2.Fanning klassifikatsiyasi
Bugungi kunda fan klassifikatsiyalashtirilgan. Fanning klassifikatsiyasi yo’nalishi tarix, falsafa va alohida fanlarning o’zaro munosabatlari asosida ajralib chiqishidir. Bu jarayon uch bosqichga bo’linadi:
Bu qadimgi ajralmagan falsafa va o’rta asr falsafasi dastlabki qismidir.
XV-XVII asr – differentsiatsiyasi, ya’ni ilm-fanning bir–biridan ajralishi va alohida sohalarga bo’linishi.
Fanning alohida sohalari va sintetik fanlarning yuzaga kelishi.
Bugungi kunda fan va bilim ishlab chiqaruvchi kuch sohasidir. Bu soha katta moddiy bazaga va aloqa tizimiga ega.
Zamonaviy fan bizning hayotimizga tobora chuqur kirib kelmoqda. Faqatgina ijtimoiy institutlarga emas, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga va sanoatga shu qatori siyosat, harbiy soha va har qanday davlatning ijtimoiy – iqtisodiy kuchini faktori bo’lib, juda katta mablag’ sarf qilishni talab etadi. Aniq va texnik fanlar qatorida zamonaviy jamiyatda jamiyatshunoslik, ijtimoiy yo’nalishlarni belgilashda va insonni har tomonlama o’rganishda katta ahamiyatga egadir. O’zining kelajagini o’ylayotgan jamiyat fan taraqqiyoti uchun ajratiladigan mablag’ning o’sishi haqida qayg’uradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |