1-mavzu. Kirish «Yo‘nalishga kirish»


Energiya  ishlab  chiqarish



Download 346,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana22.01.2022
Hajmi346,78 Kb.
#400147
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza

Energiya  ishlab  chiqarish. 

Energetika sohasida qanday islohotlar ro‘y bermasin, 

natija, yaʼni O‘zbekiston aholisi va iqtisodiyotini energiya zaxiralari bilan barqaror 

taʼminlash muhim. Salkam 10 yildan keyin elektr energiyaga ehtiyojning ikki karra 

o‘sishi  haqida  darak  beruvchi  tahliliy  bashoratlarni  inobatga  olsak,  Energetika 

vazirligi  va  yoqilg‘i-energetika  majmuasining  asosiy  vazifalaridan  biri  –  yangi 

elektr  stansiyalar,  shu  jumladan,  IES  qurish,  QTEM  ni  rivojlantirish,  QTEM 

asosida  boshqa  yangi  loyihalarni  izlash  va  amalga  oshirish,  GES,  shu  hisobda 

kichik GES imkoniyatlarini yana-da kengaytirishdan iborat. 

 

Dunyodagi  shu  jumladan  mamlakatimizdagi  barcha  elektr  stansiyalarida, 



elektr  generatorlar  o’rnatilgan  bo’lib,  ular  elektr  energiyani  ishlab  chiqaradi.  Uni 

ishlab  chiqarilgan  elektr  energiyani  uzoq  masofalarga  kam  isrofda  uzatish  va 

istemolchilarga taqsimlash uchun esa transformatorlar ishlatiladi. 

Bundan  tashqari  sanoat  va  transportning  zamonaviy  texnik  holati  ularni 

elektr  energiya  bilan  yuksak  ta’minlanganligi  orqali  belgilanib,  bunda  elektr 

mashinalari hal qiluvchi vazifalarni bajaradi. 

Respublikamizda  mahsulot  ishlab  chiqarayotgan  yirik  sanoat  korxonalari 

anchagina  bo‘lib,  ulardagi  turli  dastgohlarni  va  yuk  ko‘taradigan  kranlarni 

yuritishda  hamda  bu  korxonalardagi  avtomatik  sistemalarda  elektr  mashinalari  va 

transformatorlar hal qiluvchi vazifalarni bajaradi. 

Demak,  elektr  mashinalari  va  transformatorlarning  rivojlanishi  haqida 

ma'lumotlar  hamda  ularning  energetikada  va  sanoatda  tutgan  o‘rnini  yoritishda 

ushbu o‘quv qo‘llanmaning ro‘li muhimdir. 



Elektr  mashinalari  energetik  qurilmalarning  asosiy  elementlari  hisoblanadi  va 

turli  xil  mexanizmlarda,  transportda,  aloqa  va  boshqa  joylarda  ishlatiladi.  Elektr 

mashinalari mexanik energiyanni  elektr energiyasiga aylantirib generator rejimida 

yoki, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib motor rejimida ishlaydi.

1

 

Elektr  mashinalarining  asosiy  afzalligi  ularning  foydali  ish  koeffitsiyentining 



95-99%  tashkil  etishidir,  shuningdek  gabarit  o‘lchamlarining  va  massasining 

kichikligidir. 

Elektr mashinalarining quvvati turlicha bo‘lishi mumkin. 

Elektr  mashinalarining  yaratilishida  M.  Faradey,  D.  Maksvell  va  E.  Lenslar 

tomonidan  elektromagnit  induksiya  qonunining  kashf  etilishi  asos  bo‘lib  xizmat 

qilgan. 


XIX  asrning  o‘rtalarida  elektr  mashinalari  va  transformatorlarning  birinchi 

namunalari paydo bo‘lgan bunda B.S. Yakobi, P.N. Yablochkov va M.O. Dolivo-

Dobrovolskilarning xizmatlari katta bo‘lgan. 

XIX  asrning  oxiri  va  XX  asrning  boshlarida  elektr  mashinalarining  barcha 

turlari va ularning nazariyasi yaratildi.  

Elektr  mashinasozligida  elektr  mashinalarini  hisoblashda,  ularning  o‘tish 

jarayonlarini taxlil qilishda quyidagi olimlarning xizmatlari juda katta bo‘lgan: 

А. Е. Alekseev, B. P. Aparov, А. I. Vajnov, А. I. Vol’dek, F. А. Goryainov, А. А. 

Goryev,  D.  А.  Zavalishin,  V.  Т.  Kas’yanov,  М.  P.  Kostenko,  К.  А.  Krug,  V.  S. 

Kulebakin,  S.  I.  Kurbatov,  А.  N.  Larionov,  R.  А.  Lyuter,  G.  N.  Petrov,  L.  М. 

Piotrovskiy,  V.  А.  Tolvinskiy,  I.  D.  Urusov,  Yu.  S.  Chechet,  К.  I.  Shenfer  va 

boshqalar

Keyingi yillarda yangi elektrotexnik qurilmalar yaratildi. 



Bunday  qurilmalarga  elektr  energiyani  statik  o‘zgartkichlar  (to‘g’irlagichlar, 

invertorlar,  chastota  o‘zgartkichlar).Ular  elektr  mashinaviy  o‘zgartkichlarni 

sekinlik bilan siqib qo‘ymoqda.Kelajakda ular elektr generatorlari bilan bellashishi 

mumkin.  Tuzilishi  yangi  bo‘lgan  elektr  motorlari  paydo  bo‘ldi,  ularning 

qo‘zg’aluvchi qismi aylanmaydi balki chiziqli harakatlanadi.  

 

1



 Копылова И.П. Электрические машины: Учебник для бакалавр. – Москва:. Юрайт, 2012. 6 ст. 


Ammo kelajakda elektr mashinalari elektr energiyasining asosiy manbasi bo‘lib 

qoladi. 


Elеktr  mashina  mеxanik  enеrgiyani elеktr  enеrgiyaga    (

elеktr  gеnеratorlari

yoki  elеktr  enеrgiyani  mеxanik  enеrgiyaga  (



elеktr  motorlari

)  aylantira  oladigan 

elеktromеxanik  o‘zgartgich  (EMO‘)dir.  Elеktr  mashinalarida  enеrgiyaning 

elеktromеxanik  o‘zgartirilishi  magnit  maydon  vositasida  amalga  oshirilib, 



elеktromagnit induktsiya qonuniga asoslangan

; shuning uchun ham ularni 



induktiv 

elеktr  mashinalari 

dеyiladi.  O‘zgaruvchan  tok  kuchlanishini  o‘zgartirib  bеruvchi 




Download 346,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish