6- AMALIY MASHG’ULOT
PAXTA TOLASI CHIZIQIY ZICHLIGINI ANIQLASH
Ishning maqsadi:
Gravimetrik usuli bilan paxta tolasini chiziqiy zichligini aniqlashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1.Quyida keltirilgan iboralarning ta’rif va qoidalari yozilsin:
-chiziqiy zichligi- yo‘g‘onligi -(gr/km;mg/m;teks) ;
-tolaning ingichkaligi Nm-nomer (mm/mg);
2.Paxta tolasining chiziqiy zichligini aniqlash usuli yozilsin va keskichning shakli chizilsin.
Ishni bajarish tartibi:
Tolalarning chiziqiy zichligini aniqlash uchun shtapel (taram) tayyorlanadi. 10 dona preparat tayyorlab, mikroskop yordamida tolalar soni sanaladi. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:
10-jadval.
Preparat raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Tolalar sonining jami
|
Tolalar soni
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
CHiziqiy zichlik-tola vaznining uning uzunligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi.
CHiziqiy zichlik quyidagi tenglama asosida aniqlanadi:
; (g/km;mg/m)
bu erda: T- chiziqiy zichlik, mteks, teks; m-vazn, gr;mg; L-uzunlik,km;m;
CHiziqiy zichlik 1 teksdan kichik bo‘lsa, unda mteks birligida ifodalanadi (1 teks=1000 mteks), agar katta bo‘lsa kteksda o‘lchanadi (1 teks=0,001kteks).
Tolaning chiziqiy zichligi uning ko‘ndalang o‘lchamlarini belgilaydi. SHuning uchun, tolaning ko‘ndalang kesimini yoki yuzini aniqlash kerak bo‘ladi. Biroq buni bajarish qiyinroqdir. Birinchidan, shunday ingichka jism- tolaning qalinligini o‘lchash amalda qiyin; ikkinchidan, uning qalinligi butun uzunligi bo‘yicha bir xil emas; uchinchidan, tolaning ko‘ndalang kesimi butun uzunligi bo‘yicha har xil shakl vao‘lchamda bo‘ladi. SHuning uchun to‘qimachilik tolalarining ko‘ndalang o‘lchamlari nisbiy kattaliklar bilan o‘lchanadi.
Certus Light mikroskopi.
Nomer-tola uzunligining massasiga bo‘lgan nisbati bo‘lib, u quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
, (mm/mg;m/g)
Paxta tolasining chiziqli zichligini gravimetrik usul bilan aniqlash mumkin. Buning uchun yakuniy piltadan 35-40 mg atrofida qo‘l yordamida shtapel tayyorlanadi. Qisqich №1 yordamida shtapelni tekis tomonidan 16 mm belgilab qisib olinadi. Undan so‘ng, shtapelni oldin siyrak keyin zich taroq yordamida asta sekin oldin tekis tomoniga yaqin uchidan, keyin o‘rtasidan va nihoyat qisqichga yaqin joydan taray boshlaymiz. Taralgan tolani qisqich №1 dan bo‘shatib, chap qo‘limiz bilan qisib va ikkinchi uchini yana oldin siyrak, keyin zich taroq bilan ikki marotaba tarab tashlaymiz. Keyin shtapelni 10 qismga bo‘lib, har bir qismini siyrak qilib preparat tayyorlanadi.
120-250 marotaba kattalashtirilgan mikroskop ostida preparatdagi tolalar sanab chiqiladi. Tolalarning umumiy soni 2500-3000 bo‘lishi kerak.
Tolalarni sanab bo‘lgandan so‘ng, hamma preparatdagi tolalarni tekis tomoniga birlashtirib yana bir marta tarab tashlanadi va taralgan tolalarni sanab, umumiy tolalar sonidan ayirib chiqariladi. Keyin shtapelni kesish qisqichiga joylashtiriladi va uning o‘rtasidan 10 mm uzunlikdagi qirqim qirqiladi.
Tolalar GOST 10681-75 ga asosan kamida 4 soat ushlab turiladi ( , ).
Keyin shtapelni kesilgan o‘rta qismi va chetki ikkita qismi alohida-alohida qilib tarozida 0,05 mg aniqlikda og‘irligi o‘lchanadi.
Tolaning chiziqli zichligi quyidagi tenglama asosida aniqlanadi:
; (mteks).
bu erda: mo‘r- keskichda kesilgan tolalarning o‘rta qismi og‘irligi, mg; lo‘r-namunaning kesilgan o‘rta qismi uzunligi, mm; n-tolalarning umumiy soni.
Paxta tolasining ingichkaligi, ya’ni metrik nomeri quyidagi formula bilan hisoblanadi:
;(mm/mg).
1 mg og‘irlikka to‘g‘ri keladigan tolalar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi.
bu erda: mo‘r- keskichda kesilgan tolalarning o‘rta qismi og‘irligi, mg; mchet- qirqilgan shtapel tolalarning ikki chet qismining og‘irligi, mg;
32-rasm. Kesish qisqichining shakli.
1- o‘q; 3,4 - pichoqlar; 2,5-plastinalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |