Ma‘lumotlarning turlari va tuzilishi
Kompyuterda qayta ishlanadigan ma‘lumotlar o‘z ichiga kundalik turmushda ishlatiladigan barcha
axborotlarni oladi. Albatta. turli kasb egalari o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma‘lumotlar bilai ish yuritadi.
Bunday ma‘lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar hisoblanadi. Odatda,
har qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma‘lumki shakli etarlidir, chunki
foydalanuvchiga etkazilmoqchi bo‘lgan barcha axborot raqamlar yoki so‘zlardan iborat bo‘ladi. Shunday
bo‘lsada, axborotlar tizimini yaratuvchilar yana ikkita ma‘lumot turi — sanalar va mantiqiy
o‘zgaruvchilardan xabardor bo‘lishi lozim.
Ma‘lumotlarning turlarini ko‘rib chiqamiz.
Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma‘lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo —
raqamli belgilar majmuidan iborat (masalan, «5», «Vatan», «10+25», ...). Ma‘lumotlarni bunday ifodalash
eng ko‘p tarqalgan. Belgili ma‘lumotning qiymati «1055» ga teng bo‘lsa, mashina bu qiymatni osongina
songg aylantirib olishi ham mumkin.
Ko‘pgina tizimlarda belgili ma‘lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab
chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib
bermoqda. Hozirgi paytda ikki o‘lchamli jadvallardan. Ba‘zi tizimlarda belgili ma‘lumot qiymati sifatida
uzunligi 30 yoki 40 belgi bo‘lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud.
Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi ob‘yektning biografiyasini o‘z ichiga olgan matnli fayl yoki
ob‘yektning fotosuratini ko‘rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi zamon tizimlarida belgili ma‘lumot sifatida ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi
(shu jumladan. tasvir va ovoz) ob‘yektlar sakushnishi mumkin.
Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma‘lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi. Axborotlar tizimi
foydalanuvchilari uchui bunday ma‘lumotlar faqat o‘lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan
keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.
Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma‘lumotlar (Ba‘zida bunday ma‘lumotlar Bulg‘ qiymatlari
deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg‘on) «O» qiymatlarish qabul qiladi.
Ulardan tizimda ko‘zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror ob‘yektning holatini
ko‘rsatishda foydalanish mumkin Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o‘chirilgan» (FALSE)
Mantiqiy ma‘lumotlarning informatikadagi axamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi
bilasiz.
Oldingi mavzulardan birida o‘quvchilar haqidagi ma‘lumotlarni saklovchi telefon ma‘lumotnomasi
jadvali berilgan edi. Lekin kundalik hayotda ancha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma‘lumotlar ombori
59
bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma‘lumotlarga ko‘ra ular turli
ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |