Reja:
1. Ijtimoiy ish obyekti va predmeti ishning xalkaro
ta’rifi.,tuzilishi
2.Ijtimoiy ishni vujudga kelishi,maqsadi va rivojlanishi
3.Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot tushunchalari,
aloqadorligi va istiqbollari.
4.Ijtimoiy farovonlik asoslari. Aholining ijtimoiy
ehtiyojmand toifalari.
1-mavzu. Kursga kirish. Ijtimoiy ish va
ijtimoiy ta’minot mohiyati.
Hozirgi zamon fanlarining barchasi falsafadan o‘sib chiqqani
tufayli, boshqa ko‘pgina gumanitar fanlarda bo‘lgani singari
ijtimoiy ishda ham inson borlig‘ining mazmuni, ijtimoiy-
axloqiy negizlarini asoslab beradigan falsafiy-gumanistik
nazariya muhim o‘rin tutadi.
1915 yilda Meri Richmond o‘zining “Ilmiy ijtimoiy ish” asarida
ijtimoiy ish sifatini baholash, ijtimoiy xizmatchi hal qilishi
lozim bo‘lgan ijtimoiy muammolarga tashxis qo‘yish
sxemalar yig‘indisini taklif qildi va bu ijtimoiy ishning turli
xayriya shakllariga asoslanadigan axloqiy-terapevtik
nazariyasi yaratilishiga olib keldi. Xayriya ishlarini,
muhtojlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini o‘rganish hozirgi
kunda ham ijtimoiy ishni ilmiy anglash manbai hisoblanadi.
20-30- yillarda Z. Freyd va izdoshlari tomonidan ijtimoiy ishning
psixodinamik nazariyasi oldingi qatorga olib chiqildi. Bu esa
G‘arbdagi ko‘zga ko‘ringan ba’zi mutaxassislarga, psixodinamik
yondashuv axloqiy-terapevtik an’ana, xayriya ishlari ijtimoiy ishga
juda ko‘p g‘ayri-ilmiy, taxminiy, noaniq, faqatgina oddiy aqlga
asoslanadigan narsalarni olib kirdi, degan fikrlar uchun asos berdi.
Bu esa odamlarning xulq-atvorini o‘zgartirish, ularning salomatligii
saqlash va reabilitatsiya qilish qiyinchiliklari bilan bog‘liq ijtimoiy
ishning ko‘pgina qiyinchiliklarini hal qilishga imkon bermasdi.
Ijtimoiy ishning psixodinamik, psixosotsial nazariyalari hozirgi
kunda ham freydizm va neofreydizm yutuqlaridan, qisman
zamonaviylashtirib, qayta izohlab sezilarli darajada
foydalanishmoqda. Ayni paytda, ular insonning hayotga
chidamliligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilar ekan, mustaqil
xususiyatlarga ham ega, garchi ular mazkur muammolardagi
psixologik va ijtimoiy-psixologik komponentlarga urg‘u berishsa
ham.
Zamonaviy ijtimoiy xodim - bu yuqori yuridik tayyorgarlikka, tibbiy-ruhiy
salohiyatga, yuksak ahloqqa ega bo‘lgan, insonga muhabbatli,
kuzatuvchan, e’tiborli bo‘lgan ijtimoiy injeneriya va texnologiyasida
inson hayotiy faoliyatidagi huquqiy, ruhiy, ahloqiy xususiyatlarni chuqur
tahlil qila oladigan mutaxassisdir.
Bugun hech bir rivojlangan mamlakat universitet va maxsus o‘quv
yurtlarida tayyorgarlik ko‘rmagan ijtimoiy xodimlarsiz kun ko‘ra olmaydi.
Ijtimoiy xodimlar kundalik hayotlarida paydo bo‘ladigan masalalarni hal
qilishda muhtojlarga birinchi navbatda ijtimoiy sohada
himoyalanmaganlar (qariyalar, nogironlar, oddiy oilaviy tarbiya
yetishmaydigan bolalar, aqli zaiflar, ichuvchilar, giyohvandlar, OITSga
yo‘liqqanlar, “xatar guruhi” oilalari, deviant fe’l-atvorli kishilar)ga
malakali yordam beradilar. Ular nafaqat ijtimoiy keskinlikni yo‘qotishadi,
balki aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoyalovchi qonuniy
hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadilar. Insoniyat vujudga kelibdiki,
zaiflar, nogironlar, qariyalar, bolalar, bemorlar, boringki, barcha
yordamga muhtojlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilib keladi. Bu g‘amxo‘rlik
turli tarixiy bosqichlarda turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Ibtidoiy odam
qo‘lga kiritgan o‘ljasining bir qismini o‘zi yashayotgan g‘ordagi bemor va
nogironlarga olib kelishi insonning inson to‘g‘risida g‘amxo‘rlik
qilishining dastlabki ko‘rinishi edi.
Butun tarix davomida odamlarning bir-birlarini o‘ldirishi, qirishi,
azoblashi, xo‘rlashi bilan bir qatorda o‘zaro g‘amxo‘rlik qilishi,
yordam berishi, e’zozlashi va hurmat qilishi yonma-yon mavjud
bo‘lib keldi. Xayriyatki, bu tamoyillardan ikkinchisi ustun keldi va
insoniyat taraqqiyot sari yuz tutdi. Agar birinchi tamoyil ustun
kelganda, insoniyat inqirozga yuz tutishi va umuman yo‘q bo‘lib
ketishi mumkin edi.Avvallari zaiflar, nogironlar, qariyalar, bolalar
va umuman muhtojlarga yordam alohida shaxslar va guruhlar
tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, XX asr oxirlaridan bu funksiyani
davlat tashkilotlari o‘z zimmalariga ola boshladi. Muhtojlarga
ko‘mak berishni asosiy vazifa sifatida belgilab olgan davlat
tashkilotlari, muassasalari bilan bir qatorda nodavlat tashkilotlar
ham paydo bo‘la boshladi. Muhtojlarga yordam berish uchun
maxsus tuzilgan ana shunday tashkilot va muassasalarning paydo
bo‘lishi muhtojlarga ko‘mak berish jarayonining
institutsionallashuvini anglatar edi. Bu jarayonning oqibatlaridan
biri esa yangi kasbning, muhtojlarga yordam ko‘rsatishni kasbiy
asosda amalga oshiruvchi mutaxassislarning maydonga kelishi
bo‘ldi. Bu mutaxassislik ijtimoiy ish nomi bilan atala boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |