3.Mustaqil ishini rasmiylashtirish tartibi
Talabalar mustaqil ishlarni rasmiylashtirishda fanning xususiyati kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Masalan, ba’zi bir fanlardan kurs ishi (loyihasi)ni va hisob-grafik ishlarini bajarish, maketlar, modellar va namunalar yaratish uchun kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy ko‘rsatmalarda belgilangan hajmda, fanlardan berilgan mavzu bo‘yicha referatlar tayyorlash esa kompyuterlarda kamida 10-15 sahifali hajmda, ilmiy maqola, anjumanlarga ma’ruza tezislarini tayyorlash belgilangan hajmda rasmiylashtiriladi.
4.Mustaqil ishining axborot ta’minoti
Talaba uchun muayyan fan bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari (yoki etakchi dotsentlari) tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchilar ishtirokida tuziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Talabalarga berilgan topshiriqlarda mustaqil ishni bajarish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berish lozim bo‘ladi.
Mustaqil ishlarni bajarish uchun talabalarga axborot manbaasi bo‘lib darslik va o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami va banki , ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog‘idagi soha bo‘yicha ma’lumotlar, me’yoriy hujjatlar va boshqalar xizmat qiladi.
Kafedra mudiri va fakultet dekanlari taqdimnomasi asosida institut rahbariyati talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy axborot manbaa va vositalarini belgilaydi va lozim bo‘lganda talabalarga turli kutubxonalar, muzeylar, tarmoq muassasalari va korxonalarida mustaqil ish uchun zaruriy ma’lumotlar to‘plash yuzxasidan so‘rovnoma xatlari rasmiylashtiradi.
Institut rahbaryati tomonidan talabalarga mustaqil ishlarni o‘z vaqtida bajarish uchun kompyuter texnikasi va Internet tarmog‘idan samarali foydalanish uchun shart-sharoit yaratib beriladi, talabalarning mavjud zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ishlashlari uchun aniq jadvallar ishlab chiqiladi va nazorat qilinadi.
5.Mustaqil ishni bajarish muddatlari va topshiriqlari
5310900-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (paxta, to‘qimachilik va engil sanoat) ta’lim yo‘nalishidagi bakalavrlar uchun fanlardan mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmada fanlar bo‘yicha mustaqil ish mavzularini topshirish muddatlari keltirilgan bo‘lib, joriy baholash va oraliq nazorat oluvchi professor-o‘qituvchilar tomonidan qabul qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |