6.Talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash Har bir fan bo‘yicha talabaning mustaqil ishiga ajratilgan yuklama (ishchi o‘quv rejasini 12-ustunida keltirilgan) professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejasini tashkiliy-uslubiy bo‘limida qayd etiladi.
Talabaning kurs ishi (loyihasi)ni hamda malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashga rahbarlik qilish uchun ajratilgan soatlar professor-o‘qituvchi shaxsiy ish rejasini o‘quv ishlari bo‘limidan qayd etiladi.
Talabalar mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada fakultet dekani bilan kelishilgan holda tuzilgan va institut rektori tomonidan tasdiqlanadigan 2- mustaqil ishlar (dars) jadvali asosida amalga oshiriladi.
Talabalarning mustaqil ishi bo‘yicha konsultatsiya soatlari va talabalarning qatnashuvi guruh jurnalida qayd etib boriladi.
Talabalar mustaqil ishini olib borish guruhda o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalarning mustaqil ishi fanning ishchi o‘quv dasturida mustaqil ishga ajratilgan soatlarga mos reyting ballari bilan baholanadi fan bo‘yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi.
Talabaning reyting ko‘rsatkichlari (shu jumladan mustaqil ish bo‘yicha), guruh reyting oynasida va (yoki) fakultetning maxsus elektron tarmog‘ida yoritib boriladi.
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari kafedra tomonidan ishlab chiqariladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarini baholash mezonlari talabalarga o‘quv yili (semestr) boshlanishi oldidan uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi va kafedraning e’lonlar doskasida o‘z aksini topadi.
Mustaqil ish bo‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 55 %dan kam ball to‘plagan talaba fan bo‘yicha yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi.
Fanlardan talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlari va fakultet ilmiy kengashlarida muhokama e’tib boriladi.
Talabaning mustaqil ishi (kurs ishi, kurs loyihasi, referatlar, bitiruv malaka ishi) kafedra arxivida ro‘yhatga olinadi va o‘quv yili mobaynida saqlanadi.
Talabaning kurs ishi (loyihasi)ni hamda malakaviy bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini ro‘yxatga olish va saqlash.
Institutda yuqori darajada baholangan talabalarning tarkibi tegishli me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi mustaqil ishlari ma’naviy va moddiy rag‘batlantiriladi.