Gazlamalarning issiqni saqlash xususiyatlari qishki kiyimlik gazlamalar uchun ayniqsa muhimdir. Bu xossalar gazlamaning tola tarkibiga, qalinligiga, zichligiga va pardoziga bog’liq bo’ladi. Jun gazlamalarning issiqni saqlash xossalari eng yuqori, zigir tolali gazlamalarniki eng pastdir.
Bosish, tuk chiqarish, prеsslash jarayonlari gazlamalarning issiqni saqlash xossalarini yaxshilaydi. Ko’p qatlamli o’rilishlarni ho’llash, tuk chiqarish natijasida gazlamada ko’p havo qatlamlari hosil bo’lib, ular gazlamaning issiqni saqlash xossalarini kuchaytiradi. Tarab tuk chiqarilgan qalin, zich jun gaz lamalarning issiqni saqlash xossalari eng yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |