Axborot xavfsizligini ta’minlash
Axborotni himoya qilish deganda:
Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo’l qo’ymaslik;
Axborotni tegishli huquqlarga ega bo’lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo’l qo’ymaslik;
Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o’rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo’llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Axborot xavfsizlig deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o’g’irlash yoki nusxaolishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotni himoyalash
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qat'iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo’qotilishi, o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo’lgan xavf - xatarning oldini olish;
axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko’chirish, to’siqlash bo’yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning oldini olish;
axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash;
davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidensialligini saqlash;
axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo’llashda sub'ektlarning huquqlarini ta’minlash.
Axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti axborotni himoyalash tizimida bajarilishi shart bo’lgan qonun chiqarish aktlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qoidalar yo’riqnomalar, qo’llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o’rganib chiqilmoqda.
Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommunikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari, dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Internet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari tanlanadi.
Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun qo’lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob'ekti, ham tajovuz qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin.
Agar axborotning o’g’irlanishi moddiy va ma’naviy boyliklarning yo’qotilishi bilan bog’liq bo’lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog’liq bo’lsa, jinoiy javobgarlik O’zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko’zda tutilgan. Har qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro va milliy huquqiy me’yorlarni o’z ichiga oladi.
|