Mavzu Fanning asosiy bo‘limlari
Mehnatni muhofaza qilish fani asosan quyidagi 6 bo‘limdan iborat:
Mehnatni muhofaza qilishning nazariy asoslari.
Mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari.
Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi
Xafsizlik texnikasi asoslari
Yong‘in xavfsizligi.
Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
Fanning nazariy asoslarida mehnat muhofazasining ergonomik va psixologik asoslari, zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish-ning аsоsiу уo‘llari, mehnat sharoiti va xavfsizligini aniqlovchi asosiy omillar tahlili, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitining xusu-siyatlari, mehnat sharoiti va xavfsizligini tekshirish usullari, ish-larning jismoniy og‘irligi va zararliligi bo‘yicha tasniflanishi, jarohat-lanish ko‘rsatkichlari, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish asos-lari, mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishda jarohatla-nish va kasbiy kasallanishning profilaktik asoslari, mehnatni muhofa-za qilishning ijtimoiyiqtisodiy jihatlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Ikkinchi bo‘lim – mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslarida ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini amalga oshirish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha qonunchilik, jumladan, davlat qonunlari («Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risi-dagi qonun», «Mehnat kodeksi» va b.), nizomlar, me’yoriy hujjatlar, davlat standartlari, ularni hayotga tatbiq etish уo‘llаri va bu boradagi rahbar xodimlarning javobgarliklari, sog‘lom va xavfsiz ish sharoit-larini yaratish yuzasidan davlat nazorat tashkilotlari hamda jamoat nazoratlari, ularning vazifalari, huquqlari kabi masalalar o‘rganiladi. Tashkiliy asoslarida ish va dam olish rejimlarini tashkil etish, ishchilarni maxsus kiyim-boshlar, shaxsiy himoya vositalari va profilaktik oziq-ovqatlar bilan ta’minlash, tibbiy ko‘riklarni tashkil qilish, mehnat muhofazasini tashkillashtirishda kasaba uyushmalari- ning roli, mehnat shartnomalarini tuzish, ish bilan ta’minlash va fu- qarolarning mehnat qilish huquqlarini гo‘yobga chiqarish kafolatlari, ish haqi, mehnat intizomini o‘rnatish, ayollar va yoshlar mehnatini muhofazalash, mehnat nizolarini hal etish уo‘llari kabi masalalar o‘rganiladi.
Uchinchi bo‘lim – «Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi»da ishlab chiqarish binolari va ish joylari havosining ifloslanish sabablari, havo tarkibidagi zararli moddalarni me’yorlashtirish, sanitar me’yorlar va talablar, zararli va zaharli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari, ish joylari havosi tarkibini me’yorlashtirish, shamollatish va isitish sistemalari, shovqin va titrashlar, ularning inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga ta’sirini kamaytirish hamda ulardan himoyalanish usullari, yoritilganlik va uning me’yorlari, ionli va radioaktiv nurlanishlardan himoyalanish yo‘llari, korxonalar va ishlab chiqarish binolari, shuningdek, turar joy va aholi yashash joylariga qo‘yilgan sanitargigiyenik talablar, shaxsiy gigiyena kabi masalalar o‘rganiladi.
Тo‘rtinchi bo‘lim – «Xavfsizlik texnikasi asoslari»da mashina va mexanizmlarning ish jarayonlariga qo‘yilgan umumiy xavfsizlik talablari, xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar (to‘siqlar, saqlash qurilmalari, tormozlar, signallar, xavfsizlik belgilari va b.), ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, texnik vositalar, mashina va mexanzmlar hamda qurilmalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik texnikasi, yuk ko‘tarish-tushirish mashinalari va qurilmalari bilan ishlashda, transport ishlarini amalga oshirishda, bosim ostida ishlovchi idishlar va qurilmalardan foydalanishda, sovutuvchi suyuqliklar (freon, ammiak va b.) va zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda, neft va gaz quduqlarini burg‘ulash, neft va gaz quduqlaridan foydalanish, neft va gazni tashish hamda saqlashda xavfsizlik texnikasi kabi masalalar o‘rganiladi.
Beshinchi bo‘lim – «Yong‘in xavfsizligi»da yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar, yonish jarayonining mohiyati, yong‘in va portlash sabablari, materiallarning yonish va portlash xususiyatlari bo‘yicha tasniflanishi, ishlab chiqarishni portlash, yonib-portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari, yong‘in zonalari, yon-g‘indan himoyalanish tizimlari, binolar va inshootlarning yong‘inga mustahkamligi va chidamligi bo‘yicha tasnifi, o‘t o‘chiruvchi vositalar, yong‘inga qarshi suv ta’minoti, o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalari, yong‘inni o‘chirishni tashkil etish, yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi, yong‘in vaqtida evakuatsiya ishlarini tashkil etish kabi masalalar o‘rganiladi.
Oltinchi bo‘lim – «Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish»da ishlab chiqarishda jarohatlanganda yoki shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |