O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2- modda
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 11- modda
Ramz nimani anglatadi? «Ramz» so‘zi tanishtiruvchi belgi degan ma’noni ifodalaydi.
Madhiya, gerb, bayroq — davlat ramzlaridir.Har bir davlatning ham o‘z nomi bor. U, xuddi inson ismi singari,uni boshqa davlatlardan farqlab turadi. Bunday nom butun jamiyat tomonidan tanlab olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi — bu ikki so‘z katta mazmunni bag‘riga jo etgan: unda faxr-iftixor ham, mamlakatimiz nomi tarixiy ildizi ham, davlatimizda eng asosiysi xalqdir va aynan u davlatni boshqaradi degan ta’kid ham o‘z mujassamini topgan.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18- modda
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 21- modda
Oila – nikohga yoki tug`ishganlikga asoslangan kichik guruh. Uning a`zolari ro`zg`orining birligi o`zaro yordami va ma`naviy mas`uliyati bilan bir-biriga bog`langan oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari – inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a`zolarining turmush sharoitini va bo`sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta`sirini o`zgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni o`rnatadi.
Mulk — moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular tomonidan oʻzlashtirilishi; mulkka egalik huquqi hamda mulk obʼyektlariga egalik, ularni boʻlish, taqsimlash boʻyicha kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Mulk obʼyekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar,tayyor mahsulot, pul, qimmatli qogʻozlar, sanʼat va adabiyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va boshqalar boʻlishi mumkin. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amalda oʻzlashtiruvchilar mulk subʼyektlari, yaʼni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalar, jamoalar va, nihoyat, davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf koʻrish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |