1-mavzu. Kirish «Yo‘nalishga kirish»



Download 346,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana22.01.2022
Hajmi346,78 Kb.
#400147
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza

Energetika

 —  energiyaning  har  xil  turlarini  hosil  qilish,  ularni  bir  turdan 

ikkinchi turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan 

barcha  sohalarda  foydalanishni  hamda  shular  bilan  bogʻliq  nazariy  va  amaliy 

muammolarni  hal  qilishni  oʻz  ichiga  olgan  xalq  xoʻjaligi,  fan  va  texnika  sohasi. 

Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlari 

ularni  tabiiy  manbalar  —  oʻtin,  koʻmir,  torf  va  boshqalar  yoqilgʻilardan,  shamol, 

suv oqimi energiyasi (mas, shamol va suv tegirmonlari) dan foydalanishga majbur 

qildi. Keyinchalik fan va texnika taraqqiyoti, fantexnika inqilobi tufayli 20-asrning 

2-yarmidan  boshlab  asosan  elektr  energiyasiga  ehtiyoj  juda  oshib  ketdi.  Ana  shu 

omillar Energetikani jadal rivojlantirishni taqozo qildi. Fan va texnika  taraqqayoti 



energiya  ishlab  chiqarish  va  uni  oʻzgartirishning  yangi  usullarini  ishlab  chiqish, 

yangi  samarali  asbobuskunalar  va  texnologiyalarni  yaratish,  energiyani 

taqsimlashni  markazlashtirish  va  boshqalar  orqali  ifodalanadi.  Energetika  sohasi 

tabiiy energiya resurslarining potensial energiyasini xalq xoʻjaligida foydalanishga 

yaroqli  va  foydali  energiya  turlariga  aylantirish  hamda  shu  bilan  bogʻliq  ilmiy 

texnik muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi. 

Energetikaning taraqqiyoti koʻp jihatdan mamlakat energiya rusurslari bilan 

qanchalik  taʼminlanganligiga  chambarchas  bogʻliq.  Koʻmir,  neft,  tabiiy  gaz,  torf, 

oʻtin,  slanets,  suv,  elektr  va  yadro  energiyasi,  shamol  va  quyosh  energiyasi 

energetika resurslari hisoblanadi. Energetika resurslari yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, 

yadro,  torf,  slanets,  oʻtin)  va  yoqilgʻi  boʻlmagan  vositalar  (suv,  shamol,  quyosh 

energiyasi va boshqalar) ga boʻlinadi. Yoqilgʻi bilan bogʻliq  energetika resurslari 

tiklanmaydigan,  yoqilgʻi  bilan  bogʻliq  boʻlmaganlari  esa  tiklanadigan  resurslar 

hisoblanadi. 

Jahon  miqyosida  turli  yoqilgʻi  energetika  resurslari  miqdorini  taqqoslash 

uchun shartli yoqilgʻi birligi (1 kg yoqilgʻi yonganda 7000 kkal issiqlik ajralishi) 

qabul  qilingan.  Jahondagi  barcha  yoqilgʻi  resurslarining  (yadro  energiyasidan 

tashqari) potensial  zaxiralari 25000  mlrd. t  shartli yoqilgʻiga  teng  . Uning  95% i 

yoqilgʻining  qattiq  turlariga  toʻgʻri  keladi.  Yadro  energiyasining  asosiy  manbai 

boʻlgan uran va toriyning zaxiralari dunyo okeani suvlaridagi zaxiralar bilan birga 

69000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng. Eng koʻp ishlatiladigan energetikaning tabiiy 

resurslari  (koʻmir,  neft,  gaz)  jahon  mamlakatlari  boʻyicha  notekis  taqsimlangan. 

Shu  jihatdan  Oʻzbekistonning  energetika  resurslarini  hisobga  olsak,  mamlakat 

energetikasi  xalq  xoʻjaligining  baza  sohasi  hisoblanadi.  Oʻzbekiston  energetika 

tizimi xalq xoʻjaligi va  aholining  yoqilgʻi  (koʻmir,  gaz, neft), elektr  energiyasiga 

boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondiradi va eksport ham qilinadi. 




 

Bu  xususda  raqamlar  asl  vaziyatdan  yaqqol  darak  beradi.  Agar  2000  yilda 

O‘zbekiston  energetika  tizimining  ishlab  chiqarish  quvvati  7  750  MVt  ni,  2016 

yilda  esa  –  10  830  MVt  ni  tashkil  etgan  bo‘lsa,  ushbu  vaqt  ko‘rsatkichlari 

oralig‘ida o‘tgan 16 yil ichida qariyb 3 ming MVt ishga tushirildi. Bugunga kelib 

energetika  tizimida  mavjud  ishlab  chiqarish  quvvatlari  14  131  MVt  ni  tashkil 

qilmoqda.  Yaʼni  keyingi  3  ming  megavattdan  ziyod  quvvatlar  so‘nggi  uch  yil 

mobaynida ishga tushirilgan. 

2017–2021 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarining bunday keskin o‘sishiga 

asosan Navoiy, Tolimarjon, Toshkent issiqlik elektr stansiyalarida yangi bug‘-gaz 

qurilmalarini  (BGQ)  ishga  tushirish  evaziga  erishildi.  Shuning  barobarida  2019 

yilda  900  MVt  quvvatli  yangi  To‘raqo‘rg‘on  IES  ishga  tushirildi.  Zamonaviy 

tejamkor uskuna va texnologiyalarni joriy etish hisobiga IESlarda shartli yonilg‘i 

sarfi  2016  yildagi  375,8  g/kilovatt-soatdan  2020  yilda  333,9  g/kilovatt-soatgacha 

yoki 11 foiz kamaydi (– 41,9 g/kilovatt-soat). 

Bundan  tashqari  Sirdaryo  IES  modernizatsiya  qilinmoqda,  bu  esa  uning 

quvvatini  150  MVtga  oshirishni  taʼminlaydi.  Farhod  GES  ham  modernizatsiya 

jarayonida, bu ishlar natijasida uning quvvatiga yana 13 MVt qo‘shiladi. 




Mazkur  yo‘nalishdagi  ishlar  natijasi  o‘laroq,  2025  yilga  borib  mamlakat 

energetika  tizimining  quvvatini  25  600  MVt  ga,  2030  yilda  esa  29  200  MVt  ga 

yetkazish vazifasi amalga oshirilmoqda. 

Energiya  ishlab  chiqarishni  oshirish  bilan  bir  qatorda  elektr  energetikaning 

yetkazib berish infratuzilmasini modernizatsiyalash va yangilash zarur. Ushbu ikki 

yo‘nalishni  birlashtiribgina,  mamlakat  energiya  xavfsizligini  taʼminlash  bo‘yicha 

muhim  vazifani  uddalash  mumkin.  So‘nggi  yillarda  elektr  uzatish  tarmoqlarini 

mustahkamlash borasida ham talaygina ishlar olib borilmoqda. 

Past  kuchlanishli  elektr  uzatish  tarmoqlari  so‘nggi  4  yilda  modernizatsiya 

qilinib,  25  ming  kilometr  uzunlikda  o‘tkazilib  yangidan  tortildi.  Taʼkidlash 

kerakki,  1991–2016  yillarda  9  300  km  past  kuchlanishli  elektr  uzatish  tarmoqlari 

modernizatsiyalangan  va  qurib  bitkazilgan  edi,  bu  esa  qariyb  2,7  barobar  kam. 

So‘nggi  yillarda  9 575  ta  transformator  punkti  modernizatsiya  qilindi  va 

yangilandi,  bu  esa  jami  transformator  punktlarining  60  foizini  tashkil  qiladi.  Shu 

yilning  o‘zidayoq  o‘tgan  yilga  nisbatan  13  foiz  yoxud  26  300  km  ko‘proq  past 

kuchlanishli  elektr  uzatish  tarmoqlari  hamda  16  foiz  ko‘proq  yoxud  9  000  dan 

ziyod transformator podstansiyalari taʼmirlanadi. 

2021–2030  yillarda  0,4–110  kV  kuchlanishli  tarmoqlarni  rekonstruksiya  va 

modernizatsiya qilish bo‘yicha belgilangan ishlar jadal davom ettirilmoqda. Unga 

ko‘ra  130  ming  km  elektr  uzatish  tarmoqlari  va  40  mingdan  ortiq  transformator 

punktlari bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinadi hamda yangilanadi. 


Download 346,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish