5- AMALIY MASHG’ULOT
PAXTA TOLASI PISHIB YETILGANLIGINI ANIQLASH
Ishning maqsadi:
Taqqoslash usuli bilan paxta tolasini pishib etilganligini aniqlashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1.Quyida keltirilgan iboralarning ta’rif va qoidalari yozilsin:
-tolaning pishib etilganligi;
2.Tolaning pishib etilganligini ko‘rsatuvchi etalonlar bilan tanishilsin;
3.Paxta tolasining pishib etilganligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya usuli yozilsin.
Ishni bajarish tartibi:
O‘n dona preparat tayyorlanib, mikroskopda paxta tolasi bo‘ylama ko‘rinishi bo‘yicha qaralsin. Har bir preparatdan 25 donadan tola tasviri ketma-ket qaralib, uning etalon tasvlari bilan taqqoslanib pishib etilganligi tekshiriladi va olingan natijalar jadvalga yoziladi.
27-rasm. Paxta tolasining pishib etilganligini aniqlash uchun etalon.
Paxta tolasining pishib etilganlik darajasi deb, tolaning sellyuloza bilan to‘yinganligi bo‘lib, tola tarkibidagi sellyuloza moddasini ortib borishi natijasida tola devor qatlamining qalinlashib borishi tushuniladi.
Buning uchun har bir tola tasviri ya’ni shakl tuzilishi tolaning etalon tasvirlari bilan taqqoslanadi. Mikroskopdagi namunaning tasviri etalondagi qaysi tolaga o‘xshashligi aniqlanadi.
Etalondagi tolalar tasviri pishib etilganlik darajasi bo‘yicha joylashtirilgan bo‘lib, tolalarning quyi qismida pishib etilganlik koeffitsient (qiymat) lari keltirilgan. Unga ko‘ra 0,0; 0,5; gacha koeffitsientlardagi tolalar umuman pishmagan, 1,0; 1,5; 2,0; gacha koeffitsientlardagi tolalar pishgan; 2,0; 2,5; 3,0; gacha koeffitsientlardagi tolalar me’yorida pishgan, 4,0; 4,5; 5,0; gacha koeffitsientlardagi tolalar o‘ta pishgan ko‘rinishlarida ifodalanadi.
Certus Light mikroskopi.
Tolalarning tuzilishi ularning pishganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Pishmagan (o‘lik) paxta tolasi yassi, tasmasimon, yupqa devorli bo‘ladi va o‘rtasida keng quvuri, bo‘shlig‘i bor. Tolalar pishgan sari devorlariga sellyuloza yig‘iladi va devorlari qalinlashadi va quvuri torayadi, tolalar buramdor bo‘lib qoladi. Pishgan paxta tolalarining bo‘ylama ko‘rinishi spiralsimon buralgan yassi naychalardan iborat. Eng pishgan tolalar o‘rtasida quvuri kichik bo‘lib, tola silindrik shaklida bo‘ladi (36-rasm). Paxta tolalari bo‘shlig‘ining bir tomoni ochiq bo‘ladi. Paxta tolasining ko‘ndalang kesimi ham pishganlik darajasiga bog‘liq. Umuman pishmagan tolalarning ko‘ndalang kesim yuzi tasma, pishmaganlarniki esa loviyasimon, pishgan tolaniki ellips va eng yaxshi pishgan tolalarniki esa doira ko‘rinishida bo‘ladi.
|
|
28-rasm.Paxta tolasi devor qatlamining shakllanishi (pishmagan tola).
|
|
|
29-rasm.Pishgan paxta tolalarining mikroskopdagi tasviri.
|
|
|
30-rasm.O‘ta pishgan paxta tolalarining mikroskopdagi tasviri.
|
|
|
31-rasm.Me’yorida pishgan paxta tolalarining mikroskopdagi tasviri.
|
Etalon bilan taqqoslab topilgan tolalarning pishib etilganlik koeffitsientlari qiymatlari quyidagi 9-jadvalga yoziladi.
9-jadval
Tolalar raqami
|
Preparatning tartib raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Jami
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
....
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
25
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
∑
|
YUqoridagi jadval to‘ldirilgandan so‘ng, quyidagi hisoblar bajarilishi kerak. YA’ni pishib etilganlikni ko‘rsatuvchi o‘rtacha koeffitsient quyidagi tenglama asosida hisoblanadi:
bu erda: - barcha tolalarning pishib etilganlik koeffitsientlarining yig‘indisi.
O’zDst 618-2015 standartidan foydalangan holda namunadagi tolalarning pishib etilganlik koeffitsientiga qarab ularning navi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |