Imperator – lotincha «hukmdor», Rimda dastlab – faxriy harbiy unvon, keyinchalik mutlaq hukmdorga tegishli nom.
Kohinlar – ibodatxona ruhoniylari.
Koloniyalar – qadimgi davrlarda o‘z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar.
Konsul – Respublika davrida Rimdagi oliy siyosiy lavozim. Har yili saylangan ikki nafar konsul Senat va armiyaga rahbarlik qilgan.
Neandertal odami – o‘rta paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam. Uning suyak qoldiqlari dastlab Germaniyadagi Neandertal vodiysidan topilgan.
N’om – yunoncha «viloyat» tushunchasini anglatagi. Misrdagi ilk davlat.
Nomarx – Qadimgi Musrda ilk davlatning hukmdori.
Papirus – yozuv yozish uchun ishlatiladigan qamish poyasining mag‘zi.
Patritsiylar – Rimning qadimgi tub aholisi.
Piramida – mahobatli tosh inshoot, fi r’avnlar maqbarasi.
Pitekantrop – Antropologiya fanida zinjantrop va sinan trop singari «tik turib yuruvchi odam» deb atalgan. Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam.
Plebeylar – Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlodlari.
Polis – yunoncha «shahar».
Respublika – «umumiy ish» ma’nosini anglatadi; tuzum nomi.
Sinantrop – «xitoy odami» ma’nosini anglatadi. Ilk paleolit
davrida yashagan ibtidoiy odam.
Senat – «Oqsoqollar kengashi» ma’nosini anglatadi.
Sun’iy sug‘orish – kanallar va ariqlar yordamida ekinlarni sug‘orish.
Sfi nks – gavdasi sherniki va boshi insonniki bo‘lgan, piramidalarni qo‘riqlovchi ulkan haykal – afsonaviy mavjudot.
Termalar – Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari.
Falanga – og‘ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf tortishi.
Falsafa (fi losofi ya) – yunoncha «fi lo» – sevish, «sofi ya» – donishmandlik tushunchalarini anglatadi.
Fir’avn – Misr hukmdori; «ulug‘ xonadon» ma’nosini anglatadi.
Forum – Rimda yig‘ilish joyi va savdo-sotiq maydoni bo‘lib xizmat qilgan shahar markazi.
Xronologiya – asrlar, davrlar, vaqt o‘lchovi haqidagi fan; turlituman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi.
Sivilizatsiya – qadimdagi jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak darajasi (shaharlar, yozuv va davlatlarning rivojlanishi).
Shahar-davlat – tevaragidagi hududlarni tasarrufi ga olgan o‘zini-o‘zi boshqaruvchi shahar.
Ellinlar – qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday atalgan.
Etnografi ya – yunoncha atama bo‘lib, «xalqlar tavsifi » ma’nosini anglatadi.
Qul – o‘zga bir kishining mulki bo‘lgan va ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan erksiz odam («so‘zlovchi mehnat quroli»); qul ni sotib olish va sotib yuborish mumkin bo‘lgan.