1-mavzu. Kirish. Qoraqalpog’iston hududidagi qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri. Reja


-mavzu. Qoraqalpog‘iston totalitar tuzumning shakllanish davrida



Download 181,33 Kb.
bet12/16
Sana05.04.2023
Hajmi181,33 Kb.
#924925
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-mavzu. Kirish. Qoraqalpog’iston hududidagi qadimgi sivilizatsi

11-mavzu. Qoraqalpog‘iston totalitar tuzumning shakllanish davrida
(1925-1941 yy.)


Reja:
1. Qoraqalpog‘iston Avtonom oblastining tuzilishi va uning Avtonom Respublikaga aylantirilishi.
2. Sovet xukimatining 1925-1941 yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi siyosati
3. XX asrning 20 - 40 yillaridagi siyosiy qatog‘onliklar.


Аdabiyotlar:
1.Алланиязов Б. Аллаяр бас болды Қарақалпаққа. Н.1996.
2.Бабашев Ш. Қарақалпақстан Республикасы тарийхындағы сиясий қурбанлар Н. 2003
3.Бабашев Ш. Жазықсыз жазаланған қурбанлар. Н. 2007.
4.Бабашев Ш. Дөҳмет дегиши. Н. 2009.
5.Байниязов Қ. Аллаяр Досназаров. Н. 1987, 1991.
6.Есбергенов Х. Ардақлы азамат. Н. 2009.
7.Елмуратов Ы., Гришанович А. Қарақалпақстанда ҳаўа транспортының пайда болыўы ҳәм раўажланыўы тарийхынан. Н. 1998.
8.Камалов С.К. Қарақалпақлардың халық болып қәлиплесиўи ҳәм оның мәмлекетлигиниң тарийхынан Н. 2001
9.Қарақалпақстанның жаңа тарийхы Н. 2003
10.Қощанов Б.А., Ҳакимниязов Қ.А. Қарақалпақстанда 1929-жылғы халық көтерилиси: тарийхы, тарийхнамасы, дереклери. Н. 2015.
11.Сарыбаев К. История орошения Каракалпакстана Н. 1995.

Milliy-hududiy chegaralash siyosati qoraqalpoq xalqi tarixida uning taqdirini xal qilishda g‘oyat muhim axamiyat kasb etgan. Mazkur siyosat natijasida Qozog‘iston SSR tarkibida Qoraqalpoq avtonom oblasti tashkil etilgan.


1925 yil 12-19 fevralida To‘rtko‘l shahrida A.Dosnazarov raisligida Qoraqalpoq avtonom oblasti 1-sovetining ta’sis s’ezdi bo‘lib o‘tdi. S’ezdda qonuniy asosda Qoraqalpoq Avtonom Oblasti tashkil topganligi rasmiylashtirildi. S’ezdda oblast hokimiyatining rahbar organi QAO ijroiya qo‘mitasi saylandi. Oblast ijroiya qo‘mitasi raisi etib A.Qudabaev tayinlandi. Keyinchalik ushbu qaror Qizilorda shahri V-Umumqozog‘iston Sovetlari s’ezdi (15-19.04.1925 y) va XІІ – Umumrossiya Sovetlar s’ezdida (11.05.1925 y) tasdiqlandi.
QAO o‘troq - dehqonchilik va chorvador - ko‘chmanchi tumanlarga bo‘lindi. O‘troq - dehqonchilik tumanlarga To‘rtko‘l okrugining beshta volosti, Chimboyning yetti volosti, Xo‘jaylining to‘rtta volosti va Qo‘ng‘irotning uchta volosti mansub edi. Chorvachilik-ko‘chmanchilik tumanlarga esa To‘rtko‘l okrugining uchta volosti va bitta Chimboy volosti kiritildi. 1926 yil aholi soni ruyxatiga ko‘ra QAO da qoraqalpoqlar 38,1 %, qozoqlar aholi sonining 28,5%ni, o‘zbeklar 27,6%, turkmanlar 3,2 %, boshqa millatlar 2,7%ni, umumiy aholi soni esa 298.212 kishini tashkil etgan.
«Okrug va volostlarni bartaraf etish hamda Qozog‘iston ASSR QAOda tumanlar tashkil qilish haqidagi yo‘riqnoma»ga asos QAOda 112 ta ovul kengashlaridan iborat 11 tuman tashkil qilindi. Bo’lar: Tomdi, To‘rto‘l, Shobboz, Chimboy, Taxtako‘pir, Qorao‘zak va Kegayli, Xo‘jayli, Qipchoq, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari edi.
Oradan 3 yil o‘tgach 1930 yil 20-iyulda QAO Qozog‘iston ASSR tarkibidan chiqarib olindi va bevosita RSFSR qaramog‘iga o‘tkazildi. 1932 yil 11 mayda RSFSR VSIK va SNKning «QQASSR davlat tuzilish haqidagi qoidasini tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq qayta shakllantirildi.
1936 yil 15 noyabrda QQASSR Sovetining ІІІ navbatdan tashqari s’ezdi bo‘lib o‘tdi va unda SSSR Konstitutsiyasi loyihasi muhokama qilinib ma’qullandi va unda QQASSR O‘zSSR tarkibiga o‘tganligi ko‘rsatib o‘tildi. 1937 yil 14 fevral kuni bo‘lib o‘tgan O‘zSSR sovetining VI navbatdan tashqari s’ezdida O‘zSSR Konstitutsiyasi qabo’l qilinib, o‘ning 20 moddasida QQASSRning aloxida xususiyati atab ko‘rsatildi.
QQASSRning O‘zSSR tarkibiga kiritilishi o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari turmushida katta siyosiy ahamiyat kasb etdi. Ularni nafaqat ma’muriy chegaralar, balki iqtisodiy, savdo, madaniy va ma’naviy munosabat rishtalari ham bog‘lab turadi. Ikkinchi Jahon Urushigacha bo‘lgan yillar tarixi kulfatli sahifalar bilan to‘lib toshgan. Stalinning repressiv mashinasi butun Sovet ittifoqi hududida ishlab turardi. Masalan, qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish siyosati aholi bardoshining tugashida oxirgi tomchi vazifasini o‘tadi va oxir-oqibat «kontrrevolyusion gurux»larning vujudga kelishiga sababchi bo‘ldi.
Mana shunday «kontrrevolyusion guruh»lardan biri Chimboy tumanida joylashgan edi va 18 sentabr kuni OGPU vakili ushbu tashkilot rahbarlarini qamoqqa olishga sanksiya berdi. 1929 yil 19-21 sentabr kunlari OGPU organi xodimlari tomonidan ishtirokchilarning bir qismi qamoqqa olindi, qolgan qismi esa 27 sentabr kuni Taxtako‘pir tumanida qurolli qo‘zg‘olon ko‘tardi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qo‘zg‘olonda 8 nafar diniy arbob, 18 nafar boylar, 5 nafar sobiq kommunist, o‘rtaxol va kambag‘allar aholi vakillari ishtirok etishgan. Tashkilot rahbarlari sifatida Abdijalil Ismetullaev, Barliqboy Nurumov, Karimberdi oxun Nurullaev va boshqal’ar harakat qilishgan.
O‘z navbatida Abdijalil Ismetullaev Chimboy va Taxtako‘pir tumanlaridagi ovullardan 60 ta odam to‘plagan va vintovka, berdanka va ov miltiqlari bilan qurollangan holda 26 sentabrda yig‘ilish o‘tkazishgan. Unda Abdijalil Ismetullaev «Sovetlar hokimiyati hozirgi paytda eng qiyin davrlarni boshidan kechirayotganligi va mavjud vaziyatdan chiqish yo‘lini topa olmay, aholini haddan tashqari ko‘p soliqlar solib qiynayotganligi, aybsiz odamlar qamoqqa olinayotganligi hamda noinsoniy harakatlar bilan islom dinini oyoqosti qilayotganligi» haqida gapirgan.
So‘nggi tomchi qoni qolgungacha islom dini yo‘lida kurash olib borishga qasamyod qilgan qo‘zg‘olonchilar «fotiha» olgach tashkiliy masalalarni hal qilishga kirishishgan. Qo‘zg‘olonga umumiy rahbarlik qilish vazifasi Abdijalil Ismetullaev zimmasiga yuklatilgan. Hujjatlarda ushbu holat uni «xon» sifatida saylandi deb qayd qilingan.
Otryadlarga harbiy qo‘mondonlikka Barliqbay Nurumov tayinlangan. Hakam (qozi) sifatida esa Karimberdi oxun Nurullaevni saylashgan. Yig‘ilishda, shuningdek, 27 sentabr kuni kunduzi Taxtako‘pirga hujum uyushtirish va so‘ngra Chimboyga, ya’ni qamoqqa olinganlarni ozod etish uchun hujum qilish haqida qaror qabo’l qilingan. So‘ngra esa rejaga ko’ra Kegayli va Chimboy tumani aholisi qo‘zg‘olon ko‘tarishi belgilangan edi. Taxtakupir qo‘zg‘oloni 1929 yil 27 sentabrdan 7 oktabrgacha 12 kun davom etdi va u oxir-oqibat bostirildi. Ushbu qo‘zg‘olon juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Qurolli qo‘zg‘olon sabablari nafaqat Toshkentni - O‘rta Osiyo VKP (b) MQ byurosida, balki Sovet Ittifoqi VKP (b) MQni ham qiziqishiga olib keldi. 1929 yil 12 noyabr - 13 dekabr kunlari Chimboy shahrida «Taxtako‘pir qo‘zg‘oloni ishtirokchilari» bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Davlat ayblovchilarini tinglab bo‘lgach sayyor sessiya tomonidan 16 kishi oliy jazo – otib o‘ldirish, 4 kishi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish, 3 kishi 8 yilga, 4 kishi 6 yilga va h. qamoq jazolarini tayinlash haqida hukm chiqarildi.
Undan keyin 1936 yil dekabrida va 1937 fevral-mart oylarida bo‘lib o‘tgan VKP (b) MQ Plenumidan so‘ng yanada kuchga kirgan holda siyosiy repressiyalar boshlandi. Mahalliy rahbarlar troskiy-buxarin kontrrevolyusion guruhi bilan aloqal’arda ayblanib, qamoqqa olindi hamda keyinchalik otib o‘ldirildi. Ular qatorida Qoraqalpog‘istonning oliy boshqaruv organlarining ko‘zga ko‘ringan vakillari A.Dosnazarov, A.Qudabaev, Q.Auezov, I.Aliev, K.Nurmuxamedov, D.Rizaev, K.Baltaev, K.Allabergenov, J.Qurbanov, O.Bekimbetov, S.Toreev va boshqa yuzga yaqin insonlar bor edi. 1937 yil may oyidan 1938 yil sentabr oyigacha bo‘lgan davr ichida jami 500 dan ortiq rahbar xodimlar qamoqqa olindi. Shuningdek, aholining ziyolilar qatlamiga mansub S.Majitov, R.Majitov, I.Fazilov, X.Abdixaliqov singari namoyondalari, o‘qituvchi, pedagog, san’at va madaniyat vakillari ham repressiyaga duchor qilindi. Umumiy hisobda Qoraqalpog‘istonda 10 mingdan ziyod kishi repressiya qilingan.
Turmush haqiqatini tasvirlash asosiy vazifa sifatida olingan sotsialistik realizm sovet san’ati va adabiyotining asosiy yo‘nalishi sifatida tan olingan edi. 1920-30 yillarda Qoraqalpog‘istonda Q.Avezov, Q.Maulik, S.Majitov, A.Musaev, S.Nurumbetov, A.Dabilov, A.Otepov, I.Fazilov, N.Davkaraev, A.Begimov, D.Nazbergenov, M.Daribaev, A.Shamuratov va boshqal’ar ijodkorligi bilan ko‘zga tashlana boshladi.
Qoraqalpog‘istonda teatr san’ati – eng yosh soha hisoblanadi. Uning shakllanishi va rivojlanishida o‘zbek, tatar, va boshqa xalqlar teatr madaniyati katta o‘rin egallagan. Qoraqalpoq teatr san’ati XX asr boshlarida tashkil etilgan drama to‘garaklari asosida vujudga kelgan. 1917 yil oxirida Petroaleksandrovskda (To‘rtko‘l) soldatlar havaskorlik to‘garagi faoliyat yuritgan. Ushbu jamoada turli millat vakillari – qoraqalpoq, o‘zbek, ukrain, qozoq, tatar, turkman, tojik va boshqal’ar millat vakillaridan iborat edi. Shu boisdan teartr repertuari ham irternatsional xarakterga ega bo‘lgan.
1919 yil To‘rtko‘lda birinchi davlat san’at muassasasi – musiqali drama jamoati bo‘linmasi ochildi va Amudaryo bo‘limi havasqorlik to‘garaklarini birlashtirish, ularni boshqarish, shaharlarda to‘lamli spektakl va konsertlar tashkil qilish uning vazifasi qilib belgilandi. Shuningdek, markaziy tumanlardan malakali professional jamoalarini taklif qilish topshirildi.



Download 181,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish