o’rnida xalat kiygan xolda bajarishi lozim. 
2.
Laboratoriyada chekish, suv ichish va ovqatlanish mumkin emas. 
3.
Tajriba boshlanishdan avval talaba ishning mohiyatini bilishi zarur, asbob 
va reaktivlami tayyorlashi, so’ngra o’qituvchi yoki laborant ishtirokida ishni 
boshlashi lozim. 
4.
Zaharli moddalar bilan bajariladigan tajribalar faqat mo’rili shkafda 
bajarilishi kerak. 
5.
Rakivinaga ishlatilgan kislota va ishqorlarning eritmalarini to’kish, 
probirka siniqlari, har hil qog’ozlarni tashlash mumkin emas. Bularning mo’rili 
shkafdagi maxsus idishlarga tashlash kerak. 
6.
Reaktivlami keragidan ortiq miqdorda olish yaramaydi. Reaktiv ortiqcha 
olingan bo’lsa, uning o’zini idishiga qaytarib quymasdan belgilangan aloxida idishga 
solish kerak. 
7.
Reaktivlami qo’lga, teriga va yuzga tekkizmang. Chunki ko’p moddalar 
ko’z va teriga salbiy ta’sir etadi. 
8.
Ajralib chiqayotgan gazning xidini bilish kerak bo’lsa, u xolda kaftingiz 
bilan o’zingizga tomon elpib xidlang. 
9.
Reaktivlar solingan idishlarning yorlig’i (etiketkasi) bo’lishi kerak. 
Laboratoriyada nomi yozilmagan reaktivlardan foydalanish taqiqlanadi. 
10.
Probirkada suyuqliklarni qizdirganda idishni qiya ushlab, asta-sekin 
qizdirish kerak. Bunda probirka og’zini o’zingizga va boshqalarga qaratmang. 
11.
Yonib turgan gaz gorelkasi, elektr asboblarini nazoratsiz qoldirmang. 
12.
Laboratoriyada ishlayotgan talabalar doriquti va o’t uchirgich asboblar 
turadigan joyni bilishlari kerak. 
13.
Laboratoriyada birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qutichasida tanin, kaliy 
permanganat, kaliy gidrokarbonat, yod, paxta, bint, kuyishga qarshi malxam dorilar 
bo’lishi lozim. 
14.
Ish tugagach, ish joyini tartibga keltirishni, suv jo’mragini berkitishni, gaz 
va elektr asboblarini o’chirishni unitmang. 


Laboratoriyada ko’ngilsiz xodisalar ro’y berganda birinchi yordam 
ko’rsatish choralari 
1.
Agarda konsentrlangan kislota sachrab, teri kuysa, darxol o’sha 
jaroxatlangan joy kuchli suv oqimi bilan 3-4 minut davomida yuviladi, so’ngra shu 
joyni 3% li natriy gidrokarbonat eritmasi va yana qaytadan suv bilan yuvish lozim. 
2.
Agar teri ishqorlar ta’sirida kuysa, o’sha joy darxol ko’p miqdordagi suv 
bilan yuvilib, so’ngra 
1
% li sirka kislota eritmasi bilan va yana suv bilan yuviladi, 
vazelin surtib qo’yish lozim. 
3.
Ko’zga kislota yoki ishqor sachrasa darxol ko’p miqdor suv bilan yuvib, 
so’ngra tezda shifokorga murojat qilish lozim. 
4.
Agar laboratoriyada ishlayotganda biror joyingiz kuyib qolsa, shu joy kaliy 
permanganatning 
2
% li eritmasi bilan yuvilib, unga maxsus malxam dori surish 
kerak. 
5.
Agar biror joyingizni shisha kesib olsa, dastlab kesilgan joydagi qonni suv 
bilan, so’ngra kaliy permanganatning 
2
% li eritmasi bilan yuvish, yod eritmasi 
surkab, bint bilan bog’lash lozim. 
6.
Fosfor ta’sirida kuygan joyga mis (II) - sulfatning 2% li eritmasi 
shimdirilgan paxta qo’yib bog’lash lozim. 
7.
Ammiak xididan zag’arlanganda darhol sirka kislota xidlash, so’ng sut 
ichish va limon shimish lozim. 
8.
Teriga brom tegsa uni darxol spirt bilan yoki benzin bilan artish, so’ngra 
kuygan joyga malxam dori surtish kerak. 
9.
Agarda biror erga simob to’kilsa, darxol oltingugurt kukunidan sepish, 
so’ngra temir (III)-xlorid FeCl
3
eritmasi bilan artish lozim. 
10.
Xlor, azot oksidlari (NO, NO
2
), vodorod sulfid, uglerod (II)-oksid va 
boshqa gazlar bilan zaxarlanganda darxol toza havoga chiqish va tezda shifokorga 
murojat qilish kerak. 


Biotexnologiya. Immunologiya fanida qo’llaniladigan asbob va uskunalar. 
1-
 
rasm. Rotorli haydash asbobi. 
2-
 
rasm. Sentrifuga RS-6. 
3-rasm. Fotoelektrokolorimetr-56M. 4-rasm. Xromotografiya 
kolonkasi 


 
 
5-rasm. Termostat. 6- rasm.Xromotografiya 
kolonkasi. 
7-rasm. Gomogenizator.8-rasm Elektron tarozi.
 
Adabiyotlar 
1.
Bangham A.D., Standish M.M., Watkins J.C. Diffusion of Univalent Ions across 
the Lamelae of Swollen Phospholipids //Ibid. 1965. Vol. 13. P. 238-252. 
2.
OvchinnikovYu.A. Bioorganicheskayaximiya. M.: Prosvehenie, 1987. S. 513-
636. 
3.
Q.Davranov «Biotexnologiya» 2000y. Toshkent. 504b. 
4.
Davronov K., Xo'jamshukurov N. Umumiy va texnik mikrobiologiya. Toshkent, 
ToshDAU, 2004. 



Download 436,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish